13-ma’ruza: Inson eshitish organlari asosiy patologiyasi Reja



Yüklə 35,25 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü35,25 Kb.
#198763
  1   2   3   4
13-ma\'ruza surdo


13-ma’ruza: Inson eshitish organlari asosiy patologiyasi
Reja:

1. Inson eshitish organlari asosiy patologiyasi


2.Periferik nutq organlari tizimi
3.Periferik nutq organlari xususiyatlari


Tayanch tushuncha va iboralar: nutq apparati, periferik tizim, nutq organlari, nutq organlari fiziologiyasi


Eshitish — odam va hayvonlar organizmining tovush tebranishlarini qabul qilish xususiyati; mexanik, retseptor va nerv tuzilmalaridan tashkil topgan eshitish analizatorlari faoliyati tufayli roʻy beradi. Tovush taʼsirida odamda tovush signallari parametrini aks ettiruvchi E. sezgisi paydo boʻladi; buning natijasida tovush tebranishlari chastotasi tovush balandligi tarzida qabul qilinadi. Organizmlarning E. xususiyati ular evolyutsion rivojlanishi, yashash muhiti va tovush signallarining biologik ahamiyati bilan bogʻliq (qarang Bioakustika). Evolyutsiya jarayonida E. sistemasi dastlab hasharotlarda, keyinroq barcha umurtqalilarda paydo boʻlgan. E. sut emizuvchilarda ayniqsa yaxshi rivojlangan. Tovush tebranishlari tashqi E. yoʻli (tashqi quloq) orqali oʻtib, nogʻora pardani tebratadi. Tebranishlar oʻrta quloqdagi suyakchalar orqali ichki quloq suyuqligi (perilimfa va endolimfa)ga oʻtadi. Paydo boʻlgan gidromexanik tebranishlar chigʻanoq toʻsigʻi (asosiy, yaʼni bazilyar membrana)ni va unda joylashgan retseptor apparat (Korti organi)ni tebratadi. Bazilyar membrananing mexanik xususiyati uning uzunligi boʻylab bir xil boʻlmaydi: yuqori chastotali tebranishlar bazilyar membrananing ichki quloq chigʻanogʻi asosida, past chastotali tebranishlar esa uning uchki qismida maksimal amplitudaga ega boʻlgan tebranishlarni paydo qiladi. Shunday qilib, Korti organida tovush tebranishlari mexanik energiyasi retseptorlarni qoʻzgʻatadi, qoʻzgʻalish retseptorlardan E. nervlari tolalariga beriladi. Nervlarda paydo boʻlgan bioelektr potensiallar E. sistemasi markazi boʻlimiga oʻtkaziladi. E. signallari faqat havo orqali emas, balki kalla suyaklari orqali ham ichki quloqqa oʻtkazilishi mumkin.
Eshitish. sezgirligi Eshitishning.ning absolyut chegarasi orqali baholanadi. Bu chegara tovushning E. mumkin boʻlgan minimal intensivligi ditsibal (db) hisobida belgilanadi. Qabul qilinadigan tovush tebranishlari chastotasi diapazoni Eshitish egri chizigʻi, gers yoki kilogers bilan ifodalanadi. Odam 10—20 gs dan 20 kgs gacha boʻlgan tovush tebranishlarini qabul qiladi, 10 gs dan past tebranishli tovushlar uzluksiz tovush tarzida qabul qilinmaydi. Odamda E.ning eng quyi chegarasi 1—3 kgs chastotaga teng. Juda yuqori tebranishli tovush toʻlqinlari — shovqin (mas, 140 db ogʻriq paydo qiladi; 150 db tovushga odam chiday olmaydi). Har xil hayvonlar turli diapazondagi tovush toʻlqinlarini (mas, hasharotlar 0,2 kgs — 500 kgs, baliqlar 50—100 gs — 3—5 kgs, delfinlar 100 gs —200 kgs) qabul qiladi. Umurtqali hayvonlardan qushlarning E. sezgirligi sudralib yuruvchilarnikidan, sut emizuvchilarniki qushlar va sudralib yuruvchilarnikidan yuqori boʻladi.
Tovushni farqlash imkoniyati differensial chegara, yaʼni E. mumkin boʻlgan tovush oʻzgarishining minimal chegarasi (intensivligi yoki chastotasi) bilan belgilanadi. Odamda tovushni farqlash differensial chegarasi (oʻrtacha diapazonda) intensivlik boʻyicha 0,3—0,7 db, chastota boʻyicha 2— 8 gs ga teng. Tovush signallari kuchayishi bilan tovushni farqlash ham kuchayadi, uning differensial chegarasi esa kamayib boradi. Bunday holat nutq signallari va musiqa ohanglarini qabul qilishda ham namoyon boʻladi. Odamni musiqa ohanglari absolyut balandligini aniqlay olish qobiliyati absolyut E. deyiladi.

Yüklə 35,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin