12 barmoqli ichak yarasi — sabablari, alomatlari, asoratlari, tashxislash, davolash o’n ikki barmoqli ichak yarasi



Yüklə 65,38 Kb.
səhifə1/6
tarix14.12.2023
ölçüsü65,38 Kb.
#180038
  1   2   3   4   5   6
12 BARMOQLI ICHAK YARASI — SABABLARI, ALOMATLARI, ASORATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH


12 BARMOQLI ICHAK YARASI — SABABLARI, ALOMATLARI, ASORATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH
O’n ikki barmoqli ichak yarasi (lot. ulcus duodeni) — surunkali kasalliklar guruhiga kiruvchi va a’zoning shilliq qavatida yarali nuqson paydo bo’lishi bilan tavsiflanadigan patologiya. Kasallik davomiyligi remissiya davrlari, alomatlarining deyarli yo’qligi va xuruj olish (retsidiv) davri bilan boruvchi to’lqinsimon kechishga ega. Ko’p hollarda 12 barmoqli ichak yarasi oshqozon yarasi bilan bir vaqtning o’zida tashxislanadi — bu holda umumiy patologiya haqida gapiriladi.

TASNIFI
Tibbiyotda, o’n ikki barmoqli ichak yarasini bir necha turini tasniflash qabul qilingan. Ular barchasi o’z xususiyatlariga ega va har birini davolash uchun individual yondashuv talab qilinadi.
Klinik shakliga ko’ra o’tkir (birinchi bor aniqlangan) va surunkali yara kasalligi farqlanadi. Yara kasalligi latent (yashirin), yengil (ba’zida retsidivlar bilan), o’rta (yil davomida 1-2 retsidivlar) va og’ir (yiliga 3 va undan ko’p retsidivlar) bilan kechadi.
12 barmoqli ichak shilliq qavatida hosil bo’lgan yaralar soni bo’yicha:

  • Yakka;

  • Ko’plab.

Nuqson shakllanishi joyiga ko’ra:

  • O’n ikki barmoqli ichakning kengaygan qismi — so’g’on (bulbar) bo’limida;

  • Postbulbar bo’limida.

Ichak devorining shikastlanish chuqurligi bo’yicha:

  • Chuqur yaralar;

  • Yuzaki yaralar.

Nuqsonning holatiga ko’ra:

  • Faol xuruj bosqichi;

  • Remissiya bosqichi;

  • Chandiqlanish bosqichi.

Patologiyaning yuzaga kelishi sabablariga qarab, o’n ikki barmoqli ichak yarasining yana boshqa turlari mavjud:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin