14– LABORATORIYA ISHI TTM integral sxemasini tadqiq etish Ishning maqsadi: Tranzistor – tranzistor mantiq integral sxemasi elektr parametrlarini tadqiq etish
1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish:
Bu ishni bajarishda mantiqiy mikrosxemalar asosiy elektr parametrlarining fizik ma’nosiga va o‘lchash uslublariga, hamda tranzistor – tranzistorli mantiq (TTM)ning sxemotexnik xossalariga e’tibor qaratish kerak. Statik parametrlar uzatish xarakteristikasi (UCHIK=f(UKIR)) grafigi yordamida (14.2 - rasm) aniqlanishi mumkin.
Avval uzatish xarakteristikasidan 14.1 - rasm) mantiqiy nol U0va mantiqiy bir U1sathlari (xarakteristikaning uning ko‘zguli aksi bilan tutashgan A va В nuqtalaridan aniqlanadi), so‘ngra 14.2 – rasmdagi grafikdan I0KIR и I1KIR aniqlanib olinadi.