11mavzu Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning diqqat xususiyatlari Reja



Yüklə 26,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü26,16 Kb.
#198760
  1   2
11-mavzu



11mavzu Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning diqqat xususiyatlari 
Reja
 
1.Diqqatning asosiy xususiyatlarini shakllantirishning o„ziga xosligi. 
2.Korrektur proba, Shulte jadvali, Myunsterberg metodikasi 
 
Eshitish qobiliyati buzilgan shaxslarning diqqat xususiyatlari «Diqqat - 
ongimizning muayyan obyektga yo'naltirilishi va unda to'planishidan iborat psixik 
holat. Diqqat ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi turlarga ajratiladi»i - deb 
bayon etilgan izohli lug'atda. Diqqat mohiyati inson tomonidan biror narsalarni aniq 
aks ettirishda ko'zga tashlanadi. Bir vaqtning o'zida boshqa narsalardan biror 
predmetni ajratib idrok etishga yordam beradi. Diqqatning fiziologik asosini bosh 
miya ayrim qismlaridagi qo'zg'alishlarning ayrim markazlarda to'planishi tashkil 
etadi. Inson tomonidan sezgilar orqali qabul qilinayotgan barcha narsalarni idrok 
etish diqqatsiz amalga oshmaydi. Idrok, demak diqqatsiz yuz bersa yuzaki, 
fragmentar sodda tarzda amalga oshadi. Shu bois, o'quvchilarning o'quv fanlarini 
to'la, keng o'zlashtirishlarida, ma'lumotlarni tushunishlarida diqqat jarayoni o'ta 
muhimdir. Shu bilan birga diqqat xususiyatlari: turg'unlik, bo'linuvchanlik, 
taqsimlanish, ko'chish kabilar ham tez sur'atlar bilan takomillashib boradi. Diqqatni 
biror joyga to'play olish, uni shu nuqtada ma'lum 1 PSlxologiya. Qisqacha izohli 
lug'at. - T.: 1998. IS-b. 84 muddat ushlab turish diqqatning sifatlaridandir. Diqqatni 
bo'la olish har bir shaxsning qo'lidan kelavermaydi. Bu narsa asab tolalari 
hujayralarining harakatchanligiga bog'liq. Diqqat asosan o'quv faoliyat asosida 
amalga oshib boradi. Normal eshituvchi shaxslarda ham, eshitish qobiliyati buzilgan 
shaxslarda ham ta'lim-tarbiyaning asosiy maqsadi diqqatni tarbiyalashdir. Nuqsonli 
bolalar diqqati qator bolalarda, bolalar diqqatini o'qituvchi, tarbiyachining og'zaki 
nutqi boshqarib borsa, eshitish qobiliyati buzilgan bolalar diqqatida ko'rish 
taassurotlari yetakchilik qiladi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar bir vatqning o'zida 
ham ko'rgazma materiallami idrok qilish, ham o'qituvchining labidan uqib olishi 
amalda mum kin emas. Shu bois, bu bolalarga dastlab narsalar namoyish etiladi. 
Undan keyin ular tushuntiriladi. Bu toifa bolalarda I va II signal tizimlari orasida 
munosabatlar tez shakllanmaydi. Sinflar yuqorilashgan sari eshitishida nuqsoni 
bo'lgan bolalar bosh miyalaridagi qo'zg'alish markazlari izchillashib boradi. Asta-
sekin bu holat normal bolalar xususiyatlariga yaqinlashib boradi. Bu ishlar 
surdopedagogning ishini birmuncha murakkablashtiradi. Ayniqsa, boshlang'ich 
sinflarda o'qituvchi, tarbiyachilar og'zaki ko'rsatmalar bilan bolalar diqqatini 
boshqara olmaydi. Bu toifa bolalar diqqatini ko'rish va tebranish qo'zg'atkichlari 
orqali boshqarib borish imkoniyati mavjud. Bu bolalar diqqatini to'plash, yig'ish, 
tarbiyalashda turli-tuman ko'rgazmali qurollardan keng foydalanish ijobiy samaralar 
beradi. Og'zaki nutq umuman nutq orqali karlar bilan muloqot qilish 


surdopedagoglarning bolalar bilan bo'ladigan faoliyatlarida asosiy vositadir. Bu 
bolalarda nutqni o'stirish orqali ular diqqatini boshqarib, tarbiyalab borish mumkin. 
Shu narsa juda muhimki, gapirayotgan kishining lablariga butun diqqatni qaratish 
oson vaziyat, ish emas. «Labdan o'qish, - degan edi F.F. Rau, - bu nutq a'zolaridan 
chiqayotgan og'zaki nutqni ko'rish idrokidir». Bu narsa gapirishga oson. Ammo, uni 
bu yerda qanchalik diqqat zarurligini anglamoq uchun boshdan kechirmoq kerak. Shu 
bois, bu toifa bolalar normal eshituvchi bolalardan ko'ra tezroq, ko'proq 
charchaydilar. Bu bolalarga yordam tarzida daktil nutqdan foydalanish tavsiya 
etiladiki, bu usul orqali bolalar idroki yengillashib, o'quv 85 materiallarini 
egallashlari osonlashadi. Daktil nutqi eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar ta'lim-
tarbiyasining dastlabki yillarida keng qo'llanilishi tavsiya etiladi. Eshitishida nuqsoni 
bo'lgan 
bolalar 
diqqatini 
ushlab 
turishning 
uchinchi 
xususiyati, 
sharti 
surdopedagogning sinfdagi o'zini to'g'ri tutishidir. Surdopedagog quyidagi qoidalarga 
amal qilmog'i zarur. Butun sinfga yuzi bilan qaragan holda darsni olib borishi. 
Mumkin qadar sinfda bilim berganda yurmasligi, to'g'ri kelgan holda tushuntirmasligi 
lozim. Ko'rgazma qurollar namoyish qila turib, bir vaqtning o'zida uni tushuntirishga 
harakat qilmasligi kerak. Kar va zaif eshituvchi bolalarning diqqatlarini to'plashning 
to'rtinchi sharti shuki, darsda mumkin qadar ko'proq ko'rgazma qurollardan 
foydalanish lozim. Beshinchi sharti shundan iboratki, eshitishida nuqsoni bo'lgan 
bolalar diqqati ovozli qo'zg'atkichlarga bog'liq emas. Eshitish qobiliyati buzilgan 
bolalar diqqatini to'plash, bir maromda ma'lum mudd at ushlab turishning asosiy 
omillaridan biri mimikalardir. Bu narsa juda katta ta'sirga, jalb etuvchi kuchga ega. 
Kar va zaif eshituvchi bolalarda diqqat maxsus ta'lim-tarbiyaning asosiy talablaridan 
hisoblanadi. Eshitishida nuqsoni bo'igan bolalar diqqatini tekshirish va korreksiyalash 
metodikasi Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar diqqatini tekshirishda bolalarning 
yosh hamda nutqi rivojlanganlik holatiga muvofiq metodikalar tan lab olinadi. 
Maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning 
turg'un diqqatini tekshirishda Landolt namunalaridan (shaklli, raqamli, harfli jadval) 
foydalaniladi. 
Savol va topshiriqlar 1. Diqqatga ta'rif bering.
2. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar diqqat turlari, ularning xususiyatlari 
haqida gapiring.
3. Kar va zaif eshituvchi bolalarda diqqatni tarbiyalash masalalarini yoriting. 

Yüklə 26,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin