91
Tarbiya, 11-sinf
Davraga kelib qo‘shilgan odam salom berib kiradi.
Uni taklif qilgan mezbon ko‘pchilikka tanishtiradi, keyin
qolganlarni yoshiga qarab tanishtiradi.
Insonlarni bir-biriga tanishtirliganida ular haqida
qisqa ma’lumot beriladi.
Masalan, “Bu – mening do‘stim Mahfuza, u jarroh
bo‘lib ishlaydi”, “Bu – mening sinfdosh dugonam Dil-
dora”. Bu bilan siz davraga yangi qo‘shilgan tanishingiz
bilan qanday munosabatda ekaningizni ma’lum qilasiz.
Tanishtirayotgan odamga xayrixohligingizni bildi-
rish maqsadida qo‘l uzatishingiz zarur. Ayollar qo‘l uzat-
masa, erkaklar qo‘l uzatmaydilar.
Avvalo, erkaklar ayollar bilan tanishtiriladi, salomla-
shiladi. Kichiklar kattalarga salom beradi.
Erkak kishi ayol kishi stulga o‘tirishiga yordam
beradi.
Ayol va erkaklar to‘plangan katta davralarda birin-
chi bo‘lib ayollar so‘rashadi. Erkaklar avval ayollar bilan,
keyin o‘zaro salomlashishlari odobdan bo‘ladi.
Ko‘cha-ko‘yda ayol kishi erkak kishining o‘ng
tomonida yuradi.
Transport vositalaridan oldin erkak kishi tushishi,
chiqayotganda esa, oldin ayol kishi chiqishi kerak.
Boshqa din vakillarining e’tiqodiga hurmat bilan
munosabatda bo‘ling.
Eskalatorga chiqqaningizda o‘ng tomonda turing.
Chap tomonni bo‘sh qoldiring. Shoshayotganlarga o‘tib
ketishga imkon bering.
Jamoat joyida qattiq kulish, baland ovozda gapirish
odobsizlik hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: