12. Mavzu : Uch fazali elektr zanjirlarini ulash. Reja. Uch fazali tok va kuchlanishni hosil qilish



Yüklə 193,5 Kb.
tarix02.09.2023
ölçüsü193,5 Kb.
#141295

12. Mavzu : Uch fazali elektr zanjirlarini ulash.
Reja.
1. Uch fazali tok va kuchlanishni hosil qilish.
2. Uch fazali o‘zgaruvchan tok zanjirini yulduzcha usulida ulash.
3. Uch fazali zanjirlarni uchburchak usulida ulash.
Zanjirga bir vaqtning o‘zida ta’sir qiluvchi bir xil chastota va amplitudali uchta, bir-biriga nisbatan 120° siljigan EYKlar majmuasi uch fazali simmetrik sistema deyiladi. Uchta EYK bir manbada hosil qilinadi. Har bir EYK ta’sir etuvchi parallel ulangan zanjir faza deyiladi. Fazalar mos ravishda A, B, C harflari bilan belgilanadi. EYKlaming oniy qiymatini yozamiz.




Uchta bir xil o'ramli faza jihatdan bir-biriga nisbatan 120° siljigan chulg‘amlami bir jinsli magnit maydonda o> tezlik bilan aylantirilsa, uch fazali simmetrik EYK hosil bo‘ldi. Hoziigi vaqtda barcha elektr energiya uch xil elektr stansiyalar (1ES, GES va AES) da ishlab chiqariladi. Bu elektr stansiyalarda elektr energiya uch fazali tok ko‘rinishida sinxron generatorlar yordamida ishlab chiqariladi. Sinxron generatorlar 4.1- rasmda tasvirlangan sistemaning teskari ko‘rinishidir, ya’ni sinxron generatorlaming statorida uchta chulg‘am joylashtirilgan, aylanadigan induktor qismida magnit maydon hosil qilinadi.






Yakor aylanganda uning magnit maydoni statoming uchta chulg‘amida EYK hosil qiladi. Chulg‘amlaming o‘ramlari soni bir xil bo‘lgani va bu chulg‘amlar fazoda bir-biriga nisbatan 120° gradusga siljiganligi sababli, har bir chulg‘amda hosil qilingan EYK bir xil amplitudali bo'ladi. Bu EYKlarni kompleks shaklda yozamiz va vector diagrammasini chizamiz:








Uch fazali zanjirlarda vektor diagrammalar soat strelkasi harakatiga teskari yo‘nalishda, ya’ni 90°ga burilgan holda ko'rsatiladi.


Uch fazali EYKlar va iste’molchilar, asosan, ikkita: „yulduzcha“ va „uchburchak“ usulida ulanadi. „Yulduzcha“ usulida ulangan zanjirni ko‘rib chiqamiz. Bu usulda
generatoming statoridagi chulg'amlaming bir uchlari X, Y, Z bir tugunga tutashtiriladi va bu tugun „0 “ harfi bilan belgilanadi. Bu nuqta befarq nuqta deyiladi. Chulg‘amlaming ikkinchi uchlari esa liniya simlari orqali iste’molchiga ulanadi (4.3- rasm). Demak, liniya — generatorning har uchala fazasi yulduzcha usulida ulangan ZA,ZB,ZC iste’molchiga tutashtiruvchi simlardir. Uch fazali zanjirlami hisoblashda ko‘pincha bu simlarning qarshiligi hisobga olinmaydi. Iste’molchining bir uchi generatorning fazalariga, ikkinchi uchi „0“ tugunga tutashtirib ulanadi. Agar iste'molchi har uchala qarshiligining to‘la kompleks qiymati bir-biriga teng bo‘lsa, simmetrik uch fazali Sistema deyiladi. 4.3- rasmdagi liniya toklari iste’molchi toklariga teng bo‘lib, quyidagicha aniqlanadi:




Uao Ubo Ucofaza kuchlanishlari. Bu kuchlanishlar har bir faza va generatoming befarq nuqtasi orasidagi potensiallar ayirmasiga teng. Kontuming biri uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga binoan tenglama yozamiz:












b unda ^ a b> ^ bc > ^ ca — liniya kuchlanishlari. Bu formulalar liniya va faza kuchlanishlarining kompleks kattaliklari o‘rtasidagi bog'lanishni ifodalaydi. Mana shu formulalar asosida faza va liniya kuchlanishlarining vektor diagrammasini chizamiz (4.4- rasm). A va B faza kuchlanishlari orqali liniya kuchlanishining ifodasi


asosida bu vektor diagrammani chizish tartibi bilan tanishamiz. Vektor UA0 ning oxiriga vektor UB0 ni shu vektoming o‘ziga parallel, lekin teskari yo‘nalishda ko‘chirsak, vector (— UB0) ni hosil qilamiz. UAO va (— UBO) faza kuchlanishlari vektorlarining yig‘indisi UBO kuchlanish vektoriga teng. Shunga o‘xshash yuqoridagi formulalar asosida UBC va Uao liniya kuchlanishlari vektorlarini ko‘ramiz .


Chulg'amlar uchburchak usulida ketma-ket ulanadi, ya’ni har bir chulg'amning oxirgi uchi keyingi chulg‘amning boshiga ulanadi. 4.7- rasmda uchburchak usulida ulangan uch fazali zanjir ko‘rsatilgan. IA, IB, Ic liniya toklari bo‘lib, bu tok generatorni iste’molchi bilan tutashtiruvchi simlardan oqadi. IAB, IBC, ICA — iste'molchidan oqadigan toklar; bu toklar faza toklari deyiladi. ZAB, ZBC, ZCA — iste’molchining to‘la qarshiliklari, generator chulg'amining EYK ta’sirida bo‘ladi.
Bu kuchlanishlar faza kuchlanishlari bo‘lib, uch fazali zanjirlami uchburchak usulida ulaganda Uf — Uv Faza toklari quyidagi munosabatlardan topiladi:












TEKSHIRUV UCHUN SAVOLLAR:
1 . Rezonans rejimining asosiy hodisasini ayting ?
2 . Qaysi kuchlanishlar faza kuchlanishlari bo’ladi?
3. Chulg'amlar uchburchak usulida qanday ulanadi?
Yüklə 193,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin