Tadbirkor uchun o‘z korxonasi mablag‘laridan foydalanish samaradorligini baholab borish muhim hisoblanadi.
Buning uchun u bir qator ko‘rsatkichlardan foydalanishi mumkin.
Asosiy mablag‘ samaradorligi (MSas) – korxonada ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (MH) bilan asosiy mablag‘ qiymati (Mas) o‘rtasidagi nisbatni ifodalovchi ko‘rsatkich:
Aytaylik, korxonada 500 mln. so‘mlik asosiy mablag‘lar mavjud bo‘lib, 2017-yil davomida 2 mlrd. so‘m hajmida mahsulot ishlab chiqarildi.
U holda korxonaning asosiy mablag‘ samaradorligi ko‘rsatkichi 4 ni tashkil etadi.
Bu korxonaning har 1 so‘mlik asosiy mablag‘i 4 so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishda ishtirok etganini anglatadi. Mazkur ko‘rsatkichning yuqori bo‘lishi ijobiy holat hisoblanadi.
Asosiy mablag‘ sig‘imi (MSig‘as) – asosiy mablag‘ samaradorligiga teskari, ya’ni korxona asosiy mablag‘ qiymati (Mas) bilan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (MH) o‘rtasidagi nisbatni ifodalovchi ko‘rsatkich:
Yuqoridagi misol bo‘yicha ko‘rilsa, korxonaning asosiy mablag‘ sig‘imi ko‘rsatkichi 0,25 ni tashkil etadi.
Bu korxonadagi har 1 so‘mlik mahsulotni ishlab chiqarishda 0,25 so‘mlik asosiy mablag‘ ishtirok etganini anglatadi. Mazkur ko‘rsatkichning past bo‘lishi ijobiy holat hisoblanadi. Korxonada aylanma mablag‘dan samarali foydalanish mahsulotning material samaradorligi va material sig‘imi ko‘rsatkichlari orqali baholanadi.
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Korxona mablag‘lari nima?
Korxona mablag‘larining qanday shakllari mavjud?
Korxona mablag‘larining doiraviy aylanishi nima?
Korxona mablag‘larining aylanishi doiraviy aylanishdan nimasi bilan farq qiladi?
Asosiy va aylanma mablag‘larning bir-biridan farqi nimada?