34
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil
19-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida jahon hamjamiyati
oldida turgan dolzarb masalalarga to‘xtalib, “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb
nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qilish bo‘yicha
takliflarini ilgari sur
-
gan edi. 2018-yil 12-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasi 51-yig‘i-
lishida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi 193 ta a’zo mamlakat
tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi.
1. Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan “Ma’rifat va
diniy
bag‘rikenglik” rezolyutsiyasining asosiy maqsadi nima deb o‘ylaysiz?
2. Ma’rifatsiz diniy bag‘rikenglik bo‘lishi mumkinmi? Fikringizni asoslang.
“XIX asrda Rossiyaning markaziy mintaqa-
laridan majburlab ko‘chirilgan krestyanlar no-
chor ahvolga tushib
qolganda mahalliy aholi
ularga har tomonlama yordam ko‘rsatgan. O‘sha
davr voqealarini ko‘rgan iyeromonax Xariton:
“...Mahalliy aholi nochor ko‘chmanchilarga
rahmdillik bilan munosabatda bo‘ldi, busiz ularning ko‘pchiligi ochlik va
muhtojlikdan o‘lib ketgan bo‘lardi”, degan edi.
Arxiyepiskop Vladimir
1. Mazkur hikmatda keltirilgan sifatlarga inson
necha yoshidan ega chiqishi
kerak deb o‘ylaysiz?
“Ustod so‘zicha, himmat egasi to‘qqiz sifatni orzu qiladi: ko‘zi o‘tkir, qum-
quloq bo‘lsa, yuzi kulib tursa, harakatida barakat, ishi pishiq, lafzi toza bo‘lsa,
ikkilanganda so‘rashdan iymanmasa, qahri qo‘ziganda oqibatini o‘ylasa, ko‘nglida
adolat oftobi bo‘lsa, paytida foydani bilsa…”
Konfutsiy
2. Zehningiz o‘tkir,
fikringiz teran, bilimli bo‘lsangiz-u, lekin oqibatsiz
va qahrli bo‘lsangiz, bunday illatdan qanday qutulish mumkin? Fikringizni
mavzuga bog‘lab tushuntirib bering.
?
Dostları ilə paylaş: