13-Mavzu: turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyati (4 S). Reja



Yüklə 122,15 Kb.
səhifə1/19
tarix13.12.2023
ölçüsü122,15 Kb.
#175582
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
13-Mavzu turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyati (4 S). -fayllar.org


13-Mavzu: turli yosh davrlarida o’zlashtirish xususiyati (4 S). Reja

13-Mavzu: TURLI YOSH DAVRLARIDA O’ZLASHTIRISH XUSUSIYATI (4 S).
REJA :
  1. Ontogenezning ilk bosqichlari va psixik rivojlanish.


  2. Maktabgacha yosh davrida o’qish faoliyatiga tayyorlash.


  3. Kichik maktab yosh davrida psixik va intellectual taraqqiyot.


  4. O’smirlik va o’spirinlik davrlarida o’qish va o’zlashtirish.




Tayanch tushunchalar: Yosh davrlari, ontogenez, bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik, yetuklik, rivojlasnih xususiyatlari, ijtimoiy munosabatlar, xususiyat.
Psixologiya fanining bir qator tarmoqlari, sohalari mavjud. Ular orasida Yosh davrlari psixologiyasi alohida ahamiyatga ega. psixik rivojlanish, Yosh davrlari psixologiyasi shuningdek, bolalik, o‘smirlik, o‘spirinlik va yetuklik davrida shaxs taraqqiyotining xususiyatlarini o‘rganadi. Juda ko‘p fundamental tadqiqotlar o‘tkazilganligiga qaramay bugungi kunda inson psixikasini uning butun hayotiy yo‘li bosqichlarida rivojlasnihi xususiyatlarini yaxlit holda tavsiflashga erishilmagan.
Yosh davrlari psixologiyasi har bir yosh davrining qaytarilmas xususiyatlarini, yillar o‘tgan sari, asta-sekinlik bilan bola qanday qilib inson bo‘lib shakllanishi, shaxs sifatida o‘zini ijtimoiy munosabatlarda namoyon qilishi, kasb tanlashi, muloqot jarayonida o‘zining erk, huquq va majburiyatlariga intilishi, qanday qilib sevishi, ishonchli do‘st bo‘lib tarkib topishi, o‘zi va boshqalar uchun ma’suliyatni his qilishi kabi jihatlarni tadqiq etadi.
CHaqaloqlik davrining psixologik xususiyatlari
Bolaning ona qornidata o‘sish davri onaning organizmiga uzviy bog‘liq holda kechadi. CHaqaloqning barcha hayotiy funksiyalari -ovqatlanish, nafas olish, nafas chiqarish, havo haroratining o‘zgarishiga va atmosferadagi moddalar almashinuviga moslashish va hokazolar onaning organizmi orqali amalga oshadi.
CHaqaloqning tug‘ilishi sifat o‘zgarish daqiqasi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ko‘rinishi boshlanadigan nuqta ekanligi bilan muhim ahamiyatga egadir. SHuning uchun tug‘ilish tabiatning chaqaloq organizmiga kuchli, larzaga keltiruvchi mo‘jizasidir. Bunda ona qornidagi barqaror muhitda yashagan jonzot favqulodda yangi sharoitga, son-sanoqsiz xossa va xususiyatlarga ega bo‘lgan quzg‘ovchilar doirasiga tushadi. Avval chaqaloq organizmining ona organizmidan ajralishi sodir bo‘lib, ijtimoiy-tabiiy sharoitlarga moslashuvi boshlanadi. Uning murg‘ak organizmida tub o‘zgarishlar ro‘y beradi, unda yangi sharoitlarga ko‘nikish davri kurashlar ostida o‘tadi. CHaqaloq organizmi miqdor va sifat o‘zgarishlariga, tashqi olamniig qarshiligiga, ta’siriga, tazyiqiga duch keladi; fazo, vaqt va harakat muammolari mutlaqo boshqacha tarzda uning bosh miya katta yarim sharlari po‘stida aks eta boshlaydi.
CHaqaloqda ona organizmi bilan anatomik, morfologik va konstitutsion bog‘liqlik davri tugagan bo‘lsada, biroq u dastlabki daqiqalardan boshlaboq mustaqil yashay olmaydi, onaga fiziologik jihatdan tobeligacha qolaveradi. CHaqaloq yashashi uchun organizmi talab qiladigan ovqat, oqsillar mazkur o‘sish pallasida ona suti orqali borib turadi. Bola onaning qornida mo‘‘tadil haroratda, oziq etarli darajadagi sharoitda, hatto, organizmning funksional holati ham ona organizmiga bevosita bog‘liq holda yashagan bo‘lsa, tug‘ilishi bilanoq birdaniga yangi, murakkab, qiyin sharoitga tushib qoladi.
Tug‘ilgan chaqaloq havo bo‘shlig‘i va havoning bosimiga duch kelishi sababli tabiiy talabga ko‘ra, uning nafas olishi va nafas chiqarishi o‘zgaradi. Salqin, havo oqimiga tushishi bilan haroratning ta’siriga moslashish uchun harakat qiladi. Unda ovqatlanish usuli va vositasi ham o‘zgaradi, ya’ni plansentar oziqlanish (ona organizmidan bevosita qonga moddalar so‘rilishi)dan oral oziqlanish (ovqat og‘iz bo‘shlig‘i orqali me’da-ichakka borishi)ga o‘tadi.
CHaqaloq hayvonlarning bolalariga qaraganda, himoyaga muhtojroq, nochorroq bo‘lib tug‘iladi. Tug‘ilish arafasida unda nasliy yo‘l bilan mustahkamlangan ayrim mexanizmlar, shartsiz reflekslar paydo bo‘ladiki, bular yangi hayot sharoitiga moslashishni birmuncha engillashtiradi.
CHaqaloq tug‘ilganda uning ovqatlanish reflekslari ma’lum darajada shakllangan: asosan, so‘rish, emish reflekslari o‘z vazifasini ado etishga tayyor bo‘ladi. CHaqaloqning labiga va tilining shilimshiq pardasiga biror qo‘zg‘atuvchi tegishi bilan unda ixtiyorsiz ravishda so‘lak ajrala boshlaydi. Ona ko‘kragini emishda uning boshqa har qanday harakatlari sekinlashadi yoki mutlaqo to‘xtaydi. Psixologlar M.P.Denisova va N.L.Figurin chaqaloqlardagi mazkur jarayonni chuqur tadqiq qilib, "ovqatga yo‘nalish" reaksiyasi deb atadilar. I.P.Pavlov ta’biricha, bunda shartsiz reflekslar vujudga kelib, u idrok qilinadigan narsaga idrok qiluvchi organni qo‘zg‘atuvchi eng qulay yo‘nalishda aks etadi. Natijada emish mexanizmining ta’siridagi xatti-harakatlar qisman yoki butunlay tormozlanadi.
CHaqaloqning yangi sharoitda yashashini ta’minlovchi asosiy omil tug‘ilishda unda vujudga kelgan tabiiy mexanizmlardir. U tashqi sharoit va muhitga moslashish imkonini beradigan, nisbatan etilgan nerv sistemasi bilan tug‘iladi. Tug‘ilganidan boshlab mazkur reflekslar organizmda qon aylanishi, nafas olish hamda nafas chiqarishni ta’minlaydi.
Birinchi kundanoq kuchli qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan ko‘zni qisish, pirpiratish, uning qorachig‘ini kengaytirish yoki toraytirish mexanizmlari ishlay boshlaydi. Bu reflekslarni himoya reflekslari deyiladi.
CHaqalokda himoya reflekslaridan tashqari, qo‘zg‘atuvchilar bilan aloqa o‘rnatishga xizmat qiladigan reflekslar ham bo‘ladi. Bularni orientir reflekslari deb ataladi. CHaqaloqlarni kuzatishlarda ikki-uch kunlik bola xonaga quyosh nuri tushishi bilan boshini yorug‘lik tomonga burishi, chaqaloqxonaga asta kirib kelayotgan nur manbaini ham sezishi yaqqol ko‘rinadi.
YUqorida aytilgan reflekslardan tashqari, bolada bir nechta tug‘ma tabiiy reflekslar ham uchraydi: emish refleksi og‘ziga tushgan narsani so‘rishda o‘z ifodasini topsa, qo‘l kaftiga biror narsaning tegishi ushlash, chang solish reaksiyasini vujudga keltiradi. O‘zidan narsani itarish, uzoqlashtirish refleksi mavjudligini ko‘rsatadi va bu hol tovonga qandaydir jism tegishi bilan uni o‘zidan uzoqlashtirishda namoyon bo‘ladi.
Psixolog V.S.Muxinaning fikricha, chaqalokda tug‘ilishiga qadar ham shartsiz reflekslar bo‘lishi, unga homilalik paytidayoq o‘z qo‘lini so‘rish imkonini yaratadi.
SHarq allomalarining fikricha, chaqalokda tug‘ma reaksiyalarning boshqa guruhi ham mavjud bo‘lib, beshik tebratilganda chaqaloqning yig‘idan to‘xtashi, ixtiyorsiz harakati sekinlashuvi shundan dalolat beradi. Qadim zamonlardan beri beshik, so‘rg‘ich va hokazolardan chaqaloqni yupatishning, uning ixtiyorsiz harakatini to‘xtatishning, diqqatini ovqatga va favqulodda holatga to‘plashning muhim vositasi sifatida foydalaniladi.
Qator tug‘ma-tabiiy reaksiyalar chaqaloq hayoti uchun juda muhimdir. Ana shu shartsiz reflekslar tufayli u yangi, o‘ng‘aysiz sharoitga ko‘nikib boradi va o‘z yashash tarzini mavjud yo‘nalishga uyg‘unlashtiradi. Uning yangi muhitda ovqatlanishi va nafas olishi ana shu reflekslarning bevosita funksiyasi hisoblanadi. Bola tug‘ilgunicha undagi barcha jarayonlar onaning organizmi orqali amalga oshgan bo‘lsa, tug‘ilganidan keyin mutlaqo boshqacha tarzda amalga osha boshlaydi. Masalan, o‘pka bilan nafas olish, oral (og‘iz, ichak, oshqozon kabi biologik organlar orqali) ovqatlanish vujudga keladi. Buni psixologiyada reflektor moslashish deb ataladi.
Muskul sistemasining ishtirokida nafas olishning ritmli harakatlari amalga oshadi. Bu jarayon ovqatlanish, emish (so‘rish) reflekslari yordamida vujudga keladi. CHaqaloqning tug‘ma reflekslari dastlabki paytlarda nomutanosib ishlashi sababli u tez-tez qalqib ketadi, jismonan darrov toliqadi (tez uyquga ketadi yoki uyg‘onadi). CHaqaloqning butun faoliyati, faolligi organizmni oziq bilan ta’minlashga, to‘yishga yo‘nalgan bo‘ladi. Organizmniig termoregulyasiyasi ham alohida ahamiyat kasb etib, bolani o‘zgaruvchan mikromuhitga tobora moslashtirib boradi.
CHaqaloqlik davri insonning kamol topishida xulq-atvorning tug‘ma-instinktiv ko‘rinishlari: nafas olish, ovqatlanish, haroratdan ta’sirlanish va hokazolar sof holda namoyon bo‘lishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur organik (moddiy) ehtiyojlar chaqaloq uchun psixik o‘sishning negizi vazifasini o‘tay olmaydi, ammo ular birgalikda uning yashashini ta’minlaydi.
Psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, qator tug‘ma reflekslar bolaning o‘sishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etmasa ham, uning tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ishtirok qiladi. Bularga ativistik belgilar, tirmashish, sudralish, emaklash kabi nasliy reflekslar kiradi va ayrim reflekslar (tirmashish, chang solish) borgan sari susayib boradi. CHaqaloqqa ushlash, o‘zini tutish reflekslarining paydo bo‘lishi unga fazoda to‘g‘ri harakat qilishga imkon yaratadi. Tom ma’nodagi sudralish – bolaning narsalarga qo‘l cho‘zishidan boshlab, oldinga intilishida ko‘rinadi. Bu jarayon keyinchalik yanada taraqqiy eta boshlaydi.
Tug‘ilishga yaqin chaqaloqqa quloq va ko‘z mexanizmlari o‘z vazifasini o‘tashga tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari, unda qator himoya va orientir reflekslari (o‘ta yorug‘likka qarash natijasida ko‘zni pirpiratish. boshini olib qochish, burish, kuchli tovushdan cho‘chish kabilar) ham mavjud bo‘ladi. Ammo chaqalokda "ko‘rish" va "eshitish" apparatlari orqali o‘z diqqatini biror ob’ektga to‘plash imkoni bo‘lmaydi. CHunki ob’ektni tanish, tovushni ajratish, sezish imkoniyati bolada keyinchalik vujudga keladi.
CHaqaloq uchun tug‘ma mexanizmlar yangi sharoitga moslashish (ko‘nikish) uchun kifoya qilmaydi. SHu boisdan uni parvarishlashda qo‘shimcha tarbiyaviy tadbirlar qo‘llanmasa, chaqaloq o‘sishdan orqada qolishi mumkin.
CHaqaloq ona qornidagi yashash sharoitidan atmosferada hayot kechirishga o‘tgan dastlabki paytlarda uning uyqu va uyqusizlik holatlari o‘rtasida keskin chegara bo‘lmaydi.
Tug‘ilgan chaqaloqning vazni tez kamaya boradi. Buning sababi undan suyuqlik moddasining chiqib ketishi, vaznsizlik holatidan atmosfera bosimiga, quyosh nuriga, turli xususiyatli moddalar ta’siriga, o‘zgaruvchan havo haroratiga moslashish davrida ko‘p kuch-quvvat sarflanishidir. Bu davrning kechishida chaqaloqlarning ham individual, ham jismoniy tafovutlari ko‘zga tashlanadi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay chaqaloq vaznining kamayishi tabiiy ravishda to‘xtaydi va uning yangi muhitga moslashishi boshlanadi. Kindik tushish davri organizmda keskin o‘zgarishlar yuz berish pallasi hisoblanib, murg‘ak organning mustaqil yashayotganidan dalolat beradi. CHaqaloqning oldingi vazniga etish davri hayotining birinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri keladi.
CHaqaloq organizmining anatomik-fiziologik, morfologik tuzilishi bo‘yicha boshqa yoshdagi odamlarnikidan farqi kam rivojlangani, zaifligi, ish qobiliyatining kuchsizligidir. Uning suyak sistemasi, pay-muskullari va tog‘ay to‘qimalarining o‘sishi katta yoshdagi kishilarnikidan ham sur’at, ham sifat jihatdan farqlanadi. CHaqaloqdagi muskullarning takomillashishi harakat negizini vujudga keltiradi; shu bilan birga har bir biologik organning mustaqil harakati va faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi. Bolada bo‘yin muskullarining o‘sishi bo‘ynini tutishga olib kelsa, tana muskullarining rivojlanishi kattalar yordamida ag‘anash imkonini, qo‘l va oyoq muskullarining etilishi esa jismoniy harakat qilishi, jismlarga qo‘l cho‘zishi uchun sharoit yaratadi.
CHaqaloqning anatomik-fiziologik tuzilishini tahlil qilsak, uning suyak sistemasida ohak moddasi va har xil tuzlar etishmasligining guvohi bo‘lamiz. SHu sababli suyak funksiyasini ko‘proq tog‘ay to‘qimalari bajaradi. Bosh suyaklari bolaning ikki oyligida o‘zaro qo‘shilib ketadi. Bosh suyakning peshona va tepa qismlari o‘rtasida liqildoq deb ataladigan qalin parda va teri bilan qoplangan oraliq mavjud bo‘ladi. U bola bir yoshdan oshgandan keyin suyak bilan qoplanib boradi, lekin u haqiqiy suyak bo‘lmaydi.

Yüklə 122,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin