Tarix falsafasi ontologiyasi – bu tarix falsafasining tarixiy borliq muammolari, chunonchi: tarixning mazmuni va yo‘nalishi, ijtimoiy taraqqiyot, ijtimoiy determinizm, yagona tarixiy makonning vujudga kelishi, jahon tarixining yagonaligi asoslarini, insonning koinotdagi o‘rnini aniqlash, tarixiy vaqt masalasi va hokazolarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi tarkibiy qismi.
Tarix falsafasi gnoseologiyasi
Tarix falsafasi gnoseologiyasi - asosiy e'tiborni tarixiy bilish muammolariga, tarixiy faktlar va voqyealarni o‘rganish, tahlil qilish va tushuntirish, tarixiy bilimning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, shuningdek tarixiy bilishda haqiqatning tagiga yetishga qaratadi.
Tarix falsafasi antropologiyasi
Tarix falsafasi antropologiyasi - insonning tarixiy jarayondagi o‘rnini, bu jarayonda tarix sub'ektlarining rolini aniqlaydi va «Tarixni kim harakatga keltiradi?», degan savolga javob beradi.
Tarix falsafasining funksiyasi
Tarix falsafasining dunyoqarashga doir funksiyasi;
Tarix falsafasining nazariy funksiyasi;
Tarix falsafasining metodologik funksiyasi;
Tarix falsafasining prognostik funksiyasi;
formatsion va sivilizatsion yondashuvlar
Tarixiy jarayon mantig‘i va yo‘nalishini tushuntirishga nisbatan ikki asosiy yondashuv: formatsion va sivilizatsion yondashuvlar mavjud.
Formatsion yondashuv tarixni monistik, universalistik tushunishga asoslanadi. U jahon tarixini ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar olinma-ketin almashuvidan iborat yagona, chiziqli-hujumkor tabiiy-tarixiy jarayon sifatida talqin qiladi.
Fоrmatsiоn taraqqiyot – ijtimоiy – iqtisоdiy fоrmatsiyalar taraqqiyoti.