2010-yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning O‘zbekistonga tashrif buyuradi. 2010-yil O‘zbekiston Afg‘oniston uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan loyihani amalga oshirdi, ya’ni Hayraton–Mozori Sharif temir yo‘lining 75 kilometrini qurib berdi. 2010-yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondi tashkil etildi. 2010-yilda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 2010-yildan “O‘zbekiston Arxeologiyasi” ilmiy jurnali chop etila boshlandi. 2010-yili Prezident farmoniga muvofiq Ravshan Ermatov “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni beriladi. 2011-yil mayoyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hindistonga davlat tashrifi amalga oshiriladi. 2011-yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra Prezidentning vakolati 7 yildan 5 yilga qaytarildi.
2011-yilda Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan tashkil topgan Ma’rifat markazi majmuasi ochildi. 2011-yilda Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi Ravshan Ermatov “Dunyoning eng yaxshi hakami” sifatida tan oldi. 2011-yilning oktabridanAfrosiyob tez yurar poyezdidan tijorat maqsadida foydalanish yo‘lga qo‘yildi. 2012-yil Chevrolet Malibu, Chevrolet Cobalt avtomashinalari ishlab chiqarilgan. 2012-yil sentabrdaO‘zbekiston rahbarining Koreya Respublikasiga tashrifi amalga oshirildi.