12-Mavzu. O’ZBEKISTONDA MIKROSUVO’TLARIGA BO’LGAN
QIZIQISh
Mikrosuvo’tlarini o’rganish tarixi O’zbekistonda ham XX-asrning 61-65-
yillariga to’g’ri keladi. Respublikada mikrosuvo’tini ishlab chiqarish va ko’llash
birinchi bor 1961-yilda bo’lgan. Bu sohaning rivojlanishi va uning fan sifatida
javdalanishiga sababchi o’zbek algologik olimlari A.M Muzafarov., T.T Taubayev.,
A.R Raximov., X.F Yakubovlar hisoblanadi. Aynan shu olimlar (asosan A.M
Muzafarov) O’zbekistonda algologik obyektlarni sanoatda qo’llay boshlashdi va
XX-asrning 75-80-yillarida Sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida bo’lgan O’zbekistonning
qishloq xo’jalik sanoatidagi barcha xo’jaliklarda to’liq ravishda qo’llana boshlanadi.
Bu sohalarda asosan yashil mikrosuvo’tlari oilasiga mansub Chlorella va
Scenedesmus, ko’k yashil mikrosuvo’tlari oilasiga mansub Nostoc mikrosuvo’tlari
keng sanoat tarzida ishlatildi. 1986-yildan boshlab esa sobiq ittifoqidagi notinch
sharoit ilm-fanga ham o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmadi va bu soha oqsoqlana
boshladi va ittifoqning parchalanishi bilan to’liq to’xtab qoldi.
Mustaqil O’zbekistonda ilm-fanning rivojlanishiga bo’lgan e’tibor kuchaya
boshlagach, Respublikada biotexnologiya fani ham boshqa rivojlangan davlatlar
singari tezda rivojlana boshladi. Biotexnologiya tarixi O’zbekistonda 1996 yilga
kelib taqaladi. Shunga qaramasdan oxirgi 10 yil ichida O’zbekiston Respublikasida
ham mikrosuvo’tlariga bo’lgan qiziqish ortdi. O’zbekistonning biotexnologiya
yo’nalishidagi olimlari ham chet el olimlari singari mikrosuvo’tlari ustida sanoat va
laboratoriya tarzidagi tajribalar olib borishmoqda (asosan qishloq xo’jaligi sanoatida
olib borilmoqda). Hozirda mikrosuvo’tlari Respublikamizning Toshkent kimyo -
texnologiya instituti, O’zRFA “Mikrobiologiya” instituti, O’zRFA “Hayvonlar va
o’simliklar florasi” institutlari laboratoriyalarida yetishtirilmoqda.
Hajm bo’yicha Toshkent kimyo-texnologiya instituti hozirda ilgarilab bu institut
qoshida tashkil etilgan “Mikrosuvo’tlari o’stirishga ixtisoslashgan” laboratoriya
kuniga 400 litr miqdorida mikrosuvo’tlar yetishtirish salohiyatiga egadir (4-5 rasm).
ologiya”
instituti,
FA qarashli “Botanika” institutlari laboratoriyalarida
yetishtirilmoqda.