12.1. Davlatning funksiyalari 12.2. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish 12.3. Davlatning «muvaffaqiyatsizliklari» 12.4. Davlat «chegarasi»
12.1. Davlatning funksiyalari Firmadan tashqari, davlat ham tashkilotning yana bir turi hisoblanadi. Davlatning o‘lchamlari katta bo‘lsada, iqtisodiyotga davlatning iqtisodiyotga aralashuvini tahlil qilish mikroiqtisodiyot emas, balki makroiqtisodiyot predmetiga kiradi, davlatni alohida tashkilot sifatida emas, balki institut sifatida ko‘rib chiqish lozim. Fuqarolar tomonidan o‘z huquqlari bir qismining davlatga topshirilishi fakti bunday yondashuvning asosini tashkil qiladi – u o‘z faoliyatini aynan shu asosda amalga oshiradi. Boshqacha aytganda, davlatning tabiati fuqarolar va davlat apparati o‘rtasida yuzaga keladigan hukumronlik munosabatlari bilan belgilanadi. Odatda fuqarolar bilan davlat o‘rtasida huquqlarning taqsimlanishi ijtimoiy shartnoma rolini o‘ynovchi konstitutsiyada qayd etiladi. Masalan, Amerikada qo‘llaniladigan «Huquqlar to‘g‘risidagi bill» shaxslardan hech qanday holatda begonalashtirilishi mumkin bo‘lmagan huquqlarni va ular tomonidan davlatga topshirilishi mumkin bo‘lgan huquqlarni aniq chegaralaydi.
Nima uchun fuqarolar o‘zlarining «tabiiy» huquqlaridan ixtiyoriy ravishda voz kechishadi va ularni davlatga topshirishadi? Hukumronlik munosabatlarining har qanday boshqa variantlari singari ushbu holatda ham fuqarolarni davlatning o‘zaro hamkorlikni ta’minlash bo‘yicha qator funksiyalarning amalga oshirilishini ularning o‘zlariga qaraganda muvaffaqiyatliroq uddalashiga bo‘lgan ishonch harakatlantiradi. Mazkur funksiyalar to‘plami u yerda bozor «muvaffaqiyatsizligi» o‘rin tutgan, ya’ni u yerda klassik va neoklassik shartnomalar asosida hal etib bo‘lmaydigan vazifalar paydo bo‘ladigan sohalar bilan belgilangan. Bunday vazifalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish: transaksiya xarajatlari nolga teng bo‘lmagan taqdirda mulkchilik huquqlarining taqsimlanishi resurslardan foydalanish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi;
axborot bilan almashish tarmoqlarini barpo etish: muvozanatli narx bozor ishtirokchilariga past xarajatli va kam buzib ko‘rsatilgan axborot bilan almashish imkonini beruvchi rivojlangan axborot infratuzilmasi bazasida shakllanadi;
o‘lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish: davlatning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati almashinadigan tovarlar va xizmatlar sifatini o‘lchash xarajatlarini pasaytirish imkonini beradi, yanada keng ma’noda esa universal chora-tadbirlar jumlasiga davlat tomonidan pul muomalasining tashkil etilishi ham kiradi, chunki almashuvning universal tadbiri – pulning eng muhim funksiyalaridan biri;
tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish tarmoqlari va mexanizmlarini barpo etish: bozor infratuzilmasi nafaqat axborot bilan almashish tarmoqlarini, balki tovarlar va xizmatlarning jismoniy harakatlanishi tarmoqlari (transport tarmoqlari, savdolar uchun uyushgan maydonchalar va h.k.)ni ham o‘z ichiga oladi;
huquqni muhofaza qilish faoliyati va nizolarda «uchinchi» tomon rolini bajarish: shartnomalarni bajarishda kutilmagan holatlarning paydo bo‘lishi sharnoma tomonlarining ulardan opportunistik maqsadlarda foydalanishidan kafolatlash uchun «uchinchi» tomon (sud)ning aralashuvini talab qiladi;
sof ijtimoiy farovonlikni yaratish «chiptasiz» muammosini keltirib chiqaradi, bu uni moliyalash uchun davlat tomonidan majburlov choralaridan foydalanishni talab qiladi (birinchi navbatda mudofaa, keyin sog‘liqni saqlash va ta’lim singari ijtimoiy farovonlikni yaratish).
Endi davlatning ushbu sanab o‘tilgan funksiyalaridan birinchisini, shuningdek uning mazkur sohadagi qiyosiy ustunliklarini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Davlat – fuqarolarning quyidagi sohalarda o‘z faoliyatini nazorat qilish huquqlarining bir qismini topshirishi natijasida yuzaga keladigan hukumronlik munosabatlarining alohida varianti: mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish; axborot bilan almashish tarmoqlarini barpo etish; o‘lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish; tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish tarmoqlari va mexanizmlarini barpo etish; huquqni muhofaza qilish faoliyati va ijtimoiy farovonlikni yaratish. Ushbu sohalarda davlat legitim, ya’ni ijtimoiy shartnomaga asoslangan majburlash va kuch ishlatish huquqiga ega bo‘ladi.