13 – Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari. Ma'ruza rejasi



Yüklə 39,41 Kb.
səhifə6/13
tarix25.09.2023
ölçüsü39,41 Kb.
#148352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
13-ma`ruza

Global muammolarning mohiyati. «Hozirgi davrning global muammolari» tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy muomala(leksikon) hamda ommaviy ongdan mustahkam o‘rin oldi. Aksariyat hollarda u global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan qo‘llaniladigan atama sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik voqealar tenglashtirilganida, masalan, muayyan bir mamlakatning ijtimoiy muammolarini nazarda tutib, ular «global» deb nomlangan holda duch kelish mumkin.
Falsafada bu vazifani echish uchun tegishli mezonlar belgilangan bo‘lib, ularga muvofiq u yoki bu muammo global deb belgilanadi va shu tariqa bunday xususiyatga ega bo‘lmagan boshqa ko‘p sonli muammolardan farqlanadi. Etimologik jihatdan «global» atamasi, «globallashuv» atamasi kabi, er kurrasi bilan bog‘liq. Ayni shu sababli butun insoniyat manfaatlariga daxldor muammolarni ham, dunyoning turli nuqtalaridagi har bir ayrim insonga tegishli bo‘lgan, ya'ni umuminsoniy xususiyat kasb etadigan muammolarni ham «global» deb nomlash odat tusini olgan. Ular jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining muhim ob'ektiv omili sifatida ayrim mamlakatlar va mintaqalarning rivojlanishiga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatadi. Ularni echish aksariyat davlatlar va tashkilotlarning kuch-g‘ayratini xalqaro darajada birlashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda global muammolarning echilmay qolishi butun insoniyat kelajagi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Global (umumbashariy) muammolar – bu shunday muammolarki, ular o‘z ko‘lami, qamrovi jihatidan xilma-xil va butun er shariga, butun insoniyatning manfaatlariga dahl qiladi, uning kelajagiga xavf soladi hamda ular butun xalqaro hamjamiyatning ishtiroki bilangina hal etilishi mumkin. Global muammolar XX asr mahsulidir va ularning paydo bo‘lishi inson faoliyati bilan bog‘liq. Global muammolar paydo bo‘lishining sababi inson faoliyati bilan bugungi tabiatdagi va jamiyatdagi ahvol o‘rtasidagi qarama-qarshilikning o‘sib borishidir. Global muammolar u yoki bu darajada ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy nuqtai-nazardan ilmiy tahlil etilgan. Ayni vaqtda davrimizning umumbashariy muammolarining falsafiy talqini ham ilmiy adabiyotlarda o‘z ifodasini topmoqda va bu “global muammolar falsafasi” deb nomlanuvchi falsafiy fan tarmog‘i vujudga kelishiga olib keldi.
Global muammolarni falsafiy tahlil qilishda dastavval ularning mohiyati, kelib chiqish sabablari, bartaraf etish yo‘llarining umummetodologik jihatlarini tadqiq etishga e'tibor berilmoqda. Buning uchun falsafaning tarixiylik, mantiqiylik, tizimlilik kabi tamoyillariga tayanilmoqda. Global muammolar insoniyat rivojlanishining natijasi hisoblansa-da, hozirgi zamon sharoitida yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning ham oqibatidir. Global muammolarni kelib chiqishi, chuqurlashib borishi, ko‘lami va hal etilishining murakkabligi jihatlariga ko‘ra uch guruhga ajratish mumkin:

Yüklə 39,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin