1,3,5,7,9,11 - kunduzgi guruhlar uchu YaN savollari:
1 - mavzu. Fanni o’qitish maqsadlari. Kinematika asoslari. Fizika fanining texnika va boshqa tabiiy fanlar bilan aloqasi va bu fanlar rivojidagi ahamiyati. Texnika va texnologiya rivojlanishining fizika fani rivojiga ta’siri. Fizika va matematika fanlari aloqadorligi. Mexanika haqida umumiy ma’lumot. Koordinatalar tizimi. Fazo va geometriya. Vektor kattaliklarni ularning koordinatalari orqali ifodalash. Koordinatalar va vektorlarning proeksiyalarini almashtirish. Fizik masalalarga tatbiq etilishda hosila va integralning ma’nosi haqida. Kinematika elementlari. Fizik modellar: moddiy nuqta (zarra yoki korpuskulyar), moddiy nuqtalar tizimi, absolyut qattiq jism, yaxlit muhit. Fizika fanining predmeti va uslublari. Yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish. Zamonaviy fizika fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari va muammolari. Materiya va uning namoyon bo‘lish shakllari. Modda, maydon va fizik vakuum tushunchalari.
Nuqtaning to‘g‘ri chiziqli harakati. Nuqtaning aylana bo‘ylab harakati. Burchakli tezlik va tezlanish vektorlari. Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish. Normal, urinma(tangensial) va to‘la tezlanish. Aylanma va ilgarilanma harakatning kinematik xarakteristikalari orasidagi bog‘lanish.