12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


Аmir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvridа ijtimоiy fаlsаfiy fikrlаr tаrаqqiyoti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə55/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

54.Аmir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvridа ijtimоiy fаlsаfiy fikrlаr tаrаqqiyoti.

Amir Temur va temuriylar davri falsafasi. Insoniyat tarixidashunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlaro‘zining yo‘lboshchilari yetakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qo‘lga kiritish mumkin bolgan natijalarga erishganlar. Aynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o‘chmas nomini bitadi, jahon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta

hissa bolib qo‘shiladi. Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo‘g‘ul bosqinchilaridan ozod bolgan xalqimizning milliy dahosi eng yuksak cho‘qqiga kolarilgan davrdir. Bu davr falsafasi xalqimizning sohibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqillikni saqlash hamda mustahkamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir.

Mo‘g‘ullar olnatgan mustabid tuzumning Amir Temur dunyoga kelgan davrida yerli aholi oltasida chuqur ijtimoiy va m a’naviy uyg‘onish jarayoni borayotgan edi. Bu jarayon, «Tarixi, o‘sha davrdayoq, ming yilliklar qa’riga ketgan buyuk xalq mus- tamlakachilik azobida yotaveradimi?» yoki «Mustaqillik uchun

kurash olib borishda davom etadi va ozodlikka erishadimi?» degan asosiy savollar atrofida ro‘y berayotgan edi.

Mo‘g‘ullar mamlakatimizni siyosiy va harbiy jihatdan istilo qilgan edilar, ammo uni ma’naviy bo‘ysundirish, madaniy jihatdan mo‘g‘ullarning ustunligi to‘g‘risida gap ham bolishi mumkin emas edi. Ko‘chmanchilik va shaharlarni g‘orat qilishdan boshqasiga yaramaydigan, o lro q hayotga mensimay qaraydigan

Chingiz avlodlari m a’naviy va madaniy jihatdan o‘zlaridan ustun bolgan xalqqa nima ham bera olar edilar? Ular o‘z hukmronligining oxirigacha ham Vatanimizda birorta tuzukroq yashash mumkin bolgan yangi shahar barpo etmadilar, madaniyat o‘choqlarining yuksalishi uchun imkon bermadilar, yerli aholi orasidan chiqqan barkamol kishilarni qilichdan olkazib turdilar.

Ammo xalq irodasini buka olmadilar, uning ozodlik va mustaqillikka intilishini to‘xtatib qo‘ya olmadilar. A m ir Temur ana shu harakatning natijasi, xalqining milliy g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun tarixiy shakllangan zaruriyat, o‘sha paytda harbiy uyushqoqlik, siyosiy hushyorlik, fidokorlik jihatidan jahonda tengi yo‘q millatga aylangan xalq dahosi yaratgan buyuk jahongir edi. Xalq jahongirga aylanganida o‘zining jahongirini yaratadi.

Gohida bir jahongir millat boshqasini uyg‘otib yuboradi. Bu esa tarixning muayyan hududdagi eng burilish nuqtalariga to‘g‘ri keladi.

Ba’zilar Temur falsafiy asarlar yozmagan-ku, uning falsafaga aloqasi bormi, deb o‘ylaydi. Aslida Temurning hayoti va faoliyati falsafadan iborat emasmi? U falsafiy xulosalar chiqarish uchun boshqa kishilarning hayoti va asarlaridan ham mazmunliroq hayot emasmi? Falsafani faqat kitoblardangina olganish mumkinmi? Aslida, falsafani to‘la-to‘kis kitobga tushirib bolmaydi. Kitobga tushirilgan falsafa muayyan tizimga keltirilgan falsafiy bilimlar sistemasi xolos. Temur va temuriylar davrini tarix falsafasi va falsafa tarixini uyg‘un tarzda yozish orqali nisbatan to‘g‘ri

ifodalash mumkin. A m ir Temurning hayoti, uning faoliyati, temuriylar davridagi madaniy jarayonlar, ilm-fan rivoji kabi masalalar esa bir necha falsafiy kitoblar, o‘nlab tadqiqotlar uchun mavzu ekanligi aniq. Qolaversa, Temur va temuriylar kabi ilm-fan, madaniyat va san’atni, falsafa va adabiyotni nozikta’b tushungan, o‘zlari ham bu sohalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy sulolalarni jahon tarixidan topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida she’r yozmagan, adabiy mashqlar qilmagan, fan-madaniyatga qiziqmagan biror temuriyzoda bolm asa kerak. Tarix shundan

dalolat beradiki, yurt boshliqlari fan va madaniyatga qiziqqan, m a’naviyatni yuksaklikka ko‘tarish uchun kurashgan olkada bu sohalarda haqiqiy yuksalish boladi. Siyosiy ta’minlanganlik, boshqa sohalar bilan birgalikda, madaniy taraqqiyotning eng asosiy omili ekanligini rad qilish unchalik o lin li emas. Madani-

yatparvar va millatparvar Am ir Temur va temuriyzodalar o‘sha davr m a’naviy taraqqiyoti uchun siyosiy va iqtisodiy asoslarni to‘la-to‘kis yaratgan arboblar edi. Xalqimizning asrlar osha ular ruhiga m innatdorlik tuyg‘usi bilan yondashuvi, haligacha o‘z farzandlariga bu sulola vakillari nom larini qo‘ db yurishi, bugungi

kunlarda ham o‘sha zamondan tashbehlar izlayotganining sabablaridan biri ham ana shunda.

Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir (1336—1405) Kesh (Shahri-

sabz) shahri yaqinidagi Xo‘ja ilg‘or qishloglda dunyoga kel-

di. Uning eng asosiy tarixiy xizmatlari shundan iboratki, u

mo‘g‘ullarning bosqinchilik va vayronkorliklariga qarshi kurashib,

0 ‘rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlar-

ning o‘zaro nizolariga barham berib, kuchli markazlashgan davlat

barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini

ta’minladi. Uning davrida «Kuch — adolatda» tamoyili amalga oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o‘zga mamlakatlar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatildi.

Am ir Temur mohir harbiy sarkarda sifatida nom qozondi. U o‘z hayotini Movarounnahr xalqining farovonligi, yurt obodonchiligi uchun sarfladi, uning davrida hashamatli binolar, qurilish inshootlari, go‘zal bog‘lar bunyod qilindi, maktab va madrasalar, masjidlar qurildi, mamlakatimiz Sharqning go‘zal hududiga aylandi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin