13-mavzu. Aylanma jismlar. Silindr, konus, shar. Reja


- Teorema. Urinma tekislik shar bilan faqat bitta umumiy nuqtaga – urinish nuqtasiga ega. 4- Teorema



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/3
tarix02.01.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#42171
1   2   3
13-mavzu. Aylanma jismlar. Silindr, konus, shar. Reja

3- Teorema. Urinma tekislik shar bilan faqat bitta umumiy nuqtaga – urinish nuqtasiga ega.

4- Teorema. Shar sirtidagi istalgan nuqtadan cheksiz ko‘p urinma o‘tadi, ularning hammasi sharning urinma tekisligida yotadi.

12-chizma

(2-4 teoremalarni isboti talabalarga mustaqil ish qilib beriladi)
Sfera tenglamasi.

Sfera deb, fazoning berilgan nuqtasidan baravar uzoqlikda joylashgan nuqtalar to‘plamiga aytiladi. Sfera tenglamasini tuzamiz. Sferaning markazi A(a, b, c) nuqtada, radiusi esa R bo‘lsin (13-chizma). Sferaning nuqtalari fazoning shunday nuqtalaridan, bu nuqtadan A nuqtagacha masofa R ga teng. Sferaning ixtiyoriy (x, y, z) nuqtasidan A nuqtagacha masofaning kvadrati



ga teng. Shuning uchun sferaning tenglamasi ko‘rinishga ega. Sferaning markazi koordinatalar boshi bo‘lsa, sferaning tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.

Ikkita sferaning kesishgan chizig‘i aylanadan iborat bo‘ladi. Buni isbot qilish ham mumkin.

13-chizma

Aylanma jism va aylanma sirt

haqida tushuncha.

B iror to‘g‘ri chiziqni yoki egri chiziqni bir to‘g‘ri chiziq atrofida aylantirishdan aylanma sirt hosil bo‘ladi.

Agar aylanma sirtni o‘q deb ataluvchi to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar bo‘lgan parallel ikkita tekislik bilan kessak aylanma sirt va doira bilan chegaralangan aylanma jism hosil bo‘ladi (14- chizma).

- aylanma jismning o‘qi, jismning egri sirti aylanma sirt deyiladi.


Aylanma sirt parallel tekisliklar bilan kesilsa, kesim doiralardan iborat

bo‘ladi.



Savol va topshiriqlar:
1. Aylanma jismlarga qanday jismlar kiradi?

2. Silindr, konus, sharlarning ta’rifini ayting.



3. Fazoviy figuralarning tеkislikdagi tasvirini ko’rsating.
Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin