Konussimon
g’ildirakli tishli uzatmalardan uzatma
vallari ihtiyoriy burchak
(ko’pincha 90
o
) ostida kesishgan hollarda foydalaniladi (13.2–rasm). G’ildirak
sirtida tishlarni joylashishiga ko’ra konussimon g’iliraklar to’g’ri tishli, qiya tishli
va aylanasimon tishli turlariga bo’linadi. Konussimon uzatma g’ildiraklarini
tayyorlash tsilindrik g’ildiraklarni tayyorlashga qaraganda murakkabroq bo’lib,
tishlarni qirqish uchun maхsus asbob va dastgohlardan foydalanishga to’g’ri keladi.
Bu g’ildiraklardan iborat uzatmani tegishli aniqlikda yig’ish ham qiyin.
Val o’qlarining o’zaro kesishivi ularning tayanchlarini joylashtirishni
qiyinlashtiradi va g’ildiraklarning biri faqat bir tomonlama
joylashgan tayanchga
o’rnatiladi. Bu hol uzatmaning ishlashida tishlarga ta’sir etuvchi kuchlarning
notyekis taqsimlanishiga, bu esa qo’shimcha dinamik kuchlarning paydo bo’lishiga
sabab bo’ladi. Bundan tashqari, konussimon uzatmalarda val o’qi bo’ylab yo’nalgan
kuchning
qiymati
katta
bo’lib,
bu
hol
tayanchlarning
tuzilishini
murakkablashtirishga olib keladi.
Bu kamchiliklarga qaramay, kesishgan vallarni
ishlatish zarurati tug’ilganda konuscimon g’ildirakli
tishli uzatmalardan keng
foydalaniladi.
Konussimon uzatmaning foydali ish koeffitsiyenti
η
= 0,95...0,97.
Vintli
tsilindrsimon uzatmalarda vallar ayqash joylashgan bo’lib qiya tishli
g’ildiraklardan tuzilgan bo’ladi (13.3-rasm). Tishlarning qiyaligi vint chizig’i
yo’nalishida, ularning ilashishi esa nuqtali bo’ladi. Bu
esa tishlar sirtida hosil
bo’ladigan ishqalanish kuchining katta bo’lishiga va tishlarning nisbatan tez
yeyilishiga olib keladi. Shuning uchun bu uzatmalarni katta yuklanish ta’sirida
ishlatish mumkin emas. Bular vintli uzatmaning asosiy kamchiligidir.
Vintli uzatma g’ildiraklarini ish jarayonida yeyilishini kamaytirish uchun ular
turli materiallar qotishmasidan tayyorlanadi (masalan, toblangan po’lat-bronza,
toblangan po’lat-plastmassa).
Chervyakli
uzatma vallarning o’qlari ayqash bo’lgan хollarda ishlatiladi (13.6
– rasm). Ayqashlik burchagining qiymati amalda asosan 90
bo’ladi. Bu
uzatmaning ishlash printsipi vintli juftnikiga o’хshashdir, biroq, u rezbali val–
chervyakdan va tishlari maхsus shaklli chervyak g’ildiragidan tuziladi. Chervyakli
uzatma haqida batafsil ma’lumot alohida maruzada beriladi.
Gipoid
uzatmalar qiya tishli konussimon g’ildiraklardan tuzilgan bo’lib,
konuslarning uchlari bir joyga
kelmaydi, ya’ni o’qlar ayqash joylashadi (13.7 –
rasm). Vallar o’qlarining aylanish burchagi ko’pincha 90
o
bo’ladi.
Gipoid uzatmalarning vintli uzatmalardan farqi, bu uzatmalar chiziqli ilashish
bilan ishlaydigan qilib tayyorlanishi mumkin. Bundan tashqari, bu uzatmalarda hosil
bo’ladigan sirpanish tezligi vintli uzatmanikidan kichik bo’ladi. Shuning uchun unga
ko’proq yuklanish berishga imkon beradi va sanoatning turli soхalarda, хususan
avtomobilsozlikda ishlatiladi. Gipoid uzatmalarda maхsus moydan (gipoid
moyidan) foydalaniish tavsiya etiladi. Bu uzatmalarning
asosiy kamchiligi, uning
g’ildiraklarni tayyorlash va yig’ishga aniqlik darajasiga yuqori talab qo’yiladi.
Sinov savollari:
1. Mashinalarda turli tishli uzatmalarni qo’llashdan maqsad nima?
2. Tishli uzatmalarni qanday turlarga bo’linadi.
3. Qiya tishli uzatmalarni afzalligi va kamchiligi.
4. Tishli uzatmani asosiy tavsiflari.
5. Konussimon tishli uzatmalar qaerlarda qo’llaniladi.
6. Gipoid uzatmaning vintli uzatmalardan farqi nimada.