Ishdan maqsad: Ommaviy foydalaniladigan axborotlarni aks ettirish vositalarini o’rganish.
Ommaviy axborot vositalari - nashrlar, radio va teleeshittirishlar, kinoxronik programmalar va ommaviy axborot yetkazishning boshqa shakllari.
Ommaviy axborot vositalari (OAV) keng ommaga axborot yetkazuvchi vositalardir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida davriy tarqatishning doimiy nomga ega boʻlgan hamda bosma tarzda (gazeta, jurnal, axborotnoma, bulleten va boshqalar) yoki elektron tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari OAV, deb koʻrsatilgan
Ommaviy axborot vositalari deganda qonunshunos "keng ommaga mo`ljallangan nashriy, audio, audiovizual va boshqa ma`lumot va materiallarni tushunadi". Ommaviy axborot vositalarining maqsadi muayyan jamiyatning ma`naviy boyliklarini qaror toptirish hamda kishilarning xulq-atvori va dunyoqarashiga ideologik, siyosiy, iqtisodiy yoki tashkiliy ta`sir o`tkazishdan iborat.
Ommaviy kommuniuatsiyaning kelib chiqishiga 20- asrning 1-yarmida katta hajmdagi og`zaki, obrazli va musiqaviy informatsiyalarni tez va g`oyatda ko`paytirib o`zatishga imkon bergan texnik qurilmalarning yaratilishi moddiy zamin bo`ldi.
Yuksak professional mutaxassis xodimlar xizmat qiladigan bu qurilmalarining komplekslari "ommaviy informatsia va propaganda vositalari" yoki "Ommaviy axborot vositalari" deb atala boshladi.
OAV axborot manbai hamda axborotni qabul qilib oluvchidan iborat sistemani tashkil etadi. Axborot manbai uni qabul qilib oluvchi bilan matbuot, radio va tetevideniye, kino, ovoz yozish (gramplastinka, magnitafon roliklari, kasetalar, yoki kompakt disk va axborot tashuvchi komyuter fayllari ishlab chiqarish va tarqatish) sistemalari orqali boglangan bo`ladi.
Ommaviy axborot vositalarining samaraliligi va ta`sirchanligi faqat uzatilayetgan axborotning o`quvchi, tinglovchi, tomoshabinga ta`sirining maqsadi va vazifalari bilan emas, balki ular mazmuni va shaklining kishilarning doimiy va kundalik ehtiyojlariga muvofiq kelishi bilan ham belgilanadi.
G`oyaviy-siyosiy kurash, ijtimoiy gruppalar munosabatlarini mazmuni va shakliga, propagandaning ideologik, siyosiy va boshqa turlariga turlicha jiddiy ta`sir kursatadi. O`zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi senzuraga yo`l qo`ymaydi. Axborotni qidirish, olish, berish, ishlab chiqarish, va tarqatishning qonuniy shakli davlatga tegishli yoki qonun bilan maxsus qo`riqlanadigan sirlarni mumkin emasligi e`tirof etiladi.
Shuningdek, OAVni jinoiy javobgarlikka tortiladigan maqsadlar yo`lida, masalan, hokimiyatni egallashga qaratilgan chaqiruvlar, konstitutsion tuzumni kuch ishlatish yo`li bilan o`zgartirish; milliy, sinfiy, ijtimoiy, diniy adovatni keltirib chiqaradigan materiallar: urushni propoganda qiluvchi pornografik, yovo`zik va bosqinchilikni targ`ib etuvchi programmalarni tarqatishi taqiqlangan.
Shuningdek, maxsus OAVlarga tegishli axborot tekstlarini tele-, video-, kinoprogrammalarda, xujjatli va badiy filmlarda, shuningdek kompyuter axborot fayllarida va axborotni qayta ishlash programmalarida foydalanish, insonlar ongiga ta`sir etuvchi va sogligiga zarar yetkazuvchi yashirin ma`lumotlar tarqatish, yashirin audio va videotasvir, kino va fotos`yomka yerdamida tayorlangan, mavjud jo`rnalist huquqi yordamida ijtimoiy muhim bo`lgan ma`lumotlarni bo`zish, ishonchli manba tariqasida mish-mish tarqatish, boshqa shaxs yoki organizatsiya uchun ma`lumot to`plash taqiqlanadi.
Jo`rnalistlik huquqini shuningdek shaxs yoki fuqarolarning ayrim toifalarini jinsi, yoshi, irqiy yoki milliy kelib chiqishi, tili va dinga munosabati, kasbi, yashash joyi hamda siyosiy qarashlari bilan bog`liq bo`lgan ma`lumotlarini kamsitish yo`lida ishlatish taqiqlanadi.
Axborot huquqlari va erkinliklari axborot huquqining yuridik negizini tashkil etadi, ularin kafolatlash esa ushbu yangi huquq sohasining asosiy maqsadidir. Jahon hamjamiyati XX asrning o`rtalaridayoq axborotning shaxs, jamiyat, davlat hayotidagi rolini hisobga olgan holda, inson va fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlarini ta`minlaydigan huquqiy mexanizmlarni joriy etgan edi. Bugungi kunga kelib esa axborot huquqi alohida huquq sohasi sifatida shakllandi.
Axborot huquqlari va erkinliklari 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida ilk bor e`tirof etilgan edi. Jumladan, uning 11- moddasida ta`kidlanishicha, jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson himoya uchun barcha imkoniyatlar ta`minlangan holda, ochiq sudlov yo`li bilan uning aybi qonuniy tartibda aniqlanmagunicha aybsiz deb hisoblanish huquqiga ega.
Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, zamonaviy axborot texnologiyasi, modellash, ma’lumotlar manbayi, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan ta’minlash va boshqa shu kabi ilmiv tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi.
Axborot — ijtimoiy, iqtisodiy, tabiiy fanlaming, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va ma’lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida to'plagan tajribalari majmuyi demakdir. Inson axborot oqimi ichra yashar ekan, turli-tuman voqea. hodisalar va jarayonlarning bir-biriga aloqadorligini, o'zaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib ko'rish niaqsadida ko'pdan ko'p dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariv bilimlar amaliyot bilan birlashadi.