12-Mavzu. O’zbekistonda mikrosuvo’tlariga bo’lgan qiziqish



Yüklə 199,56 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.01.2022
ölçüsü199,56 Kb.
#51475
12-Mavzu



12-Mavzu. O’ZBEKISTONDA MIKROSUVO’TLARIGA BO’LGAN 

QIZIQISh  

Mikrosuvo’tlarini  o’rganish  tarixi  O’zbekistonda  ham  XX-asrning  61-65-

yillariga  to’g’ri  keladi.  Respublikada  mikrosuvo’tini  ishlab  chiqarish  va  ko’llash 

birinchi  bor  1961-yilda  bo’lgan.  Bu  sohaning  rivojlanishi  va  uning  fan  sifatida 

javdalanishiga sababchi o’zbek algologik olimlari A.M Muzafarov., T.T Taubayev., 

A.R  Raximov.,  X.F  Yakubovlar  hisoblanadi.  Aynan  shu  olimlar  (asosan  A.M 

Muzafarov)  O’zbekistonda  algologik  obyektlarni  sanoatda  qo’llay  boshlashdi  va 

XX-asrning 75-80-yillarida Sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida bo’lgan O’zbekistonning 

qishloq xo’jalik sanoatidagi barcha xo’jaliklarda to’liq ravishda qo’llana boshlanadi. 

Bu  sohalarda  asosan  yashil  mikrosuvo’tlari  oilasiga  mansub  Chlorella  va 

Scenedesmus, ko’k yashil mikrosuvo’tlari oilasiga mansub Nostoc mikrosuvo’tlari 

keng  sanoat  tarzida  ishlatildi.  1986-yildan  boshlab  esa  sobiq  ittifoqidagi  notinch 

sharoit  ilm-fanga  ham  o’z  ta’sirini  ko’rsatmay  qolmadi  va  bu  soha  oqsoqlana 

boshladi va ittifoqning parchalanishi bilan to’liq to’xtab qoldi. 

Mustaqil  O’zbekistonda  ilm-fanning  rivojlanishiga  bo’lgan  e’tibor  kuchaya 

boshlagach,  Respublikada  biotexnologiya  fani  ham  boshqa  rivojlangan  davlatlar 

singari  tezda  rivojlana  boshladi.  Biotexnologiya  tarixi  O’zbekistonda  1996  yilga 

kelib taqaladi. Shunga qaramasdan oxirgi 10 yil ichida O’zbekiston Respublikasida 

ham  mikrosuvo’tlariga  bo’lgan  qiziqish  ortdi.  O’zbekistonning  biotexnologiya 

yo’nalishidagi olimlari ham chet el olimlari singari mikrosuvo’tlari ustida sanoat va 

laboratoriya tarzidagi tajribalar olib borishmoqda (asosan qishloq xo’jaligi sanoatida 

olib  borilmoqda).  Hozirda  mikrosuvo’tlari  Respublikamizning  Toshkent  kimyo  - 

texnologiya  instituti, O’zRFA  “Mikrobiologiya”  instituti,  O’zRFA  “Hayvonlar  va 

o’simliklar florasi” institutlari laboratoriyalarida yetishtirilmoqda. 

Hajm bo’yicha Toshkent kimyo-texnologiya instituti hozirda ilgarilab bu institut 

qoshida  tashkil  etilgan  “Mikrosuvo’tlari  o’stirishga  ixtisoslashgan”  laboratoriya 

kuniga 400 litr miqdorida mikrosuvo’tlar yetishtirish salohiyatiga egadir (4-5 rasm). 

 

 



 


 

ologiya” 

instituti, 

FA qarashli “Botanika” institutlari laboratoriyalarida 



yetishtirilmoqda. 

 

Yüklə 199,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin