12-Amaliy mashg`ulot



Yüklə 84,62 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü84,62 Kb.
#41207
12- Amaliy mashg`ulot



12-Amaliy mashg`ulot

Mavzu: Urug`larni o`sishga tayyorlash usullari (gidrotermik ishlov berish, kimyoviy ta`sir etish, mexanik ta`sir etish, suvda eritish, stimulyator va mikroelementlar) bilan ishlash.

Darsdan maqsad: Talabalarga urug`larni o`sishga tayyorlash usullari o`rgatish

Kerakli asbob va uskunalar: Dorivor o`simlik urug`lari

gerbariy kollektsiyasi, rasmlar, jadvallar


Umumiy tushuncha: Urug`larni yig`ib olish va qayta ishlash. Ósimlik turlari va daraxt turlarining urug`lar yetilishi ularning biologik xususiyatiga urug` pishib yetilishi davridagi ob-xavo sharoitiga bog`liq holda yilning turli vaqtlariga to`g`ri keladi. Past temperatura ularning pishib yetilishini kamaytiradi. Urug` unumini tayyorlash ma`lum bir muddatlarda amalga oshirilishi lozim. Urug`lar pishib yetilgandan keyin terib olinadi. Ulardiń pishib yetilishi fiziologik va texnik yetilishga bólinadi. Fiziologik yetilish davrida urug` zarodishi ósish qobiliyatiga ega bo`ladi. Biroq urug` (meva) daraxtda qolib ósib rivojlanishni davom ettiradi. Keyinchalik urug` texnikasi yetuklikka ótadi, unda urug`dagi oziq narsalar saxaroza, uraminokislosalar, moy kislosalari formasida bo`ladi.

Urug` va mevalarni yig`ib terib olish muddati o`simliklarning biologic xususiyatiga, urug`larning yetuklik holatiga, ularning uzilib tushish muddatiga bog`liq texnik yetuklikka kirishi bilan urug`lar uzilib yerga tushadi va unumining bir bo`limi yo`qoladi. Shuning uchun bunday xususiyatga ega ósimliklardan urug`lar fiziologik yetuklik davrida yig`ib terib olish tavsiya etiladi.

Urug`larni yig`ib terib olish muddatlari. Fiziologik yetuklik davrida yig`ib terib olingan urug`lar yaxshi shamollatilgan xonada pishib yetilishi uchun saqlanadi, keyin mevasidan urug`i ajratiladi. Ósimliklar pishib yetilgan davrida mevasi saqlanib qalishi daraxt turlaridan urug` xomashyosi ajratib olinadi. Ager oddiy shumtol urug`larini yozda stratifikasiyalansa yoki yerga kuzda egilsa, ularning mevasi yozda fiziologik yetuklik davrida terib olinishi kerak.

QIZIL EXINATSEYA - EXINATSEYA PURPURNAYA -ECHINACEA PURPUREA L.

A grotexnik choralar. Exinatseya odatda urug`lari orqali kópaytiriladi.

Exinatseya o'simligining plantatsiyalarini tashkillashtirish uchun mart oyida maxsus pollarga urug`lar sepiladi. Gektar hisobiga yetadigan ko`chat tayyorlab olish uchun pollarga 3-4 kg urug` sepiladi. Pollarda maxsus tayyorlangan tuproq (1-1-3=qum-go`ng-tuproq ) bo`lshi kerak. Ekilgan urug`lar ustidan elakdan ótkazilgan chirindiga boy tuproq 2-3 sm qalinlikda sepiladi. Urug`lar sepilgandan keyin 25-30 kunda kókarib chiqadi. Mavsum davomida 8-9 marta sug'orilib, doimiy turda o`tlardan tozalanadi. Yil davomida ósimlikning bo`yi 15-20 sm.ga yetadi va maydonga ko`chirib o`tqazish uchun tayyor holga keladi. Ósimlik katta maydonga ekish uchun quyosh nuri yaxshi tushadigan maydon tanlanishi kerak. Ósimlik ko`chatlarini ekish uchun tanlangan maydon sentabr oyida haydashdan oldin 50 tonna go`ng, 100 kg fosfor gektariga solinadi. Maydon 25-30 sm kenglikda haydaladi, molalanadi. Ko`chatlar qator oralig`i 70 sm, top oralig`i 25 sm oraliqda ekiladi. Mavsum davomida 8-10 marta sug`oriladi, 2 marta kultivatsiya etilib, o`tlardan tozalanadi.


YAPON SAFORASI - SAFORA YAPONSKAYA - SOPHORA JAPONICA L.

Agrotexnik choralar. Ósimlik plantatsiyalarini tashkillashtirish uchun ko`chatxonalarda dastlab ko`chat tayyorlanadi. Ko`chat tayyorlash uchun maydon 25-30 sm churqulikda shudgor etiladi va tekislanadi. 60 -70 sm oraliqda qatorlar tortiladi. Urug`larni bahorda ekish uchun urug`lar qobiqlaridan tozalanadi va suvga ivitib qóyiladi. Urug`larda ósindi paydo bo`lishi boshlanganda 20 sm oraliqda tayyorlangan maydonlarga ekiladi. Urug`larni kuzda urug` qobiqlaridan tozalanmasdan ekiladi. Kuzda ekilgan urug`lar mart oyining oxirlarida yoki bahorda ekilgan urug`lar 15-20 kún davomida kókarib chiqadi. Ko`karib chiqqan ko`chatlar yil davomida 8-10 marta sug`oriladi. Qator oralari 2 marta yumshatilib, doimiy turda o`tlardan tozalanib turiladi. Ko`chatxonalarda 3-4 yil davomida qoldiriladi. Tayyor bo`lgan ko`chatlar tog'oldi baland yerliklaridagi ekin maydonlarining atiroflarida, baland yerliklardagi yo`llarning bo`yida, asosiy qishloq xo`jaligi ekinlari maydonlarining atroflariga ekiladi. Ko`chat ekishdan oldin dastlab, 40 x40 sm chamada maydonchalar tayyorlanadi. Bu maydonchalarda chirigan go`ng-1, qum-1 va tuproq -3 sxemada qo`shma substrat tayyorlanib ko`chatlar o'tqaziladi. Ko`chat ildizining substratga jipslashishi uchun suv quyiladi. Yil davomida ko`chatlar 3-4 marta sug'orilishi maqsadga muvofiq bo`lib topiladi. Yapon soforasi ko`chatlari 7-8 yil davomida unumga kiradi. Dastlab uning unumdorligi kam bo`lib, 3-4 yildan keyin daraxt yalpi unumga kiradi. Uningunum bo`lagi g`unchalari va mevalari hisoblanadi. Hosilni terishda narvonlardan va avtoko'targichlardan foydalaniladi. G`unchalari may oyining oxirlarida teriladi. G`unchalari yig`ib olinib, tegishli quritish uskunalaridagi setkali stellajlarda 1-2 sm qalinlikda yoyiladi va 4-5 kun davomida quritiladi. Quritilgan mahsulot kraft qog`ozli haltalarda o`raladi.

Shuning bilan birga, yapon soforasining mevalari noyabr-dekabr oylarida terib olinadi. Terib olingan mevalar tegishli quritgichlarda 13% namlik miqdorigacha quritiladi va o`raladi. Tayyor bo`lgan mahsulot tayyorlash punktlariga yetqazib beriladi.



Hosildorlik g`uncha hosili hisobiga gektar 2-3 tsentner va meva 15-20 tsentnerni tashkil qiladi.

1.Topshiriq: Ósimlik urug`larini o`sishga tayyorlash usullarini o`rganib misollar bilan tushuntiring.
Yüklə 84,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin