12 zamonaviy protsessorlar, turlari va xususiyatlari negmatova Nilufar Ergash qizi



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix11.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154055
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
ZDIFT 0903

 
20 
 
 
 
kilobayt adres sohasini ishlatish mumkin bo’lgan. Bozorda yanada mustaxkamlanib olish uchun 
Intel firmasi uning arzonlashtirilgan varianti I8088 MP ni taqdim qidi. Bu MP 16 razryadli I8086 
MP ning ichki arxitekturasiga ega bo’lib, ma’lumotlarning 8 razryadli shinalari bilan ishlar edi. 
Shuning uchun uning tezligi biroz sekinroq edi. Bunda arzonlashtirish MP ni arzonlashtirish 
xisobiga emas balki uning asosida tayyorlangan kompyuterni arzonlashtirish xisobiga erishildi. 
Bundan ashqari I8088 ning paydo bo`lishi va keng tarqalishiga sabab shuki, uning 8 razryadli 
ko’plab tashqi qurilmalari mavjudligidadir. I8088 ning 8 razryadli shinalari bu qurilma-larni 
ulash jaryonini ancha engillashtirdi. SHuni ta’kidlash kerakki, I8086, I8088 protsessori bilan 
ishlay oladigan tashqi qurilmalardan bittasi bu matematik soprotsessor I8087 edi. Bu 
soprotsessor ona plataning maxsus “raz’yom” (teshikcha-uyacha)ga ulanar edi. Buning 
natijasida hozirgi zamon Pentium protsessorlarida o’sha davr protsessorlari uchun yozilgan 
barcha matematik dasturlarni (kerakli operatsion tizim mavjud bo’lganda) xech qiyinchiliksiz 
ishlatish imkonini beradi. Ya’ni IEEE-754 standartga asosan suzuvchi vergulli sonlar bilan 
ishlaydigan operatsiyalardan samarali foydalanish imkoniyati paydo bo’di.
Protsessor
(lot. processus — surilish) — elektron mashinaning dastur (programma) da koʻzda 
tutilgan amallar; informatsiyani oʻzgartirish, barcha hisoblash jarayonlarini, hisoblash 
mashinasidagi boshqa qurilmalarning ishini boshqarib turish uchun moʻljallangan markaziy 
qurilmasi. Asosiy qismlari: arifmetikmantiqiy qurilma va boshqarish qurilmasi. 
Arifmetikmantiqiy qurilmada axborot arifmetika va mantiq jihatidan qayta ishlanadi. 
Boshqarish qurilmasi xotiradagi axborotlarni chiqarish tartibini belgilaydi, boshqaruvchi 
signallarni ishlab chiqadi, mashinadagi qurilmalarning ishini uygʻunlashtiradi, dasturni uzish 
signallarini qayta ishlaydi, xotiradagi axborotlarni muhofazalaydi.
Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar ko‘rinishida tayyorlanadi.
Jismonan mikroprotsessor integral sxema ko‘rinishidan iborat, ya’ni u umumiy maydoni atigi 
bir necha kvadrat millimetr keladigan to‘g‘ri burchak shaklga ega kristall holatdagi 
kremniyning yupqa plastinkasi ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lib, ustiga protsessorning barcha 
ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu kristall-plastinka, odatda, 
plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga 
ulash imkoni bo‘lishi uchun metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi. Hisoblash tizimida 
parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar bo‘lishi mumkin. Bunday tizimlar – ko‘p 
protsessorli tizimlar deb ataladi. (7.1-rasm)

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin