9-sinf
1. 1,3,5,7 ... qator xususiy yig’indisini hisoblash dasturini tuzing
2. Ekranga Pifagor kvadratini ko’paytirish jadvalini chiqarish dasturini tuzing.
3. Beshning darajalar jadjalini chiqaruvchi dastur tuzing.
4.Tomonlari mos ravishda a,b,c bo’lgan ixtiyoriy uchburchakning yuzini Geron formulasi bilan hisoblash dasturini tuzing.
5.Quyidagi ketma-ketlikning n ta hadi yig`indisini hisoblash dasturini tuzing.1*2*3,3*4*5,5*6*7,…
6. N natural son berilgan. N soni raqamlaridan hosil qilingan va N dan katta sonlarning eng kichigini aniqlovchi dastur tuzing.
(Masalan: N=132 uchun 123, 213, 231, 312, 321 sonlari hosil qilinadi. Ulardan 1237. O’ramdagi avtobus chiptalari 000001 dan 999999 gacha raqamlangan. Ekranga barcha “omadli” chiptalar raqamlari (bir necha ustunlarda) va ularning sonini chiqaruvchi dastur tuzing. Dastlabki uchta raqamlari yig’indisi keyingi uchta raqamlari yig’indisiga teng bo’lgan chiptalar “omadli” chipta hisoblanadi.
9-sinf
1. Tomonlari mos ravishda a,b,c bo’lgan ixtiyoriy uchburchakning yuzini Geron formulasi bilan hisoblash dasturini tuzing.
2. Ikki guruh o’quvchilari rus tili fanidan nazorat ishi yozdilar. Har bir guruh o’quvchilar to’plagan o’rtacha balni hisoblang va qaysi guruh yozma ishni yuqoriroq bahoga yozganligini aniqlang. Guruhlardagi o’quvchilar soni va har bir o’quvchi olgan baholar klaviaturadan kiritilsin.
3. Berilgan nuqtani uchining koordinatalari ma’lum bo’lgan kesmada yotish yoki yotmasligini aniqlovchi dastur tuzing.
4. Berilgan gapdagi barcha “a” simvollarini “u” ga almashtiring. “a” va “u” simvollar klaviaturadan kiritiladi.
5.10,1+11,2+12,3+13,4+……… quyidagi yig`indining qiymati berilgan A sondan ortiq bo`ladigan, eng kichik hadini toping. (Izoh: A=30 kiritilganda, 10,1+11,2+12,3=33,6 yig`indining 3-hadi qo`shilganda ortadi. Natija eng kichik hadi: 3 ga teng.)
6.N natural son va S[1..N] massiv berilgan. Massivning eng katta va eng kichik elementlari yig`indisining natural bo`luvchilarini topuvchi dastur tuzing. (Izoh: N=4 kiritilganda, S[1]=48, S[2]=28, S[3]=12, S[4]=31 massivning eng katta elementi 48, eng kichik elementi 12 ga teng. Yig`indi 48+12=60 ning natural bo`luvchilari. Natija 60: 1,2,3,4,5,6,10,12,15,20,30,60)
7. Berilgan satrdan unli harflar va ularning sonini topish dasturini tuzish talab etilgan. (Izoh: S= “Kompyuter hozirgi kunning zarur buyumiga aylangan” satr kiritilganda, takrorlangan unli harflar bir marta hisoblanadi. Natija Unli harflar: a, e, i, o, u Soni: 5 ga teng.)