13-mavzu. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning o‘rni va ularning xalqaro harakatini tartibga solish


Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar harakatini tartibga solishning mazmuni, zarurligi va ahamiyati



Yüklə 65,76 Kb.
səhifə8/9
tarix06.06.2023
ölçüsü65,76 Kb.
#125704
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13-ma\'ruza

13.6. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar harakatini tartibga solishning mazmuni, zarurligi va ahamiyati
Jahon amaliyotida xalqaro kapitallar harakatini tartibga solishning milliy va xalqaro usullari qo‘llaniladi.
Xalqaro kapitallar harakati jarayonining muhim xususiyatlaridan biri mazkur jarayonga davlatning faol aralashuvidir. Bunda davlat quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
tartibga solish;
nazorat qilish;
rag‘batlantirish.
Jahon amaliyotida xalqaro kapitallar harakatini davlat tomonidan tartibga solishda muayyan ziddiyatlar mavjud. Jumladan, mamlakatlar, bir tomondan, xalqaro kapital harakati yo‘lidagi mavjud cheklovlarni bartaraf etishga harakat qilishsa, boshqa tomondan, halqaro kapital harakatini cheklash choralarini ko‘rishadi.
Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, mamlakatdan kapitalning chetga chiqib ketishi xorijiy kapitalning kirib kelishiga qaraganda kamroq darajada tartibga solinadi.
Xalqaro kapital harakatini davlat tomonidan tartibga solishda milliy qonunlar, qarorlar va ma’muriy cheklovlar asosiy o‘rin egallaydi. SHunisi e’tiborliki, ko‘pchilik sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarda (masalan, AQSH, Germaniya, Frantsiya va Buyuk Britaniya) xorijiy investitsiyalarni tartibga solish bo‘yicha maxsus qonunlar yoki kodekslar qabul qilinmagan. Biroq boshqa mamlakatlarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ulardan foydalanishga oid maxsus milliy qonunlar qabul qilingan va amal qilmoqda.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish vazifalarini hal qilishda milliy qonunchilikka xorijiy investorlar uchun qulay milliy rejimni shakllantirish haqidagi nizomlar kiritiladi. Milliy rejimda norezidentlar uchun xo‘jalik faoliyatini yuritish borasidagi shart-sharoitlar rezidentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan yomon bo‘lmasligi kerak. Ushbu qoida muhim ahamiyatga ega. Milliy rejim – xo‘jalik yuritish faoliyatining minimal sharoitlari bo‘lib, bu minimum sharoitlar xorijiy investorlar uchun yomonlashib, pasayib ketmasligi kerak.



Yüklə 65,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin