12-mavzu. Moliyaviy hisobotlardagi farqlanuvchi holatlar.
Reja.
1. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq.
2. Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari.
3. Aksiyadorlik daromadliligi va aksiyadorlik kapitali daromadligi o‘rtasidagi farq.
Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan kompaniya aktivlari va aksiyadorlik kapitali qiymati balans(bahosi) qiymati deb ataladi.
Kompaniya bitta aksiyasining balans qiymati – bu firmaning rasmiy balansida aks ettirilgan aksiyadorlik kapitali umumiy summasini(so‘mda) muhmaladagi oddiy aksiyalar soniga bo‘lish natijasida olingan qiymatdir.
Mahlumotlardan ko‘rinib turibdiki, «Fayz» korporatsiyasi aksiyalarining 2021 yil oxiri holatiga balans qiymati 313,40 so‘mni tashkil etgan. Ammo xuddi shu vaqtga ularning bozor qiymati atigi 187,20 so‘mga teng bo‘lgan. Investorlar «Fayz» korporatsiyasining bitta aksiyasi uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan summa aynan shu summa hisoblanadi. Ammo bu qiymat kompaniyaning rasmiy balansida aks ettirilmaydi.
Bu yerda quyidagi savollarning tug‘ilishi, tabiiy: nima sababdan aksiyalarning bozor va balans qiymati ko‘rsatkichlari bir -biridan farq qiladi? Va mashuliyatli moliyaviy qaror qabul qilishi lozim bo‘lgan shaxs uchun bu qiymat(baho)lardan qaysi biri muhimroq?
Ushbu masalalar juda muhim bo‘lganligi uchun ularni batafsil o‘rganamiz. Dastlab shuni qayd etish lozimki, aksiyalarning bozor qiymati (bahosi) doim ham ularning balans qiymatiga mos kelmasligiga quyidagi ikkita asosiy sabab bor:
Balans qiymati firmaning barcha aktivlari va majburiyatlarini o‘z ichiga olmaydi;
Firmaning rasmiy balansiga kiritilgan aktivlar va majburiyatlar ko‘p hollarda joriy bozor qiymati bo‘yicha emas, balki dastlabki qiymati bilan baholanib, ulardan amortizatsiya chiqarib tashlanadi.
Endi asosiy ehtiborimizni ana shu ikkala sababni batafsil ko‘rib chiqishga qaratamiz.
Birinchidan, buxgalteriya balanslarida, ko‘pincha, muhim iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan aktivlar qayd etilmaydi. Xususan, kompaniya ishlab chiqaradigan tovarlar sifati va ishonchliligi orqasida kompaniya orttirgan obro‘ ularda aks ettirilmaydi. SHuningdek, agar firma ilmiy-texnik taraqqiyotga katta mablag‘ sarflab, mahlum ilmiy baza yaratishga erishgan bo‘lsa, bu ham balansda o‘z ifodasini topmaydi. Yuqorida tilga olingan aktivlar nomoddiy aktivlar deb ataladi va ayonki, ular firmaning bozor qiymati oshishiga ko‘p jihatdan tahsir qiladi va ular moliyaviy qaror qabul qilishda ehtiborga olinishi kerak.
Buxgalterlar o‘z firmasi balansiga bahzi nomoddiy aktivlarni kiritadilar. Ammo bu narsa ularning bozor qiymati bo‘yicha amalga oshirilmaydi.
Masalan, firma boshqa firmadan patent sotib olsa, patent qiymati balans aktivining tegishli qismida aks ettiriladi va unga amortizatsiya ajratmalari (chegirmalari) hisoblanadi. Bundan tashqari, kompaniya boshqa kompaniyani uning balans qiymatidan qimmat(yuqori) bahoda sotib olsa, buxgalter sotib oluvchi firma balansiga nomoddiy aktivni qo‘shadi. Bu aktiv gudvil yoki firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si deb ataladi. Firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si – bu u sotib olingan bozor qiymati (bahosi) va uning balans qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Ammo, yuqorida tilga olingan, buxgalteriya balansida aks ettiriladigan nomoddiy aktivlardan farqli o‘laroq, ko‘plab boshqa aktivlar borki, ular buxgalteriya balansida qayd etilmaydi.
Bundan tashqari, buxgalteriya balanslarida firma uchun iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan uning ko‘plab majburiyatlari aks ettirilmaydi. Masalan, balansda firma sud jarayonida javobgar sifatida qatnashayotgani o‘z ifodasini topmaydi. Bunday shartli majburiyatlarning mavjudligi va ularning hajmi, nari borsa, moliyaviy hisobotga ilovada ko‘rsatiladi.
Keling, endi moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida baho (qiymat)larning qaysi biri inobatga olinishi kerakligini ko‘rib chiqamiz – bozor bahosi (qiymati)mi yoki balans bahosi(qiymati)? Deyarli barcha hollarda bozor bahosi(qiymati) hisobga olinadi.
Masalan, faraz qilaylik, “Alfa” kompaniyasi bundan uch yil avval 39,0 mln. so‘mga kompyuterlar uchun sistema bloki korpuslari ishlab chiqaradigan uskuna sotib oldi va bugungi kunga kelib, ushbu uskunaning balansi qiymati (bahosi) uch yillik amortizatsiyani inobatga olganda 26,0 mln so‘mga teng. Ammo, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonida yuz berayotgan kompyuter korpuslari ishlab chiqarish texnologiyasidagi o‘zgarishlar sababli ushbu uskunaning bozor qiymati (bahosi) 12,0 mln so‘mdan oshmaydi.
Endi faraz qiling,Siz eski uskunani zamonaviy uskunaga almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz kerak. Xo‘sh, bunda taqqoslash uchun qaysi qiymatni inobatga olish kerak? Agar soliq to‘lash masalasini hisobga olmasak, bizga iqtisodiy nazariyaning asosiy prinsiplaridan mahlumki, aktivlarning haqiqiy qiymatini hammadan aniq ulardan foydalanishning eng yaxshi muqobil varianti ko‘rsatib beradi. Ayonki, ushbu muqobil qiymat (baho) balansda ko‘rsatilgan qiymat (baho)ga nisbatan uskunaning bozor qiymati (bahosi)ga (12,0 mln so‘m.) eng yaqin qiymat (baho)dir.
Boshqa bir misol. Bu safar pech ishlab chiqarish uchun mis tovar-moddiy zaxiralari bilan bog‘liq vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, yil boshida Siz mis uchun 29,0 mln.so‘m to‘ladingiz. Ammo bugungi kunga kelib, uning bozor qiymati 60,0 mln.so‘mgacha ko‘tarildi. Navbatdagi ishlab chiqarish qarorini qabul qilishda ushbu ko‘rsatkichlarning qaysi biriga asoslanish to‘g‘ri bo‘ladi? Bu holda ham dastlabki narx (29,0 mln. so‘m) ehtiborga olinmaydi. Bu paytga kelib Siz misni sotib yuborgan bo‘lishingiz mumkin. Yangi partiyani esa faqat 60,0 mln. so‘mga sotib olsangiz bo‘ladi. SHunday qilib, sotib olingan metalni ishlatar ekansiz, aslida Siz ishlab chiqarishda haqiqiy bahosi 60,0 mln.so‘m bo‘lgan resursni sarflaysiz.
Vaziyatga qarab, bozor qiymati va balans qiymati o‘rtasidagi farq juda katta bo‘lishi mumkin.
Masalan, agar so‘z pul mablag‘lari to‘g‘risida ketsa, farq deyarli bo‘lmaydi. Asosiy vositalar, yahni zavod inshootlari va uskunalari to‘g‘risida ketganda esa, farq juda katta bo‘lishi mumkin. Aslida shunday bo‘ladi ham. Demak, aktivlarning bozor va balans qiymati o‘rtasidagi farq to‘g‘ridan-to‘g‘ri aktivlar turiga bog‘liq va moliyaviy qaror qabul qilish jarayonida, mumkin bo‘lsa, ularning aynan bozor qiymatini inobatga olish kerak.
SHuni alohida qayd etish kerakki, so‘nggi yillarda buxgalterlar hisobotlarni ko‘proq aktivlar va majburiyatlarning bozor qiymati asosida olib bormoqdalar. Bu esa buxgalteriya mahlumotlaridan moliyaviy qaror qabul qilishda foydalanish mumkinligidan dalolat beradi. SHu nuqtai-nazardan, korporatsiyalarning pensiya fondlariga kirgan aktivlari bugungi kunda balanslarda dastlabki sotib olingan qiymati bo‘yicha emas, balki o‘zining bozor qiymati (bahosi) bo‘yicha aks ettirilishini aytishning o‘zi kifoya. Amaliyotda bozor narxlarining joriy o‘zgarishini qayd qilish va ular asosida hisobot tuzish uchun firmaning aktivlari va majburiyatlarini har kuni qayta baholash jarayoni joriy narxlar asosiyda qayta baholash deb nom olgan.
Misol tariqasida quyidagi vaziyatni ko‘rib chiqishni taklif etamiz. Faraz qilaylik, Sizning yil mobaynida olgan sof mehnat haqingizning umumiy summasi 10,0 mln.so‘mni tashkil etadi va Siz bu summani oilangizni boqishga sarfladingiz. Ammo, shu bilan birga, aktivlaringizning umumiy qiymati 6,0 mln.so‘mga pasayib ketdi, deylik. Umuman olganda, hech bir buxgalter bu pasayishni ehtiborga olmagan bo‘lar edi. CHunki bu zarar potensial xarakterga ega. Sababi, Sizning aktivlaringiz sotilmagan edi. Bir vaqtning o‘zida, har qanday iqtisodchi Sizga qiymat kamayishini foydangiz hisoblanayotganida inobatga olinishi kerakligi aytgan bo‘lur edi. CHunki u oilangizning isteomol imkoniyatlariga tahsir qiladi. Axir endi bu imkoniyat yil boshidagiga nisbatan 6,0 mln. so‘mga qisqardiku!Demak, iqtisodchining nuqtai nazaridan qaraganda Sizning sof foydangiz hammasi bo‘lib 4,0 mln. so‘mni tashkil etgan.
Bundan tashqari, buxgalteriyada foyda hisoblanayotganda garchi soliqqa tortish maqsadida foydadan chegirib qolish sifatida qarz olingan kapital bo‘yicha foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olish mumkin bo‘lsada, shu bilan birga, xususiyatiga ko‘ra xuddi shunday xarajat - sarflangan o‘z kapitalini hisobga olish mumkin emas. Masalan, firma 20,0 mln.so‘m miqdorida foyda oldi, ammo shu bilan birga u o‘z faoliyatini moliyalashtirish maqsadida 500,0 mln.so‘mlik aksiyadorlik kapitalidan foydalanganligi uchun 10%ga teng daromadlilik stavkasidan kelib chiqqan holda xarajat qildi, deylik. Bu holda iqtisodiy nuqtai nazardan u 30,0 mln. so‘m miqdorida zarar ko‘rgan (yahni 20,0 mln. so‘m – 500,0 mln. so‘m x 0,10 = - 30,0 mln. so‘m). Bu buxgalteriya nuqtai nazaridan foyda ijobiy bo‘lgan holda, firma o‘zining asosiy xarajatlarini, shu jumladan, o‘z aksiyadorlik kapitalidan foydalanish bo‘yicha xarajatlarni qoplashga qodir bo‘lmagan vaziyatga yaqqol misol bo‘la oladi.
Muayyan vaqt(chorak, yil, bir necha yil) oralig‘ida aktsiyadorlarni, eng umumiy tarzda yoki eng avvalo, nima qiziqtiradi, deb o‘ylaysiz? Ha, ularni, eng avvalo, shu davr oralig‘ida kompaniya faoliyati qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lganligi qiziqtiradi. SHu bilan birga, bu jarayonda ular nimani istaydilar, degan navbatdagi savolga nima deb javob bergan bo‘lur edingiz? Haqiqatdan ham ular, eng avvalo, bitta narsani, yahni shaxsiy boyliklari shu davrda qancha ko‘payganini bilishni istaydilar.
Bu savolga, o‘z navbatida, endi qanday javob beramiz? Yahni, muayyan davrda aktsiyadorlar boyliklarining qanchaga ko‘payganligini qanday qilib aniqlash mumkin? Bu savol oldingi savollarimizga nisbatan, biroz bo‘lsa-da, murakkabroq savol-a? Buning uchun mahlum vaqt oralig‘ida ular investitsiya qilgan kapital bo‘yicha daromadlilik stavkasini hisoblab chiqish (topish) kerak. Bu maqsadga erishish uchun biz quyidagi tenglamadan foydalanishimiz mumkin:
Davr oxiriga - Davr boshiga + Pul ko‘rinishida
aktsiyaning narxi aktsiya narxi to‘langan dividentlar
R = ------------------------------------------------------------------------------------------
Davr boshiga aktsiyaning narxi
Bu ko‘rsatkich umumiy aktsiyadorlik daromadliligi deb ataladi. Endi, biz ehtiborimizni yana o‘zimiz tahlil qilayotgan «Fayz» korporatsiyasiga qarataylik. Fond bozori bo‘yicha mahlumotlarni tekshirib, ko‘ramizki, 2021 yil boshida korporatsiya aktsiyalarining bozor kursi bitta aktsiyaga 20,0 ming so‘mni tashkil etgan, yil oxirida dividendlar to‘langandan keyin esa 18720 so‘mgacha pasaygan. Bu davrda pul shaklida to‘langan dividendlar summasi 1,0 ming so‘mni tashkil etgan. Demak, «Fayz» korporatsiyasiga tikilgan(qo‘yilgan, joylashtirilgan) kapitalga daromadlilik stavkasi 11,4%ni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich (qiymat) quyidagi hisob-kitoblar asosida olingan:
-0.114
ёки - 11.4%
18720 сўм – 2000 сўм + 1000 сўм
Умумий жами акциядорлик даромадлилиги
20000 сўм
Ammo, odatda, korporatsiyalar faoliyati samaradorligi yana bir ko‘rsatkichdan foydalangan holda hisoblab chiqariladi. Bu aktsiyadorlik kapitali daromadliligi normasi yoki koeffitsientidir. Aktsiyadorlik kapitali daromadliligi normasi kompaniya sof foydasi summasini aktsiyadorlik kapitalining balans qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi:
Aktsiyadorlik kapitali daromadliligi normasi
23.4 mln.so’m
Sof foyda
0.078 yoki 7.8%
Aktsiyadorlik kapitali
300 mln.so’m
Shunday qilib, ko‘rib turibmizki, aktsiyadorlik kapitali daromadliligi normasi yillik koeffitsienti aktsiyadorlar o‘z mablag‘ini kompaniyaning qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilishlari oqibatida olgan umumiy daromadlilik stavkasiga mos kelishi shart emas.