Qarorga kelish. Maqsadga etishish yo‘llarini
va vositalarini tanlash
jarayonida rejalashtirish, motivlar kurashi bilan bog‘langan bo‘lib,
qarorga kelish
bilan tugaydi. Qarorga kelish-muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish
yo‘lida harakat usullaridan birini tanlab olish demakdir. Motivlar kurashida buning
ma’nosi shuki, motivlardan biri hal qiluvchi rol o‘ynagan bo‘ladi. Masalan,
kechqurun qayoqqa borish kerak – teatrgami yoki o‘rtog‘ining
yonigami-degan
motivlar kurashi natijasida kishi bormoqchi bo‘lgan joyi haqida qarorga keladi.
Qarorni ijro etish. Qaror unga muvofiq keladigan choralar ko‘rish va harakat
qilish uchun qabul qilinadi. Qarordan harakatga o‘tishni ijro qilish (yoki bajarish)
deyiladi. Irodaviy jarayonda eng muhim narsa-qabul qilingan qarorni ijro etishdir.
Irodaviy harakatlar ikki xil bo‘ladi: jismoniy va aqliy harakatlar. Jismoniy
harakatlarga har xil mehnat operatsiyalari, o‘yin, sport mashg‘ulotlari va boshqalar.
kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala echish,
yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy
tadqiqot ishlarini olib borish va shu kabilar kiradi. Ko‘p vaqt takrorlanib, o‘zlashib
4
Г.Югай. Н.Мираширова “Умумий психология” дарслик 214б
ketgan ko‘nikma va odat bo‘lib ketgan harakatlar ham murakkab irodaviy
harakatlardandir.
Qarorni ijro etish odatda ma’lum vaqt, muddat bilan bog‘liq bo‘ladi. Qaror
kechikmasdan belgilangan vaqtda ijro etilsa bu irodaning
ijobiy sifatidan dalolat
beradi. Bu esa ishchanlik, puxtalikni bildiradi.
Kishining irodaviy sifatlari ya’ni iroda kuchi, mustaqilligi
jihatidan ayrim hollarda
turlicha namoyon bo‘ladi.
Har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr bo‘yi
mustahkamlanib, shu odamning xususiy sifatlari (ya’ni doimiy xislatlari) bo‘lib
qolishi mumkin. SHaxsning bu o‘ziga xos xususiyatlari xarakter xislatlari deb ataladi.
Har bir kishidagi biron bir irodaviy sifatlarning har qanday namoyon bo‘lishi shu
kishi xarakterining xislati bo‘lavermaydi.
Harakat maqsadini ahglash
Harakatlanishga qaror
qilish
Моtivlar kurashi
Таshqi
irodaviy harakat
Ichki irodaviy harakat
Iroda kuchi
Iroda aktining psixologik tuzilishi
Harakatni ijro
etish maqsadi
tilak
havas
15.1.Rasm. Iroda akti psixologik tuzilishining chizmasi.