Yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olishga.
Ipoteka krediti quyidagi muddatlarga beriladi:
a) Jamg‘arma kredit yo‘nalishi mablag‘lari hisobidan:
1) oila a’zolari yashashiga mo‘ljallangan uy-joy qurilishi va ko‘p kvartirali uylardagi kvartira yoki yakka tartibda qurilgan uylarni sotib olish uchun 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga;
2) yakka tartibda qurilgan uylarni qayta qurish (rekonstruksiya qilish) uchun 5 yilgacha muddatga;
b)bankning o‘z mablag‘lari va boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisobidan:
1)oila a’zolari yashashiga mo‘ljallangan uy-joy qurilishi va ko‘p kvartirali uylardagi kvartira yoki yakka tartibda qurilgan uylarni sotib olish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 10 yilgacha muddatga;
2)yakka tartibda qurilgan uylarni qayta qurish (rekonstruksiya qilish) uchun 5 yilgacha muddatga.
3) yosh oilalarga beriladigan kreditlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga.
Bank tomonidan beriladigan kreditning miqdori quyidagicha belgilanadi:
a)qayta quriladigan (rekonstruksiya) uy-joy yoki sotib olinadigan kvartira uchun – 2500 eng kam oylik ish haqi miqdorigacha;
b)yakka tartibda uy-joy qurish va sotib olish uchun 3000 eng kam oylik ish haqi miqdorigacha.
Shu bilan birga taqdim etiladigan kreditning miqdori quriladigan, sotib olinadigan hamda qayta quriladigan (rekonstruksiya) uy-joy yoki sotib olinadigan kvartira qiymatining 75 foizidan oshmasligi lozim.
Yosh oila a’zolari (er yoki xotin)ning ish beruvchisi bo‘lgan yuridik shaxslar yosh oila tomonidan olinadigan uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olishga ipoteka krediti uchun dastlabki badalni bankka o‘tkazishlari mumkin.
Bunda, badal summasi o‘sha oila a’zosi (eri yoki xotini)ning qaysi biri nomiga ipoteka krediti rasmiylashtiriladigan bo‘lsa, uning nomiga bankda ochilgan jamg‘arma omonat hisobvarag‘iga ish beruvchi tomonidan o‘tkaziladi.
Revolver krediti o'zi nima? Qayta tiklanadigan va har uch oyda toʼliq qoplash harti asosida oʼn ikki oy muddatga ajratiladigan kredit.revolver kredit qayta tiklanadigan kredit liniyasi bo‘lib, aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun muntazam to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida ochiladi. Revolver kreditlash tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanishlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Revolver kreditlash uchun qayta tiklanadigan kredit liniyasi bir yilgacha bo‘lgan muddatga ochiladi.
Revolver kreditlari qonun hujjatlariga muvofiq bir yoki bir nechta ta’minot turlari bilan ta’minlangan bo‘lishi mumkin. Revolver kreditlarning qaytarilishi ta’minoti bo‘lib muomaladagi tovarlar ham xizmat qilishi mumkin.
Bunda qarz oluvchi tomonidan muomaladagi tovarlarni yo‘qolish (nobud bo‘lish), kamomad chiqishi yoki zararlanish xatarlaridan kredit liniyasi hamda unga hisoblangan foizlarning umumiy summasidan kam bo‘lmagan miqdorda o‘z hisobidan sug‘urtalashi, Shuningdek ushbu kredit bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilgunga qadar sug‘urta muddati uzaytirilishi lozim.
Tijorat banklari revolver kreditlari berishni Shartnoma asosida amalga oshiradilar. Revolver kreditlari uchun foiz stavkasi miqdori tomonlarning keliShuviga ko‘ra kredit Shartnomasida belgilanadi.
Revolver kreditlarini berish faqat ilgari olingan kreditlar va hisoblangan foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmagan hollardagina amalga oshiriladi.
Zarar ko‘rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega bo‘lgan qarz oluvchilarga kreditlar ajratilmaydi, ilgari berilgan kreditlar esa Shartnomada ko‘zda tutilgan tartibda muddatidan oldin undirib olinadi. Bu qoida kredit Shartnomasida qayd etilgan bo‘lishi kerak.
Revolver kreditini olish uchun birinchi marta murojaat qilishda qarz oluvchi kredit buyurtmasi bilan birga bankka quyidagi hujjatlarni (kredit hujjatlari yig‘ma jildini ) taqdim qiladi:
pul oqimlari majburiy tartibda ko‘rsatiladigan biznes-reja;
qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), Shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot
Kreditning qaytarilmasligi xatarini oldini olish maqsadida qarz oluvchi tomonidan garovga muomaladagi tovarlar taqdim etilganda muomaladagi tovarlar 0,5 tuzatish koeffitsiyentini qo‘llagan holda baholash qiymati bo‘yicha garovga qabul qilinadi.
Qarz oluvchi va bank o‘rtasida qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda muomaladagi tovarlarni garovga qo‘yish to‘g‘risida garov Shartnomasi tuziladi.
Garov Shartnomasida bankning muomaladagi tovarlarni sotishdan qarz oluvchining barcha depozit hisobvaraqlariga kelib tushayotgan mablag‘larni birinchi navbatda akseptsiz tartibda muddatida qaytarilmagan kredit hamda hisoblangan, ammo muddatida to‘lanmagan foizlar to‘loviga yo‘naltirishga qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa haqli ekanligi qayd etilishi shart.
Kredit Shartnomasi tuzilgunga qadar bankning kredit siyosatiga muvofiq belgilangan tartiblarga muvofiq bank tomonidan kredit hujjatlari yig‘ma jildi qarz oluvchining kreditga layoqatligi, likvidliligi, kredit tarixi, uning rahbarining nufuzi (uning ilgarigi ish joyi, malakasi, ilgari olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlanganligi) tahlil qilinadi.
Revolver krediti berish haqida qaror qabul qilingan taqdirda bank bilan qarz oluvchi o‘rtasida kredit Shartnomasi tuziladi.
Kredit Shartnomasida boshqa majburiy shartlardan tashqari quyidagi shartlar ham qayd etilishi lozim:
kredit liniyasi limitining summasi;
kredit bo‘yicha amaldagi qarzdorlikka hisoblanadigan foiz stavkasi miqdori va foizlarni to‘lash muddatlari;
kreditni o‘z vaqtida qaytarmaganlik uchun qo‘shilgan penyalar summasi;
Revolver kreditlarini muddati o‘tgan (90 kundan ortiq) kreditorlik qarzdorligiga ega bo‘lgan korxonalarga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Revolver kreditlari alohida ssuda hisobvarag‘idan ochilgan kredit liniyasi limiti doirasida qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari asosida to‘lovlarni amalga oshirish yo‘li bilan ajratiladi.
Revolver kreditlashni qayta tiklash kredit Shartnomasi shartlari qarz oluvchi tomonidan to‘liq ijro etilgan taqdirda uning to‘lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tijorat banklari Shartnomaning butun amal qilish davri mobaynida kreditdan foydalanishning doimiy monitoringini amalga oshiradilar.
Monitoring jarayonida qarz oluvchining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, uning tuzilgan Shartnomalarga (buyurtmalarga) muvofiq holda mahsulot yetkazib berishga oid majburiyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish hajmlari, noishlab chiqarish xarajatlari, foydasi, o‘z aylanma mablag‘larining mavjudligi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zaxiralari holati, aylanma mablag‘larning aylanishi tahlil qilinadi. Bank qarz oluvchining ko‘rsatkichlarini qarz oluvchining kredit hujjatlari yig‘ma jildida tizimlashtirgan holda kreditga layoqatliligini doimiy monitoring qiladi.
Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda bank revolver kreditning maqsadga muvofiq holda foydalanilmagan qismini qarz oluvchining hisobvaraqlaridan kredit Shartnomasida nazarda tutilgan hollarda akseptsiz tartibda muddatidan oldin undirib olishga haqlidir.
Revolver kreditni va uning hisoblangan foizlarini to‘lash qarz oluvchi tomonidan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan to‘lov topshiriqnomalari asosida amalga oshiriladi.
Qarz oluvchi tomonidan revolver kredit bo‘yicha qarzni qaytarish uchun o‘tkazilgan summa, to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan to‘lov maqsadidan qat’i nazar, bank tomonidan quyidagi navbatda yo‘naltiriladi:
a) penya to‘lovlariga;
b) muddati o‘tgan foizlar to‘loviga;
v) jadvalga muvofiq foizlar to‘loviga;
g) kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikni qoplashga;
d) jadvalga muvofiq kredit bo‘yicha qarzni qoplashga.
Qarz oluvchi revolver kredit bo‘yicha asosiy qarz va hisoblangan foizlarni kredit Shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda to‘lamasa, bank muddati o‘tgan qarzdorlik va hisoblangan foizlarni kredit Shartnomasida nazarda tutilgan hollarda qarz oluvchining asosiy va ikkilamchi depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lar hisobidan akseptsiz tartibda undirib olishga haqlidir.
Bank qarz oluvchini uning hisobvaraqlaridagi mablag‘lar akseptsiz tartibda olib qo‘yilganligi haqida uch bank ish kuni mobaynida yozma ravishda xabardor qiladi.
4.Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan( AV №1509 2005 yil 20 avgust) sinditsiyalashtirilgan kredit — bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash;
yirik investitsiya loyihasi — umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasi;
bank sindikati — sinditsiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan ortiq banklar o‘rtasida o‘zaro keliShuv;
etakchi bank — sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan va zimmasiga ishtirokchi-banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas’uliyati yuklatilgan qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank;
ishtirokchi bank — sinditsiyalashtirilgan kredit berishda qatnaShuvchi bank.
Sinditsiyalashgan kreditlar faqat yuridik shaxslarga beriladi.Tijorat banklari tomonidan sinditsiyalashtirilgan kreditlash qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida amalga oshiriladi.Sinditsiyalashtirilgan kreditni berish qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o‘rtasida tuziladigan kredit Shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sinditsiyalashtirilgan kredit berish muddati yirik investitsiya loyihalarini qoplanish muddatiga bog‘liq holda kredit Shartnomasida belgilanadi.Sinditsiyalashtirilgan kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori sinditsiyalashtirilgan kredit to‘g‘risidagi keliShuv shartlariga ko‘ra qarz oluvchi va ishtirokchi banklar o‘rtasida tuziladigan kredit Shartnomasi asosida belgilanadi.Zarar ko‘rib ishlovchi, nolikvid balansga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga hamda samarasiz investitsiya loyihalarini taqdim qilgan xo‘jalik sub’ektlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlar berilmaydi. Sinditsiyalashtirilgan kredit olgandan keyin moliyaviy ahvoli yomonlashgan qarzdordan berilgan kreditlar o‘rnatilgan tartibda muddatidan avval undirib olish chora-tadbirlari ko‘rilishi lozim. Bu qoida kredit Shartnomasida albatta qayd etilgan bo‘lishi kerak.
Qarz oluvchi o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yirik kredit berishni so‘rab murojaat qilganidan keyin, bank kreditlash uchun lozim bo‘lgan standart tadbirlarni: o‘zining ichki kredit siyosatiga mos ravishda mijozning kreditga qobiliyatliligi tahlilini, biznes-rejasi tahlilini, kredit qaytarilishini ta’minlanganligi tahlilini va boshqalarni amalga oshiradi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirishning mumkinligi to‘g‘risida kredit qo‘mitasi qaror qabul qilgan taqdirda, bank bir vaqtning o‘zida ushbu bitimga boshqa banklarni (keyingi matnda — ishtirokchi banklar) jalb etish hamda sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashkilotchisi (bundan keyingi matnda — yetakchi bank) sifatida bank sindikatini tashkil etish haqida qaror qabul qiladi.
Ishtirokchi banklarni ushbu bitimga jalb etish va bank sindikatini tashkil etish to‘g‘risida yetakchi bank kredit qo‘mitasi qaror qabul qilinganidan keyin, yetakchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlashda ishtirok etish xohishini bildirgan banklarni aniqlaydi va ularga sindikatda qatnashish taklifi bilan birga tayyorlangan qarz oluvchi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi. Shundan keyin yetakchi bank ishtirokchi banklar bilan investitsiya loyihasi bo‘yicha barcha kredit hujjatlarini taqdim etadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar bank siri hisoblanadi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni berishga xorijiy banklar va boshqa xorijiy moliyaviy institutlar jalb etilishi mumkin. Bu holda sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish xorijiy banklar va moliyaviy institutlar bilan tuzilgan bitimlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ishtirokchi banklar bilan muzokaralar boshlangunga qadar yetakchi bank tomonidan bankning ichki kredit siyosati bilan belgilangan tartibda kredit paketini tahlili asosida barcha kredit hujjatlari hamda ishtirokchi banklar o‘rtasida tuziladigan investitsiya loyihasini birgalikda kreditlash borasidagi o‘zaro keliShuv loyihasi tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Yetakchi bank ishtirokchi banklarga taklif yo‘llashdan oldin qarz oluvchi haqidagi ma’lumotlarni Banklararo kredit byurosi ma’lumotlari bilan solishtirishi lozim.
Kredit Shartnomasining yakuniy variantini ishlab chiqish va imzolash faqatgina yetakchi bank va ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsiya loyihasini sinditsiyalashtirilgan kreditlash to‘g‘risida o‘zaro bitim tuzilgandan keyin amalga oshiriladi.
Ishtirokchi banklar o‘rtasida mazkur investitsion loyihani birgalikda kreditlash borasida bitim imzolangandan keyin bank sindikati tuzilgan hisoblanadi va ushbu bitimni imzolagan barcha ishtirokchi banklar o‘zlariga sinditsiyalashtirilgan kreditlash borasida majburiyat olgan hisoblanadilar.
Bank sindikati tuzilgandan keyin ushbu bitimdan chiqish, ya’ni sinditsiyalashgan kredit berish borasidagi kredit Shartnomasini imzolashdan bosh tortilgan taqdirda ishtirokchi bank qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa ishtirokchi banklar oldida boy berilgan foydani qoplab berish borasida javobgar bo‘ladi.
Yirik investitsiya loyihasi uchun sinditsiyalashtirilgan kredit olish uchun, qarz oluvchi yetakchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
kredit buyurtmasi;
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi;
qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tuShumlari (pul oqimi) taxmini albatta ko‘rsatilgan biznes-reja;
qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash maqsadida oxirgi 3 yillik hisobot davri uchun tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilgan buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno;
mazkur ko‘rsatib o‘tilgan ta’minot shakllaridan birini;
yetakchi bankning kreditlashni tashkil etishga doir ichki qoidalarida ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlar.
Olingan kreditni qaytaraolmaslik xatarining oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va erkin sotilish talablariga javob beradigan ta’minotga ega bo‘lishi kerak. Qarz oluvchi bankka quyidagi ta’minot turlarini taqdim etish huquqiga ega:
mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;
bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
uchinchi shaxsning kafilligi;
sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytaraolmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.
Yirik investitsion loyihani moliyalashtirish maqsadida xorijiy bank yoki boshqa moliyaviy institutlar ishtirokida sinditsiyalashtirilayotgan kredit amalga oshirilayotgan bo‘lsa, kreditni qaytarish majburiyatining ta’minoti sifatida hukumat kafolati taqdim etilishi mumkin.
Ta’minot turlaridan biri kreditni qaytarish ta’minoti sifatida ishtirokchi banklar talab qilayotgan summani qoplash uchun yetishmasa, qarz oluvchi yetakchi bank roziligi bilan uning yetishmayotgan qismini qoplash uchun qo‘shimcha ravishda ta’minot turlarining biri yoki bir nechtasini bir-birini to‘ldirishi asosida taqdim etishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining «Garov to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, muomaladan chiqarilgan buyumlardan tashqari, har qanday mulk, Shu jumladan, buyumlar va mulkiy huquqlar (talablar), qimmatli qog‘ozlar (ishtirokchi banklar emitent bo‘lgan qimmatli qog‘ozlardan tashqari) va boshqalar garov predmeti bo‘lishi mumkin. Bunda garov Shartnomasi bir tomondan qarz oluvchi va ikkinchi tomondan ishtirokchi banklar tomonidan imzolanadigan shaklda tuziladi.
Kafolat Fuqarolik kodeksining 299-moddasiga muvofiq kafolat beruvchining yetakchi va ishtirokchi banklar oldidagi yozma majburiyati shaklida rasmiylashtiriladi. Yozma majburiyat yetakchi bankda saqlanadi.
Kafillik Fuqarolik kodeksining 292-moddasiga muvofiq, yetakchi va ishtirokchi banklar — benifitsiarlar foydasiga kafil, yetakchi, ishtirokchi banklar va qarz oluvchi tomonidan imzolanadigan yozma shakldagi kafillik Shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Yetakchi bank ishtirokchi banklar bilan kelishgan holda ularga eng qulay bo‘lgan ta’minot shaklini tanlash huquqiga ega.
Bunda yetakchi bank ishtirokchi banklar bilan birgalikda tavsiya etilayotgan ta’minot turini tahlil qilishi shart. Jumladan, garov taqdim etilgan taqdirda, yetakchi bank garov sifatida taklif etilayotgan mulkni qarz oluvchi hamda ishtirokchi banklar vakillari ishtirokida birgalikda baholashi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziyaga ega bo‘lgan baholovchi tashkilotni jalb etgan holda baholashni amalga oshirishi mumkin. Kafolat, sug‘urta yoki uchinchi shaxsning kafilligi taqdim etilgan taqdirda, yetakchi bank kafolat beruvchining, sug‘urta kompaniyasining yoki qarz oluvchiga kafil bo‘layotgan shaxsning moliyaviy ahvolini batafsil tahlil qilishi va o‘z xulosasini ishtirokchi banklarga ma’lum etishi lozim.
Bank sindikati kredit jildidagi barcha hujjatlarni ko‘rib chiqib kredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilganidan, yetakchi va har bir ishtirokchi bankning sinditsiyalashtirilgan kreditdagi ulushi aniqlangandan keyin, yetakchi va ishtirokchi banklar va qarz oluvchi o‘rtasida kredit Shartnomasi imzolanadi.
Kredit Shartnomasida kreditning umumiy summasi, maqsadi, foiz stavkasi, muddati, har bir ishtirokchi bank tomonidan ajratiladigan kredit miqdori, kredit maqsadsiz ishlatilganligi aniqlanganda ishtirokchi banklar tomonidan ko‘riladigan jazo choralari va jarimalar, kredit Shartnomada belgilangan muddatlarda ajratilmagan hollarda ishtirokchi banklarga nisbatan qo‘llaniladigan jarima miqdori va boshqalar belgilangan bo‘lishi shart.
Kredit yig‘ma jildi yetakchi bankda yuritiladi va unda saqlanadi. Kredit yig‘ma jildining nusxasi har bir ishtirokchi bankda saqlanadi.
Ishtirokchi banklar tomonidan qarz oluvchi bilan sinditsiyalashtirilgan kredit berish to‘g‘risida kredit Shartnomasi tuzilgandan so‘ng, ishtirokchi bankning ichki tartibida belgilangan tarzda tegishli mas’ul xodimi tomonidan buxgalteriyaga kreditning miqdori, muddati va foiz stavkasini ko‘rsatgan holda, ssuda hisob raqamini ochish to‘g‘risida farmoyish beradi.
Sinditsiyalashtirilgan kredit hisobidan investitsion loyihalarni moliyalashtirish har bir ishtirokchi bank tomonidan Markaziy bankning Adliya vazirligida 2000 yilning 2 martida 906-raqam bilan davlat ro‘yxatiga olingan «O’zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» asosida barcha zarur loyiha-smeta va boshqa hujjatlar nusxalari yetakchi bankka taqdim etilgandan keyin boshlanadi.
Ishtirokchi banklar va qarz oluvchi o‘rtasida kredit Shartnomasi tuzilgandan so‘ng, har bir ishtirokchi bank sinditsiyalashtirilgan kreditlash to‘g‘risidagi keliShuvda qayd etilgan shartlar asosida qarz oluvchiga o‘z bankida belgilangan tartibda alohida ssuda hisobvarag‘i ochadi.
Ishtirokchi banklar tomonidan kreditlashni amalga oshirish kredit Shartnomasida belgilangan maqsadlar va muddatlarda har bir ishtirokchi bank uchun belgilangan kalendar muddatida qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari asosida tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun ssuda hisobvarag‘idan naqd pulsiz shaklda to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditning summasi har bir ishtirokchi bank balansida, uning tomonidan berilgan kredit miqdoriga teng ulushda aks ettiriladi.
Har bir ishtirokchi bank tomonidan berilgan sinditsiyalashtirilgan kredit ushbu bank balansida kredit muddatiga qarab mos ravishda quyidagi balans hisob raqamlarida olib boriladi:
12700 «Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar» va 15100 «Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar»;
12900 «Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar» va 15300 «Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar»;
13100 «Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar» va 15500 «Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar».
Alohida ssuda hisobvaraqlari bo‘yicha berilgan kreditlar kredit bo‘limi xodimining ko‘rsatmasi asosida muddatli majburiyatnomalar shaklida rasmiylashtiriladi va ular kreditlash muddatlariga qarab, kreditlar to‘la qaytarilguniga qadar 91901 — «Qarz oluvchilarning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari» va 91905 — «Qarz oluvchining uzoq muddatli kreditlar va lizinglar bo‘yicha majburiyatlari» nomli ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
Qaytarish muddatlari pul oqimining kelib tushish istiqboliga qarab, bir necha bosqichda qoplanishini ko‘zda tutuvchi jadval shaklida taqdim etilishi mumkin.
Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchining pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, kredit muddati o‘tgan ssudalar hisobvarag‘i orqali undirib olishga taqdim etiladi, u bo‘yicha muddatli majburiyatnomalar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi va qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi.
Yetakchi bank tomonidan qarz oluvchining kreditni qaytarish qobiliyatini, berilgan kreditdan maqsadli foydalanishi va garov holati yoki kafilning moliyaviy holati bo‘yicha kreditdan foydalanishning butun muddati davomida monitoring amalga oshiriladi. Ushbu monitoring ishtirokchi banklar talabi asosida, ular ishtirokida yoki kredit Shartnomasida belgilangan tartibda har bir ishtirokchi bank tomonidan mustaqil amalga oshirilishi mumkin.
Monitoring jarayonida yetakchi bank va har bir ishtirokchi bank tomonidan qarzdorning xo‘jalik-moliyaviy faoliyati, uning tomonidan tuzilgan Shartnomalarga (buyurtmalarga) muvofiq mahsulot yetkazib berish majburiyatlarini bajarilishi, ishlab chiqarish hajmlari, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlar, muomala chiqimlari, foyda, o‘z aylanma mablag‘larining mavjudligi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zaxiralari ahvoli, aylanma mablag‘larning aylanishi, barcha bank hisobvaraqlaridagi harakatlarni tahlil qiladi va ushbu ko‘rsatkichlarni qarzdorning kredit yig‘majildida umumlashtirib boradi.
Bankka taqdim etilgan garovning holati va kreditdan samarali hamda maqsadli foydalanishi kredit Shartnomasida kelishilgan shartlarga muvofiq joyiga chiqib o‘rganiladi.
Qurilishni moliyalashtirish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha yetakchi va ishtirokchi banklar monitoring jarayonida kreditlangan ob’ektda bajarilgan ishlar hajmini nazorat o‘lchovini kredit Shartnomasida qayd etilgan muddatlar va shartlar asosida amalga oshiradi.
Monitoring natijalari yetakchi bank tomonidan ishtirokchi banklarga hamda ishtirokchi banklar tomonidan boshqa sindikat a’zolariga sinditsiyalashtirilgan kredit haqidagi keliShuvda belgilangan muddatlarda yuboriladi.
Monitoring sifati va muammoli kreditlarni o‘z vaqtida aniqlanishi bo‘yicha javobgarlik har bir ishtirokchi bank zimmasida bo‘ladi.
Monitoringni amalga oshirish bank sindikati kelushivida yoki kredit Shartnomasida yetakchi bank zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunda monitoring sifati va muammoli kreditlarni o‘z vaqtida aniqlash borasidagi javobgarlik yetakchi bank zimmasida bo‘ladi.
Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanganlik holati aniqlanganda, ishtirokchi banklar yoki yetakchi bank kredit Shartnomasida belgilangan tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega.
Sinditsiyalashtirilgan kredit bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lanmagan hisoblangan foizlarni undirish va kreditni qaytarish yetakchi va ishtirokchi banklar tomonidan ularning mazkur kredit umumiy summasidagi ulushiga mos holda qarzdorning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ida mavjud mablag‘lar hisobidan, kredit Shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda undiriladi.
Hisoblangan foizlar va kredit qoldig‘i bo‘yicha barcha majburiyatlarini bajarish uchun qarz oluvchining mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda kredit uchun hisoblangan foizlar va kredit qarzi qoldig‘ini to‘lash bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni qaytarish Fuqarolik kodeksining 784-moddasiga muvofiq belgilangan navbat tartibida amalga oshiriladi.
Yetakchi bank tomonidan muammoli kreditni paydo bo‘lishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar boshqa ishtirokchi-banklar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Yetakchi bank, uning tomonidan kreditlash jarayonini noto‘g‘ri tashkil etilishi va uning natijasida zarar ko‘rilishiga olib keladigan quyidagi harakatlar bo‘yicha javobgar bo‘ladi: kredit hujjatlarini noto‘g‘ri rasmiylashtirish, yuzaki monitoring o‘tkazish, ishtirokchi banklarga kredit qaytarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar borligi haqida ma’lum qilmaslik, qarz oluvchining depozit hisobraqamida mablag‘lari bo‘lgan taqdirda, kreditlarni qaytarish uchun mablag‘larni o‘z vaqtida o‘tkazmaganlik yoki umuman o‘tkazmaganlik va h. k.
Qarzdorning to‘lovga layoqatsizligi tufayli kreditni va uning foizlarini o‘z vaqtida to‘lay olmaganligi uchun mas’uliyat sinditsiyalashtirilgan kredit to‘g‘risidagi keliShuv asosida barcha ishtirokchi banklar zimmasida bo‘ladi.
Yetakchi bank mazkur bitimni tashkil etish paytidagi bevosita va qo‘shimcha vaqt va mablag‘ sarflarini qoplashi uchun qarz oluvchidan vositachilik haqi undirish huquqiga ega. Vositachilik haqi miqdori sinditsiyalashtirilgan kreditlash haqidagi keliShuvda va kredit Shartnomasida nazarda tutiladi.
Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni kredit Shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, yetakchi bank boshqa ishtirokchi banklar bilan kelishilgan holda Fuqarolik kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq sudga murojaat qilmasdan, undirishni mustaqil ravishda garov predmetiga qaratishga haqlidir.
Garovga qo‘yilgan mulkni sotishdan tushgan mablag‘ summasi barcha hisoblab yozilgan foizlar va kredit qarzi qoldig‘ini qoplash uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda u ishtirokchi banklar o‘rtasida ularning mazkur sinditsiyalashtirilgan kredit bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘idagi ulushiga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Sinditsiyalashtirilgan kreditni qaytarilishini ta’minlashning boshqa shakllarida ham ishtirokchi banklar talablarini qondirish xuddi shu tartibda amalga oshiriladi.
Ishtirokchi banklar sinditsiyalashtirilgan kredit bo‘yicha qarz oluvchining to‘lovga qobiliyatlilik darajasida muammolar paydo bo‘lganligi aniqlangan taqdirda ehtimolli yo‘qotishlarni qoplash uchun Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (AV №2696, 2015 yil 14 iyul) muvofiq sinditsiyalashtirilgan kreditdagi ulushi hajmida zaxiralar yaratishga majburdirlar.