14- ma’ruza Yo‘l xo‘jaligida telematik tizimlar (4 soat) Maqsad



Yüklə 67,56 Kb.
səhifə1/2
tarix06.04.2023
ölçüsü67,56 Kb.
#94158
  1   2
11, 12-маъруза-АТда Ахб — 4 соат




14- ma’ruza


Yo‘l xo‘jaligida telematik tizimlar (4 soat)


Maqsad: Yo‘l xo‘jaligidagi telematik tizimlarni qo‘llashdan maqsad va asosiy vazifalari, yo‘l qurilish mashinalarining joylashuvini aniqlashni avtomatik nazorat qilish texnologiyasi ish faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish.


Reja:
14.1. Yo‘l holati nazoratini ta’minlashda ITT quyi tizimlari.

    1. Yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish aspektlari.



Kalit so‘zlar: Yo‘l ekspluatatsiya korxonalari (YEK), yo‘l meteonazorati, ITT quyi tizimlari, WEB- va NET-texnologiyalar, WEB-servislar.


14.1. Yo‘l holati nazoratini ta’minlashda ITT quyi tizimlari.
Mamlakatning yo‘l xo‘jaligi – bu umumiy yo‘llar va muhandislik inshootlarini o‘z ichiga olgan yagona ishlab chiqarish majmuasi. Avtomobil yo‘llari mamlakat transport tizimining muhim qismidir.
Mintaqa rayonlarini va turli mintaqa aholi punktlarining o‘zaro aloqasini ta’minlaydigan tarmoqning transport-ekspluatatsion holati va rivojlanish darajasi, shuningdek, qo‘shni viloyatlardagi yo‘l tarmog‘ining integratsiyasi, mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishi, tadbirkorlik faoliyati uchun sharoitlarni yaxshilash va aholi turmush darajasini yaxshilash muammolarini hal qilishda tarkibiy islohotlarni amalga oshirish va ayrim hududlarning transport tizimini mamlakatning yagona transport tizimiga integratsiyalashga bog‘liq.
Yo‘l sharoitlari transport harakati sharoitlarining eng muhim tarkibiy qismidir va harakat rejimlarini shakllantirishda, uning qulayligi va xavfsizligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yo‘l sharoitlariga yo‘lning geometrik parametrlari, transport va ekspluatatsiya xususiyatlari, muhandislik uskunalari va inshootlari, haydovchilar, yo‘lovchilar, avtotransport vositalari, yo‘llarni ta’mirlash xizmatlari va boshqalar uchun binolar va inshootlar kiradi. Bu elementlarning barchasi yo‘lning holatiga, mashinaning yo‘l bilan o‘zaro ta’siriga, haydovchining kayfiyatiga va oxir-oqibat harakat rejimi va xavfsizligiga ta’sir etadi. Shu jihatdan yirik shaharlardagi YTHlarining 80%dan ortig‘i quyidagi shartlarga bog‘liq:
– yo‘l qoplamasining ilashish sifatining pastligi;
– gorizontal belgilarning yetishmasligi;
– yorug‘likning yetarli darajada emasligi;
– ko‘rinishning cheklanganligi;
– yo‘l chetining qoniqarsiz holati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevralda tasdiqlangan “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4954-sonli farmonida avtomobil yo‘llariga nisbatan yo‘l harakati konsepsiyasi, xususan, avtomobil yo‘llari ish faoliyatini rejalashtirish, avtomobil yo‘llarini saqlash va ta’mirlash ishlari konsepsiyasi aniq belgilangan.
Shu munosabat bilan, alohida yo‘nalishda ajratilgan ITT quyi tizimlari doirasida yo‘l-transport vositalarini, jumladan, Yo‘l ekspluatatsiya korxonalari (YEK) maxsus transportini samarali nazorat qilish va boshqarish muammolari transport korxonalari uchun ham, mintaqaviy boshqarmalar va transport xizmati iste’molchilari uchun ham juda dolzarbdir, yo‘l xolati nazoratini ta’minlashda ITT quyi tizimlarini shakllantirish esa, yo‘l xo‘jaligini samarali boshqarishda eng maqbul usullardan biri bo‘lishi mumkin.
Zamonaviy yo‘l xo‘jaligi turli iqlim sharoitlarida yo‘llarni qurish, holatini saqlash va ta’mirlash ishlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan tizimlar va mashinalar kompleksidan foydalanishga asoslangan. Bajariladigan ishlarning yuqori sifatini ta’minlaydigan, samaradorlikni oshiradigan hamda moddiy, energetik va mehnat sarf-xarajatlarini qisqartiradigan ishonchli va samarador tizimlarning, shuningdek, ixtisoslashtirilgan mashinalar kompleksining mavjudligi, zamonaviy transport inshootlarining uzluksiz faoliyat yuritishi uchun hal qiluvchi shartdir.
Normativ hujjatlarga muvofiq, yo‘l qoplamasida transport vositalarining muayyan tezlikda harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan chuqurlar, do‘ngliklar va boshqa shu turdagi unsurlar bo‘lmasligi kerak. Yo‘l qoplamasining ilashish koeffitsienti YHX tomonidan ruxsat etilgan tezlikda xavfsiz harakatlanishni ta’minlashi kerak.
Agar yo‘llarning va ko‘chalarning ekspluatatsion holati belgilangan standart talablariga javob bermasa, ularga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun vaqtinchalik cheklovlar qo‘yiladi, yoki transport harakati butunlay ta’qiqlanadi.
Yo‘l xo‘jaligi korxonalari quyidagi asosiy faoliyat turlarini amalga oshiradilar:
– avtomobil yo‘llarini va ulardagi sun’iy ishootlarni joriy saqlash;
– avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish;
– umumiy foydalanishdagi yo‘llarni qurish v foydalanishga topshirish.
Yo‘lning texnik jihatdan takomillashtirilishi va parvarishlash darajasining oshishi ob-havo va iqlim omillarining ta’siri ostida yo‘llarning transport-ekspluatatsion xususiyatlarining o‘zgarishini sezilarli darajada qisqartiradi, biroq, ularni butunlay yo‘qota olmaydi. Yo‘l intensivligining va meteorologik sharoitlarning o‘zgarishi bilan birgalikda ular yil va kunning muayyan davrlarida transport harakati rejimlarining o‘zgarishiga, tirbandliklarning xosil bo‘lishiga va baxtsiz hodisalarning ko‘payishiga olib keladi. Shu sababli, qulay va xavfsiz harakatlanishni ta’minlash uchun doimiy harakat rejimini belgilab beruvchi yo‘l-axborot tizimi bilan jihozlangan, texnik parametrlariga ega bo‘lgan avtomobil yo‘lining mavjud bo‘lishi yetarli emas.
Shuning uchun, ITT quyi tizimi faoliyati nuqtai nazaridan yo‘lning holati nazoratini ta’minlash uchun transport harakatidagi o‘zgarishlarga sezgirlik bilan javob bera oladigan, yo‘lning ma’lum bir qismi, butun qismi va yo‘l tarmoqlari bo‘yicha qabul qilingan boshqaruv mezonlaridan kelib chiqib prognozlaydigan va optimal rejimlarni belgilaydigan harakatni boshqaruvchi egiluvchan tizimni yaratish muhimdir (14.1-rasm).


14.1-rasm. ITT quyi tizimlaridagi boshlang‘ich va boshqaruv axborotlarining aylanish umumiy sxemasi (yo‘l holati nazoratini ta’minlashda).


O‘zining arxitekturasiga ko‘ra, bu avtonom ixtisoslashtirilgan tizim yoki mintaqa hududidagi umumfoydalanishdagi tizim komponenti (markazning yoki hududiy telematika platformasining maxsus xizmati) bo‘lishi mumkin, ayniqsa, davlat va hududiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar nazarda tutilganda. Yaqin kelajakda davlat yo‘llari tarmog‘i uchun ixtisoslashtirilgan tizimlarning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq keladi.






    1. Yüklə 67,56 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin