35
Tarbiya, 11-sinf
1. Insonni tabiat va jamiyat bilan bog‘lab turishda dinning tarbiyaviy ahami-
yati katta ekaniga o‘z kundalik hayotingiz bilan bog‘lab misollar keltiring.
2. Ko‘plab fazilatlarga ega bo‘lsa-da, bag‘rikeng bo‘lmasa, bunday insonni
fazilatli, oliyjanob deb ayta olamizmi? Nima uchun?
3. Davlat va din munosabatlarining qanday modellarini bilasiz? O‘zbekiston
Respublikasi mazkur modellarning qaysi birini qo‘llagan?
4. Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 61-moddasida davlat va din munosa-
batlariga oid qanday fikr mustahkamlab qo‘yilgan?
5. O‘zbekiston Respublikasi davlatning din va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro
munosabatida qanday tamoyillarga amal qiladi?
6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan mavzu bilan bog‘liq qoidalar-
ni toping. Davlat va huquq asoslari fanidan olgan bilimlaringizga tayanib, ushbu
qoidalarni buzganlik uchun belgilangan javobgarliklar ro‘yxatini shakllantiring.
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda keltirilishicha, Payg‘ambar
alayhissalom oldilaridan o‘tayotgan g‘ayridinning janozasiga hurmat
ko‘rsatib, o‘rinlaridan turdilar. Bundan taajjublangan odamlarga qarab,
uning ham inson ekanligini eslatdilar.
1. Berilgan matndagi “Uning ham inson ekanligi...” degan fikrni siz qanday
tushundingiz? Insoniylik, odamiylik deganda nimani tushunasiz?
2. Kishidagi qaysi xislatlar uning mehr-oqibati, bag‘rikengligi, kamtarligi
va samimiyligini ko‘rsata-
di? Siz o‘zingizda shu ezgu
xislatlarni jo qilganmisiz?
Buning qanday qiyinchiligi
bor?
3. Hech e’tibor bergan-
misiz, qaysi dinga mansub
bo‘lishidan qat’i nazar, mu-
loqot davomida insonlar
“Yaratganga shukur”, “Xudo
xohlasa” kabi so‘zlarni ko‘p
aytadilar. Nega shunday? Fikringizni asoslang.
?
Dostları ilə paylaş: