12- mavzu: O’qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi. Reja


Pedagogik muloqotda muomala madaniyati



Yüklə 21,5 Kb.
səhifə3/4
tarix21.12.2022
ölçüsü21,5 Kb.
#76937
1   2   3   4
12 mavzu

2. Pedagogik muloqotda muomala madaniyati
Mustaqillikdan keyin amalga oshirilayotgan ta'lim tizimidagi islo-hotlar tufayli ulkan o'zgarishlar ro'y bermoqda. Odamlarning ongi, dunyoqarashi o'zgardi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo'lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishida, har bir fuqaroning bilim olishida, ijodiy qobiliyatini shakllantirishda, intellektual jihatdan rivojlantirishda o'qituvchining muloqot madaniyati va muomalasi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ta'kidlash joizki, pedagogik kasbga nisbatan talab va javobgarlik ham kuchaydi, o'qi-tuvchilarning jamiyat oldidagi vazifalari yanada oshdi. Buyuk ma'na-viyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish, uni jahon andozalari darajasiga chiqarish, crquvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko'nikmalarini hosil qilish kabi vazifalarga javobgarlik hissi o'qituvchilar zimmasiga yuklatildi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, «Yosh avlodimizning qalbi va ongini asrash, ularni milliy va utnumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, farzandlarimizning dunyoda ro 'y berayotgan siyosiy jarayonlarning ma 'no-mazmuni va asl sabablarini chuqur anglashi, o 'z atrofida sodir bo'layotgan voqealar haqida haqqoniy ma'lumotlarga, eng muhimi, o z mustaqil fikriga ega, sodda qilib aytganda, oqni qoradan ajratishga qodir bo 'lishiga erishish ta 'lim-tarbiya va ma 'naviy-ma'rifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bo 'lishi kerak... bugimgi vaziyatda mustaqil ong va mustaqil fikrga ega bo'lgan shaxsni tarbiyalash masalasi nqfaqat ma'naviy, kerak bo'lsa, muhim siyosiy ahamiyat kasb etadi». Bu vazifalarning bajarilishiga, ta'lim-tarbiya sohasidagi islohotlarning asosiy amalga oshiruvchisi bo'lgan o'qituv­chining o'quvchilar bilan o'zaro muomalaga kirishish madaniyati orqali erishiladi. O'quvchi ma'naviy muhitining shakllanishi o'qituvchilarning yuksak axloq namunasi orqali namoyon bo'ladi. Bu o'rinda o'qituv­chining shaxsiy va ijtimoiy harakati pedagogik muloqot madaniyati zamirida shakllanib, takomillashadi.
Pedagogik muloqotda o'qituvchining eng yaxshi fazilatlari va xatti-harakatlari o'quvchining ideali sifatida namoyon bo'ladi. O'quvchining o'qituvchi shaxsi haqidagi qarashlari, uning xatti-harakati, pedagogik mahorati uning ma'naviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish ham ijobiy natijalar bermaydi. O'qituvchi subyekti bilan, o'quvchi obyekti o'rtasidagi qattiq avtoritar intizom ham o'zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta'sir etadi, natijada o'quvchining ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi.
Pedagogik muloqot madaniyati o'qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga yo'naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o'qituvchining muhim fazilati, uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomaia barcha falsafiy va psixologik fanlarda o'ziga xos ta'rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida
Yüklə 21,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin