12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. Оng, mа’nаviyat vа ruhiyat. 4bilan 8ga qara


Mаdniyat, sivilizatsiya vа qаdriyat tushunchаlаri, ulаrning o’zаrо munоsаbаtlаri



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə65/96
tarix31.12.2021
ölçüsü0,82 Mb.
#49535
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96
12. Shaxsdа jаmiyatdаn, o’zligidаn bеgоnаlаshish muаmmоsi. 13. О (1)

67.Mаdniyat, sivilizatsiya vа qаdriyat tushunchаlаri, ulаrning o’zаrо munоsаbаtlаri.

Sivilizatsiya (lot. cuvilis) - fuqarolikka, davlatga taalluqli, tamaddun— 1) keng maʼnoda — ongli mavjudotlar mavjudligining har qan-day shakli; 2) madaniyat soʻzining si-nonimi. Bu termin koʻpincha moddiy madaniyat maʼnosida xam qoʻllaniladi; 3) madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi (Misr S.si, Mesopotamiya S.si va boshqalar); 4) yovvoyilik va vahshiylikdj keyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi. "S." tushunchasi 18-asrda "madaniyat" tushunchasi bilan uzviy bogʻliq ravishda paydo boʻlgan. Fransuz fay-lasuf maʼrifatparvarlari akd va adolatga asoslangan jamiyatni S.lashgan jamiyat deb bilganlar. Koʻpchilik faylasuflar "S." deganda jamiyatning moddiy-texnika yutuqlarini, "madaniyat" deganda esa fakat uning maʼnaviy qad-riyatlarini tushunishgan. Ulardan ayrimlari bu tushunchalarni bir-biriga qarama-qarshi qoʻyganlar. Chunonchi, O. Shpengler fikricha, "S." har qanday madaniyat taraqqiyotining muayyan tugal boskichini bildiradi. S.ni bunday davr tanazzuli sifatida tushunish madaniyatning bir butunligi va tabiiyligiga ziddir.


Tamaddun yoki sivilizatsiya — jamiyatning rivojlanganlik darajasini koʻrsatuvchi tushuncha, madaniyat, fan, texnika, din va hokazoni oʻz ichiga oladi. Tamaddun inson jamiyatining ongli ekanligiga urgʻu berib, uni boshqa har qanday ongsiz jamiyatdan farqlaydi

Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiyaxloqiy, madaniymaʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, mas, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar Q. hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida Q.ga doir tadqiqot olib borilgan boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif berishga intilishgan.

Holbuki Q. aksiologiyaga xos kategoriyadir. Q.ni aksiologiya nuqtai nazaridan talqin qilish uni kategoriya sifatidagi mohiyati, mazmuni, obʼyektiv asosi, namoyon boʻlish shakllari va xususiyatlarini oʻrganish imkonini beradi. Q. kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qimmatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar. talab va tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy jarayonlar taʼsirida kishilarning Q.lar toʻgʻrisidagi qarashlari oʻzgarib boradi. Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu Q. ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Mas, yurtni yov bosganida — ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida — istiklol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, kasal yoki bemorlikda — sihatsalomatlikning qadri oshib ketadi. Q.lar ijtimoiytarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida oʻz tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Q.lar mehnat, ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xattiharakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xattiharakatini maʼlum yoʻnalishga buradigan, tegishli meʼyorga soladigan maʼnaviy hodisaga aylanadi. Q.lar umumbashariy, milliy, shaxsiy boʻlishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonunqoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan Q.lar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday Q.lar oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan, abadiy Q.lardir. Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, maʼnaviyati, urf-odat va anʼanalari, oʻtmishi va kelajagi bilan bogʻliq Q.lar milliy Q.lardir. Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, eʼtiqodi, umr maʼnosi, odobi, goʻzalligi bilan bogʻliq Q.lar shaxsiy Q.lardir. Q.lar komil insonni tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. "M." tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik M.), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek M.i), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (mas, mehnat M.i, badiiy M., turmush M.i)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi. Tor maʼnoda "M." atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.


"M." arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik — koʻchmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik — shaharda oʻtroq holda yashab, oʻziga xos turmush tarziga ega boʻlgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan.

Oʻrta asr madaniyatining buyuk namoyandalari Abu Ali ibn Sino, Beruniy va boshqa shahar turmush tarzini jamoaning yetuklik shakli sifatida talqin qilganlar. Mac, Forobiy fikricha, har bir inson oʻz tabiatiga koʻra, "oliy darajadagi yetuklikka erishish uchun intiladi", bunday yetuklikka faqat shahar jamoasi orqaligina erishiladi. Uning taʼkidlashicha, "madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday boʻladiki, bu mamlakatda har bir odam kasb-xunarda ozod, hamma babbaravardir, kishilar oʻrtasida farq boʻlmaydi, har kim oʻzi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shugʻullanadi. Odamlar chin maʼnosi bilan ozod yashaydilar". Alisher Navoiy yetuk axloq, maʼrifatli va adolatli jamiyat, jamoa masalasini qayd etish bilan birga, maʼnaviy yuksaklikka erishishning asosiy mezoni deb insonparvarlik gʻoyalariga muvofiqlikni tushundi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin