12-mavzu. Marketingning nazariy asoslari


Marketingda sotishni rag’batlantirish



Yüklə 307,64 Kb.
səhifə60/60
tarix24.08.2023
ölçüsü307,64 Kb.
#140292
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
12-mavzu. Marketingning nazariy asoslari-fayllar.org

18.3. Marketingda sotishni rag’batlantirish

Sotishni rag’batlantirish. Marketingda kommunikatsion siyosatning muhim elementlaridan biri sotishni rag’batlantirish hisoblanadi. Sotishni rag’batlantirish deganda mahsulotning sotilishiga undovchi qisqa muddatli tadbirlar tushuniladi. Agar reklamaning chaqirig’i: "Bizning mahsulotni sotib oling" bo’lsa, sotishni rag’batlantirishning chaqirig’i esa: "Uni hoziroq sotib oling"dan iboratdir.
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, agar marketing xarajatlarida reklama xarajatlari birinchi o’rinda tursa, ikkinchi o’rinda sotishni rag’batlantirish bilan bog’liq xarajatlar turadi. Keyingi yilarda esa sotishni rag’batlantirish bilan bog’liq xarajatlarning tobora ortib borishi kuzatilmoqda.
Sotishni rag’batlantirishni chuqurroq o’rganilsa, u o’z ichiga xaridorlarni, sotuvchilarni va vositachilarni rag’batlantirishlarni o’z ichiga oladi.

Xaridorlarni rag’batlantirish asosan xaridorlarning ko’proq miqdordagi tovar sotib olishlariga qaratiladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, chakana savdo korxonalarida iste'molchilarga sotilayotgan tovarlarning 50-75 foizi rejalashtirilmagan holda xarid qilinar ekan. Shu sababli, rag’batlantirishning u yoki bu usulidan foydalanib, sotib olinayotgan mahsulot hajmiga ta'sir etish mumkin.
Xaridorlarni rag’batlantirish usullari juda xilma-xil va ular tobora kengayib bormoqda. Ko’pchilik hollarda xaridorlarni rag’batlantirishning quyidagi usullari qo’llaniladi: kuponlardan foydalanish; pasaytirilgan narx bilan sotish; tovar narxining ma'lum bir qismini qaytarib berish; mukofotlar berish; lotereya, konkurs va o’yinlar o’tkazish; tovar namunalarini bepul berish; tovar namunalarini bepul sinab ko’rish va boshqalar.


Sotuvchilarni rag’batlantirish deganda ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchilarga tovarlar narxini pasaytirib sotish (chegirma berish); ma'lum bir miqdordagi tovarlarni bepul berish (agar ular xarid qilayotgan tovar ma'lum bir me'yordan oshsa), mukofotlar berish va boshqalar tushuniladi.
Demak, kommunikatsion siyosatni yuritish bozorda har bir korxonaning raqobatga bardosh berib, samarali faoliyat ko’rsatishning muhim omili hisoblanar ekan.

Qisqa xulosalar
Kommunikatsion siyosat deganda bozorga tovar siljitish uslublarining majmui tushuniladi. Bularga pablik rileyshnz (jamoatchilik bilan aloqalar), reklama, sotishni rag’batlantirish va shaxsiy sotish kiradi. Kengaytirilgan ma'noda siljitish - bu tovarlar sotilishini tezlashtirish va bozorda ijobiy tasavvurni shakllantirish maqsadida axborot olish, xaridorni ishontirish va o’z faoliyati haqida ma'lumot berish uchun korxonaning bozor bilan doimiy aloqalarini o’rnatish va saqlab turishdir.
Korxonalarning bozorda muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatishi uchun faqatgina sifatli tovarlarni ishlab chiqarish etarli emas, balki bu borada iste'molchilarni shu tovarlarning iste'mol xossalari haqida har tomonlama xabardor qilib, o’z tovarlarining iste'molchilar ongida aniq mavqeni egallashiga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun, birinchi navbatda, korxonalar reklama vositalaridan unumli foydalana bilishlari lozim. Reklamaning vazifasi - xabar berish, ishontirish va eslatishdan iboratdir. Shuning o’zi reklamaning tovar sotilishiga ta'sir ko’rsatishidan dalolatdir.
Nazorat savollari
1. Marketingda kommunikatsion siyosatni qanday tushunasiz?
2. "Pablik rileyshnz" nima?
3. Reklamaning ahamiyatini tushuntirib bering?
4. Reklamaning qanday turlarini bilasiz?
5. O’zbekistonda "Reklama to’g’risida"gi qonun qachon qabul qilingan?
6. Reklama vositalariga nimalar kiradi?
7. Reklamaga qanday talablar qo’yiladi?
8. Reklamani ishlab chiqarish tartibini tushuntirib bering.
9. Reklama xarajatlarini qanday tushunasiz?

10. Marketingda sotishni rag’batlantirishga nimalar kiradi?


http://fayllar.org
Yüklə 307,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin