2. Zaharli moddalar inson organizmiga ta’siriga ko’ra turlari. Xavf, xatarlarni kelib chiqish sabablari.
Harbiy-taktik tasnifi. Bunda zaharlovchi moddalar ta`sir qilish xususiyatiga va natijasiga qarab ikki guruhga bo’linadi:
— o’ldiruvchi zaharlovchi moddalar (nervlarni falajlovchi, terida yara paydo qiluvchi, umumiy zaharlovchi va bo’g`uvchi ta`sirga ega bo’lgan zaharlovchi moddalar);
— vaqtincha safdan chiqaruvchi zaharlovchi moddalar qo’llanilganda harbiy qo’shinlarning ish faoliyati vaqtincha izdan chiqadi va jangovarlik faoliyati pasayadi (psixokimyoviy va ta`sirlash xususiyatiga ega bo’lgan zaharlovchi moddalar). Zaharlovchi moddalar zararli xususiyatiga qarab ikki asosiy guruhga bo’linadi:
— zararlanishning klinik manzarasini tez yuzaga chiqaruvchi zaharlovchi moddalar;
— zararlanishning klinik manzarasini sekin rivojlantiruvchi zaharlovchi moddalar.
Tez ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalarga: zarin, zoman. V- gazlari, tsianid kislota, xlortsian, shuningdek kuz va yuqori nafas yo’llari shilliq pardasini ta`sirlovchi zaharlovchi moddalar kiradi. Bu moddalar organizmga ta`sir qilganda zararlanish manzarasi bir necha daqiqa ichida rivojlanib (fosfororganik zaharlovchi moddalar, tsianid kislota) 1-10 daqiqa ichida o’lim ro’y beradi.
Sekin ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalarga ipritlar va fosgenlar kiradi. Vgazlari teriga ta`sir qilganda klinik alomatlari sekin rivojlanadi. Bu moddalar organizmga ta`sir qilganda zararlanish alomatlari mutlaqo yuzaga chismasdan yashirin davr kuzatilishi mumkin. Bu davr bir necha daqiqadan (V- gazlari) bir necha soatgacha (iprit, fosgen) cho’zilishi mumkin.
Kimyoviy qurol qollanilgan rayonda kimyoviy moddalardan zaharlanish o’chog`i hosil bo’ladi, uning kattaligi ishlatilgan zaharlovchi modda miqdoriga, uning turiga, ishlatish usuliga hamda ob-havo sharoitlariga bog`lik bo’ladi. Zaharlovchi moddalar o’zining zaharlash xususiyatini qancha vaqt saqlay olishiga qarab chidamli va chidamsiz zaharlovchi zaharlovchi moddalarga ajratiladi.
чикарилмокда. Масалан, битта автомобил йилига уртача 297 кг СО, 39 кг углеводород (концерогин бирикмалар), 10 кг азот оксиди, 2 кг чанг, 1 кг олтингугурт икки оксида ва 0,5 кг кургошин бирикмаларини чикаради. Хозирги вактда саноат ва автомобиль транспорти томонидан атмосферага чикариладиган углерод оксидининг (ис гази) йиллик микдори тахминан 8 миллион тоннага етади.
О‘z-о‘zini tekshirish savollari:
1. Зарарли газлар ва улардан химояланиш юллари.
2. Иклимга таъсир этувчи мухим фактор.
3. Заҳарли моддалар инсон организмига таъсирига кўра турлари
4. Хавф, хатарларни келиб чиқиш сабаблари.
Dostları ilə paylaş: |