13-вариант Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorlardan korxonadagi ayrim tushunmovchiliklarni hal qilish maqsadida quyidagi masalalar yuzasidan maslahat va amaliy tavsiyalar berish so’raldi:
Yuridik shaxslardan olinadigan er solig’ini kimlar to’lamaydi?
mulkchilik shakli va bo‘ysunuvidan qati nazar, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot muassasalari o‘z zimmalaridagi vazifalarni bajarish maqsadida ajratilgan yer uchastkalari uchun
nogironlarning jamoat tashkilotlari, bu tashkilotlarning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari, basharti, ulardagi jami ishlovchilarning kamida 50 foizini nogironlar tashkil etsa;
kam sonli xalqlar va etnik guruhlar yashaydigan joylarda an’anaviy hunarmandchilik va xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar – qishloq xo‘jaligidan bo‘lak maqsadlar yo‘lida foydalanadigan yer uchastkalari uchun;
“Vatanparvar” mudofaa jamiyati, “Orol” fondi, boshqa ekologiya hamda xayriya fondlari, diniy tashkilotlar, ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalaridan tashqari;
kam sonli xalqlar va etnik guruhlar yashaydigan joylarda an’anaviy hunarmandchilik va xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar – qishloq xo‘jaligidan bo‘lak maqsadlar yo‘lida foydalanadigan yer uchastkalari uchun;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran ikki yil davomida.
2.Er uchastkasidan birgalikda foydalanilganda korxonalardan olinadigan er solig’ini kimlar to’laydi?
O‘z mulkida, egaligida va foydalanishida yer uchastkalariga ega bo‘lgan birlashmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, chet el yuridik shaxslari, ularning tashkilotlari, bo‘linmalari va filiallari, shu jumladan qo‘shma korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan filiallari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yer solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi.
3. Er uchastkalarini ijaraga olganlar ijara haqidan tashqari er solig’ini ham to’lashlari lozimmi?
Imtiyozlarni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar er uchastkasi joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu imtiyozlarga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi. (batafsil qarang: Yer solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar)
Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasini jismoniy shaxslarga imzo qo‘ydirib yoki to‘lov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiradi.
Ijaradagi yerlarga ijarachi bilan kelishuvga qarab to’lanadi
4. Toshkent shahrining 2-zonasida joylashgan umumiy maydoni 2200 kv.m bo’lgan 2 qavatli binoning ikki nafar egasi bor: biriga 1800 kv.m (81,8 %); ikkinchisiga - 400 kv.m (18,2 %) maydon tegishli. Ushbu holda er solig’ining summasi qanchaga teng bo’ladi?
5. O’z.Res. norezidenti respublikada er uchastkasi bilan birga mulk xarid qiladi. U er solig’ini to’lashi lozimmi? Albatda to’lash lozim
Talab qilinadi: Yuqoridagi masalalar bo’yicha auditorlar tomonidan korxonaga qanday maslahat yoki tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozimligini izohlang.