12-mavzu:O`zbekistoning fizik olimlari dunyo nigohida
Qadimda yashagan odamlar to‘la-to‘kis tabiatga bog‘liq bo‘lganlar. Chunki hech narsani o‘z qo‘llari bilan yaratmasdan, atrofida borini iste’mol qilganlar. Yog‘in-sochin, sovuq va yovvoyi hayvonlardan g‘orlarda bekinib jon saqlaganlar. Asta-sekin ov qurollarini o‘ylab topganlar va olovdan foydalanishni o‘rganishgan. Natijada ularning turmushi yengillasha borgan. Shunga ko‘ra tabiatni o‘rganish, undan foydalanish va unga ta’sir ko‘rsatish boshlangan. Tabiat haqidagi bilimlarni o‘rganish va ular asosida tabiat boyliklaridan samarali foydalanishi natijasida insoniyat sovuq qotish, qorong‘ilikda qolish, och qolish kabi holatlardan va ko‘pchilik kasalliklardan qutula oldi. Inson yer yuzi bo‘ylab, havoda va suvda bemalol harakat qilmoqda.
Tabiiy fanlar ichida fizika yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Birinchi mavzuda aytib o‘tilganidek, uning o‘rganadigan sohasi keng qamrovlidir. Fizikaning har bir o‘rganilgan yangi qonuniyatlari jamiyat rivojlanishiga kuchli ta’sir ko£rsat adi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonimizda ham fizika fanini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Bu ishlar bilan asosan O‘zbekiston Fantar akademiyasiga tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy ta’lim muassasalari laboratoriyalaridagi olimlar shug‘ullanadilar.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti, Akademik S.A. Azimov nomidagi «Fizika-Quyosh» IICHB qoshidagi Fizika-texnika instituti va Materialshunoslik instituti, G‘.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti va Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tekshirish institutida mexanik, issiqlik, elektr, yorug‘lik va tovush hodisalariga doir ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
O‘zbekistonda fizika fanining rivoji, boshqa fanlarni rivoji bilan bir qatorda o‘tgan asrning 20-30 yillaridan boshlangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ma’lumki, O‘zbekistonda birinchi oliy o‘quv yurti 1920 yilda tashkil topgan bo‘lib, dastavval u Turkiston universiteti, keyinchalik O‘rta Osiyo universiteti, Toshkent davlat universiteti, hozirgi kunda esa O‘zbekiston Milliy Universiteti nomi bilan yuritiladi. Ushbu universitet negizida birin-ketin institutlar tashkil topaboshladi va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasini tuzishga zamin paydo bo‘laboshladi.
|