Imkoniyat va voqelik ham falsafaning muhim kategoriyalari- dir. Falsafaning sabab va oqibat, mazmun va shakl, zaruriyat va tasodif, mohiyat va hodisa singari kategoriyalari voqelikdagi o‘zgarish, yangilanish holatlarining muhim tomonlari, bog‘lanish holatlari va asosiy tamoyillarini ifodalasa, imkoniyat va voqelik uzluksiz rivojlanish jarayonidagi narsa va hodisalarning, ikki xil bosqichi, davri, holatini hamda bu davrlar o‘rtasidagi o‘zaro mu- nosabatni ifodalaydi. Imkoniyatning voqelikka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning real, formal, mavhum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor
Obyektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega.
Zaruriyat— narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir.
Tasodif esa — zaruriyatning namoyon bolish shak- lidir. Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi. Shu nuqtayi nazardan, zaruriyatni turkumlashtirganda, uning makon va zamondagi strukturaviy tuzilishini tashkil qilgan ele- mentlarini sistemali-strukturali tahlil qilish lozim. Shuningdek, zaruriyatni sabab-oqibat munosabatlari tarzida tushunish lozim. Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish qonuniyati- dan kelib chiqadi hamda obyektiv sabablar tizimiga asoslanadi