14-amaliy mashg’ulot To’yingan uglevodorodlarni sulfoxlorlash



Yüklə 259,24 Kb.
tarix13.05.2022
ölçüsü259,24 Kb.
#57863
14-amaliy sulfoxlorlash


14-amaliy mashg’ulot To’yingan uglevodorodlarni sulfoxlorlash.

1936 yilda Рид va Гори 20-300C haroratda va ultrabinafsha nurlar yorug’ligi (fotokimyoviy reaktsiya)da yoki initsiator (perekislar) ishtirokida parafin uglevodorodlarga oltingugurt angidridi va xlorning birgalikdagi ta’sirida alkansulfokislota xlorangidridi – alkansulfoxloridlarni olishni joriy etdilar. Bunday vodorodning sulfoxlorid guruhi ga almashinishi sulfoxlorlash deyiladi:



Fotokimyoviy sulfoxlorlash reaktsiyasiga xona haroratida barcha metan qatori uglevodorodlar kirishadi. Sulfoxlorid guruhini vodorod atomi bilan almashinishi birlamchi uglerod atomiga nisbatan ikkilamchi uglerod atomida osonroq kechadi. Uchinchi uglerod atomidagi vodorod sulfoxlorid guruhi bilan tarmoqlararo qiyinligi hisobiga almashinmaydi, Sulfoxlorlashda oraliq mahsulotlar tegishli uglevodorodlarning xlorli birikmalari hisoblanadi. Sulfoxlorlash katalizatorlari (yorug’lik nuri ishtirokida) organik peroksidlar ishlatiladi. Sulfoxlorlash reaktsiyasi radikal zanjir mexanizm SR ga ega bo’ladi. Zanjirda tashuvchi sifatida erkin uglevodorod radikali hisoblanadi.

Ushbu reaktsiya mexanizmi quyidagicha sxemaga ega:

Ultrabinafsha yorug’likning nurlanishidan xlor uglevodorodlar bilan ta’sirlashadi va sulfoxloridlar bilan birikib alkilxloridlar olinadi. Sulfoxlorlash ortiqcha SO2 ni xlorga nisbati 1,5:1 dan 2,5:1 oralig’i chegarasida olib boriladi. Alkansulfoxloridlar gidrolizi qizdirish yordamida olib borilganda tegishli sulfokislotalar hosil bo’ladi:



Alkansulfoxloridlarni ishqor bilan sovunlanishidan alkansulfokislota (sulfonatlar)ning natriyli tuzlari olinadi:




Yüklə 259,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin