5. Zamon va makon ifodalovchi birliklar yordamida ham matnni shakllantirish va uning komponentlarini bog‘lash mumkin. Badiiy asardagi voqea-hodisalar muayyan vaqt asosida ro‘yobga chiqadi. Faqat badiiy asardagi vaqt tushunchasi real hayotdagi vaqt muntazamligidan farq qiladi. «Vaqt ma’noli leksemalar matn qismlarini distant (masofasiz, bilvosita) va kontakt (masofali, bevosita) bog‘lash uchun xizmat qiladi. Ayrim temporal so‘zlar leksik-grammatik bog‘lovchi vazifasini bajarib, matndagi xronologik ketma-ketlik, izchillikni aks ettirib turadi» 5.
Ertalab-chi, oyi, yomg‘ir yog‘di. Qattiq yomg‘ir yog‘di. Siz bahor yomg‘irini yaxshi ko‘rardingiz... Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang, oftob charaqlab yotibdi…(O‘.Hoshimov). Ushbu matnning shakllanishida vaqt ma’noli birliklarning alohida xizmati bor. Birinchi gapda ertalab leksemasi yordamida sutkaning shu qismida sodir bo‘lgan tabiat hodisasi haqidagi informatsiya ifodalanyapti. Keyingi gaplarda ifodalangan hodisalar ham ayni vaqt birligida ketma-ketlikda ro‘yobga chiqqan. YA’ni: ertalab → yomg‘ir yog‘di → qattiq yog‘di → oftob chiqdi → charaqlab ketdi.
Makonni bildiradigan leksemalar ham matnni shakllantiruvchi vosita bo‘la oladi. Odatda yozuvchilar voqea sodir bo‘layotgan makonni batafsil tasvirlashga harakat qiladilar. Makon ma’noli leksema keltirildimi, albatta uning tavsifi ham beriladi. SHu tarzda matn yuzaga keladi. Gaplar o‘zaro kontakt va distant aloqaga kirishadi.
Bog‘ juda orasta, yo‘laklarga oltinrang qumlar solingan, marmar ariqlardan tiniq suvlar jildirab oqadi. CHorchamanlarda mamlakatning eng noyob gullari muattar hid taratib ochilib turibdi (P.Qodirov).
Dostları ilə paylaş: |