13-mavzu: Transport tarmoqlari. Reja


-jadval. Raqamli iyerarxiya tezligi



Yüklə 416,13 Kb.
səhifə2/11
tarix12.01.2023
ölçüsü416,13 Kb.
#79043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8-ma\'ruza (1)

13.1-jadval. Raqamli iyerarxiya tezligi







Amerika

CCITT (Yevropa)

Tezlikni belgila- nishi

Ovozli kanal-lar soni

Kanal-lar soni

Tezlik, Mbit/s

Ovozli kanal- lar soni

Avvalgi darajadagi kanallar soni

Tezlik, Mbit/s

DS-0

1

1

64
Kbit/s

1

1

64
Kbit/s

DS-1

24 T1

24

1,544

30 E1

30

2,048

DS-2

96 T2

4

6,312

120 E2

4

8,488

DS-3

672 T3

7

44,736

480 E3

4

34,368

DS-4

4032 T4

6

274,176

1920 E4

4

139,264


PDH tizimlarining kamchiliklari. PDH tizimlarining kamchiliklarini ko’rib chiqamiz:

  • plezioxron raqamli iyerarxiya tizimlarining uzatish tezliklari 2048, 8448, 34368, 139264 kbit/sga teng;

  • birinchi va boshqa sathdagi raqamli oqimlarni birlashtirishda tezliklarni sozlash uchun qo’shimcha bitlar qo’llaniladi. Bunday multipleksorlash ko’p kanalli yuqori tezlikli signallarni hosil qilishni qiyinlashtiradi;

  • PDH tizimlarida yuqori tezlikli raqamli oqimdan past tezlikli raqamli oqimni to’g’ridan-to’g’ri ajratib olish imkoni yo’q. Buning uchun liniya signalini bir necha bor o’zgartirish kerak. Bularni amalga oshirish uchun bir qancha multipleksorlar to’plami kerak bo’ladi. Bu esa, o’z navbatda, tizimni ekspluatasiya qilishni, xizmat ko’rsatishini qiyinlashtiradi va uzatiladigan axborot sifatiga ta’sir ko’rsatadi.

  • raqamli kommutasiya uchun kerakli bo’lgan sinxronizasiya birinchi satxdagi signallardagina bajariladi, yuqori satxdagi raqamli signallar sinxron emas;

  • PDH tizimlari turli tipdagi kabellar, acosan mis o’tkazgichli kabellarni qo’llash uchun mo’ljallangan. Liniya traktidagi uzatish tezligi va kodlar, kabelning ishlash shartini belgilaydi. Bu parametrlar standartlashmagan va turli ishlab chiqaruvchilarda turlichadir;

  • tizimda ko’pgina o’zgartirishlar (bloklarni o’zgartirishlar yoki yoqib ulashlar) qo’l yordamida amalga oshiriladi;

  • boshqaruv va nazorat qilish qiyin, buning uchun qo’shimcha boshqaruv tarmog’i va tizimni tashkil qilish kerak.

PDHning yana bir asosiy kamchiligi, tarmoqni avtomatik nazorat qilish va boshqaruvning deyarli yo’qligi. Bularsiz yuqori sifatli xizmat ko’rsatuvchi ishonchli tarmoqni tashkil qilish mumkin yemas. PDHda uncha katta bo’lmagan xajmda bunday vositalar mavjud, lekin ular standartlashmagan. Shu sababli xar xil ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan nazorat va boshqaruv tizimlari bir-biri bilan chiqisha olmaydi.
Telekommunikasiya tarmoqlarida foydalaniladigan raqamli uzatish tizimlari ma'lum iyerarxiya asosida tashkil qilinadi, u quyidagi asosiy talablarni qanoatlantirishi kerak:

  • analog, diskret va raqamli signallarning barcha turlarini RUTning kanallari va taktlari orqali uzatilishini;

  • signallarga iyerarxiyaning turli bosqichlarida ishlov berish va ularni uzatish tezligining tegishli karraliligini;

  • uzatilayotgan raqamli oqimlarni eng oddiy holda birlashtirish, bo’laklarga bo’lish, ajratib olish va tranzitlashning mumkinligini;

  • RUT ning parametrlarini mavjud bo'lgan va kelajakda bo'ladigan yo’naltiruvchi tizimlarning tavsiflarini hisobga olgan holda tanlanishini; 

  • Bir turdagi ma’lumotlarning signallari uzatilayotganda RUT ning o'tkazish qobilyatidan eng yaxshi holda foydalanish kerakligini.

RUT iyerarxiyasining shakllanishi komponentlar deb ataluvchi past tartibli raqamli oqimlarni yagona raqamli oqimga birlashishi asosida amalga oshadi, buni guruhli yoki agregat raqamli oqim deyiladi.
RUT (raqamli uzatish tizimlari)ning iyerarxiya usulida tuzilishi, kanal hosil qiluvchi qurilmalarni takomillash-tirish, tayyorlash jarayonini engillashtirish, texnikasidan foydalanuvchi qurilmalarni yaratish imkonini beradi.
Hozirgi paytda RUTlarning uch iyerarxiya turi keng tar-qalgan: Yevropa, Shimoliy Amerika va Yaponiya. Yevropa iyerarxiyasi IKM-30 turidagi birlamchi raqamli uzatish tizimlariga asoslangan. Bunda analog-raqamli qurilma har birining o’tkazuvchanlik qobiliyati 64 kbit/s ga teng bo’lgan 30 ta kanalni shakllantiradi. 
Plezioxron raqamli iyerarxiya (PRI) tezliklarning uch standartini o’z ichiga oladi. Shimoliy Amerika standarti deb ataluvchi birinchi standartda (AQSh va Kanadada qabul qilingan) BRO (birlamchi raqamli oqim) (yoki Digital of Level 1) tezligi 1544 kbit/s ga teng qilib tanlangan.

13.1-rasm. RUT iyerarxiyasining turlari.

Yüklə 416,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin