Tovarlarni hisobga olish operatsiyalarini o‘tkazish
uchun
O‘lchanadigan muhitning xarakteri va ishlash prinsipiga ko‘ra sathni o‘lchash asboblari quyidagi guruhlarga bo‘linadi: vizual; qalqovichli; gidrostatik; elektrik (sig‘imli, aktiv qarashliklarning o‘zgarishiga muvofiq va induktivli); radioizotopli; ultratovushli; radioto‘lqinli; termokonduktometrli; vaznli va boshqalar. SHularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
SATH O‘LCHASHNING VIZUAL VOSITALARI SHuni alohida ta’kidlash mumkinki, mazkur o‘lchash vositalariga o‘lchov chizg‘ichlari, reykalar, lotli ruletkalar (silindirik sterokenli) va sath o‘lchovchi shishalar (oxirgisi ko‘roq qo‘llaniladi) kiradi. Sathni sath o‘lchovchi shishalar yordamida o‘lchash tutash idishlar qonuniga asoslangan.
63
Sath o‘lchagich shishaning prinsipial sxemasini ko‘rib chiqamiz (eng keng tarqalganligi sababli). Sxema 1–rasmda keltirilgan. Ko‘rsatkich shisha 1 armatura yordamida idishning pastki va ustki qismlari bilan birlashtiriadi. 1 trubkadagi suyuqlik
meniskining holatini kuzatib idishdagi suyuqlik sathining
holati haqida fikr yuritiladi. Rezervuardagi va shisha trubka
(nay) dagi suyuqlik teyaturalari farqiga bog‘liq bo‘lgan
qo‘shimcha xatolikni bartaraf etish uchun o‘lchashdan avval
sath o‘lchagich shishalar yuviladi. Bu vazifani ventil 2
bajaradi. Mexanik mustahkamligi past bo‘lganligi sababli sath
o‘lchagich shishalarni uzunligi 0.5 m ortiq bo‘lmaydi.
SHuning uchun, rezervuarlarda sathni o‘lchash uchun
ularda bir–birini to‘ldirib turuvchi bir nechta sath o‘lchagich shishalar o‘rnatiladi. Sath o‘lchagich shishalar 3 MPa bosimgacha va 300 0C haroratgacha qo‘llaniladi. Sathni sath o‘lchagich shishalar bilan o‘lchashning absalyut xatoligi ±(1 – 2) mm.
1–rasm. Texnologik apparatlarda ko‘rsatkich shishalarni o‘rnatish sxemasi Qoida bo‘yicha inson kuzatayotgan qurilmalarda qo‘llaniladi.