1997-yilda O‘zbekistonda birinchi bor Badiiy akademiya tashkil etildi. 1997-yildagi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan har ikki yilda bir marotaba Samarqand shahrida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkazila boshlandi.
1997-yildanboshlab har yili 1-oktabr «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» sifatida nishonlanib kelinmoqda. 1997-yildan boshlab har yili 1-sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi. 1998-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. 1998-yil oktabrdaFarg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi. 1998-yil oktabrda O‘zbekiston va Qozog‘iston abadiy do‘stlik shartnomasi imzolandi.. 1998-yilda“O‘zbekmuzey” Respublika jamg‘armasi tuzildi. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo’jaliklari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 1998-yildan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tashkil etilgan. 1998-yildan e’tiboranMarkaziy saylov komissiya mustaqil muvaqqat organ sifatida faoliyat boshlagan bo‘lsa, 2014-yildan esa doimiy organ sifatida tashkil etildi. 1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festivali o‘tkazildi.