72
Hozirgi paytda sanoatda ultratovushli sath o‘lchagichlari keng tarqalmoqda. Bu asboblar boshqa
asboblarga
nisbatan kontaktsizlik, yuqori aniqlik, kichik inersionlik,
katta chegarada va agressiv
suyuqliklarda ishlatilishi kabi bir qator muhim afzalliklarga ega. Ammo o‘lchash sxemalarining
murakkabligi, shuningdek, etarli darajada ishonchli bo‘lmaganligi sababli,
bu asboblar boshqa
qurilmalardan foydalanish mumkin bo‘lmagandagina ishlatiladi.
Ultratovushli sath o‘lchagichlarining ishlash prinsipi
suyuqlik, gaz (havo) chegarasidan tovush
to‘lqinlarining qaytish prinsipiga asoslangan. Ultratovush impulsining havo va o‘lchanayotgan muhit
(suyuqlik) chegarasi sirtidan qaytish kattaliklari akustik qarshilikning keskin farqi natijasida sodir
bo‘ladi. 13-rasmda ultratovushli sath o‘lchagichning strukturaviy sxemasi
ko‘rsatilgan.
Impuls ultratovushli tebranishlar generatori 1 dan nurlatgich 2
orqali
sathi o‘lchanayotgan sig‘imga uzatiladi. Ultratovush go‘lqinlar o‘lchanayotgan
muhitda tarqaladi va suyuqlik-havo chegarasidan qaytadi. Qaytgan to‘lqinlar
muhitdan teskari yo‘nalishda o‘tadi, nurlatgich 2 ga o‘xshash ultratovush
tebranishlar qabul qilgichi 3 ga keladi, u
erdan ultratovushli impuls
kuchaytirgich 4, vaqt oralig‘ini hisoblaydigan qurilma 5 va o‘lchash asbobi
(potensiometr) 6 ga keladi.
Suyuqlik sathi o‘lchash impulsining yuborilishi va qaytishi orasidagi τ
vaqt bo‘yicha aniqlanadi, ya’ni
C
H
2
(21)
bu erda, H – suyuqlik sathi; C – suyuqlikda ultratovushning tarqalish tezligi.
Vaqt o‘lchagichda olinadigan akslangan (qaytgan) signalning kechikish vaqtiga mutanosib
bo‘lgan o‘zgarmas kuchlanish shkalasi sath birliklarida darajalangan potensiometrga beriladi.
Nurlatgich
sifatida bariy titanat, pezokvars, magnitostriksion elementlar ishlatiladi. Ko‘pincha
ultratovushli tebranishlarni yuboradigan va qabul qiladigan asbob sifatida bir qurilmadan
foydalaniladi. Bu qurilma o‘lchash jarayonining boshida
nurlatgich vazifasini bajarib, impuls
yuborilganidan so‘ng qabul qilgich sifatida ishlaydi.
Ultratovushli sath o‘lchagichlar 45 mm dan bir necha o‘n metrgacha o‘lchash diapazoniga ega.
Ulchanayotgan muhit harorati -50 °C dan +200 °C gacha etishi mumkin. Yo‘l qo‘yiladigan asosiy
xatolik ±2,5 %.
Dostları ilə paylaş: