13 Amaliy mashg’ulot



Yüklə 124,58 Kb.
səhifə4/5
tarix19.04.2022
ölçüsü124,58 Kb.
#55731
1   2   3   4   5
13 - Amaliy mashg’ulot. Ipak qurtlarini kichik yoshlarda boqish agrotexnikasi (1)

Ikkinchi yoshga o‘tgan qurtlar birmuncha yiriklashib, bosh qismi to‘q jigarrang tusga kiradi, ko‘krak qismi esa oqaradi va teridagi tukchalari siyraklashib, ko‘zga ko‘rinmaydigan holga keladi. Qurtlar birinchi yoshdagiga o‘xshash issiqlik va yorug‘likka talabchan bo‘ladi. Qurtxonadagi harorat 26-27°C, havoning nisbiy namligi 65-75 foizni tashkil etishi lozim.

Ipak qurtlari kislorod bilan nafas olib, karbonat angidrid gazini chiqaradi. Natijada qurtxonalardagi havo o‘zgarib, namlik ortib boradi. Bu esa qurtlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Birinchi, ikkinchi va uchinchi yoshdagi qurtlarni parvarish qilish davrida sof havo bilan ta’minlash uchun qurtxonaning eshik yoki derazasi har 2-3 soatda ochilib, 15-20 daqiqa davomida shamollatiladi. Bunda harorat va namlikning me’yoridan pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Qurtxonadagi harorat va havoning nisbiy namligi psixrometr yordamida o’lchanadi.

Ikkinchi yoshdagi qurtlarga barg tayyorlash birinchi yoshdagiga o‘xshash bo‘lib, tut daraxtidan terib olingan barglar salqin xonada saqlanadi. Ikkinchi yoshning birinchi kunida barg yirikroq qilib to‘g‘rab beriladi. Ikkinchi va uchinchi kunlari esa butun barg yaproqchasi bilan solinadi. Qurtlarning bu yoshi ham 3 kun davom etadi va jami 17-20 kg barg sarflanadi. Ularga bir kunda 8-9 marotaba (shundan 2 marotabasi kechqurun) barg beriladi. Barglar bir tekis solinishi, qurtlari qalinlashib qolgan joylardan bargga chiqqani olinib, o‘z vaqtida siyraklashtirilishi kerak. Ikkinchi yoshning birinchi kunida qurtlar 3 m2joyda turgan bo‘lsa, yosh oxiriga kelib 6 m2 joyni egallashi lozim. Ikkinchi yoshida qurtlar bir marotaba g‘analanadi. Yaxshi parvarish qilingan qurtlar 3-kuni barg yeyishi kamayib, astasekin yangi teri ishlash (uyqu)ga kirishadi. Uxlamagan qurtlarga oz-ozdan barg berib boriladi. Ularning uyqusi bir kun davom etadi. Ikkinchi kuni qurtlar toiiq uyqudan turgach, uchinchi yoshga o‘tadi.

Uchinchi yoshga o‘tgan qurtlar harakatchan bo‘lib, tanasi to‘liq oqaradi va o‘zining haqiqiy rangiga kiradi. Chunki keyingi yoshda qurtlaming rangi o‘zgarmaydi. Birinchi kuni qurtlarga barg yaproqchalari, keyingi kunlarda esa kichik yashil novdachalar beriladi. Bu esa qurtning harakatlanishi va sog‘lom o‘sishiga yordam beradi. Har safar barg berilganda qurtlar siyraklashtirilib, oziqlanish maydoni kengaytirib boriladi va yosh oxirida 12-15 m2 joygayoyiladi.

Bu yoshda qurtlar bir marotaba g‘analanadi.

Ipak qurtining uchinchi yoshi 3 -4 kun davom etib, 60-70 kg barg sarflanadi. Ularga bir kunda 7-8 marotaba (shundan kechasi 2 marotaba) barg beriladi. Bu yoshda beriladigan barglar tut daraxtining pastki (bachki) novdalaridan qirqib tayyorlanadi. Barg, odatda, ertalab quyosh chiqquncha yoki kechqurun tayyorlanadi. Issiq vaqtda kesilgan barg daladan qurtxonaga keltirilguncha so‘liydi va oziqaviylik sifatini yo‘qotadi. Kesib kelingan barg harorati 16-17°C dan yuqori boimagan maxsus salqin xonada saqlanadi. Barg soUb qolmasligi uchun usti hoilangan mato bilan yopib qo‘yiladi.

Uchinchi yoshida qurtxonadagi harorat 26°C, havoning nisbiy namligi 65-70 foiz boiadi. Uchinchi yoshdagi qurtlar bir sutka davomida uxlab turgach, to‘rtinchi yoshga o'tadi.




Yüklə 124,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin