Bilimlarni tashkillashtirish ma’lum darajada tanlangan usul(modeli)ga bog`liq emas.
Bilimlarni tashkillashtirish muammolarining quyidagi aspektlarini ajratamiz:
- namoyish qilish va detallilik darajalari bo`yicha bilimlarni tashkillashtirish;
- ishchi xotirada bilimlarni tashkillashtirish;
- BBda bilimlarni tashkillashtirish.
Bilimlarni namoyish etish darajalari va detallilik darajalari. ET yechimni izlash jarayonini boshqara olishi, yangi bilimlarni hosil qilish va o`z harakatlarini tushuntira olishi uchun, u nafaqat o`z bilimlarini qo`llay olishi, balki ularni tushunish qobiliyatiga ega bo`lishi ham kerak, ya’ni ET muammoli soha haqida uning bilimlari qanday namoyish etilgani haqidagi bilimlarga ega bo`lishi lozim. Agar muammoli muhit haqidagi bilimlarni namoyish etishni keyingi darajadagi bilimlar deb nomlash mumkin bo`lsa, unda namoyish etishning birinchi darajasi metabilimlarga ega, ya’ni nolinchi darajadagi bilimlar tizimining ichki olamida qanday namoyish etilganligi to`g`risidagi bilimlarga ega. Birinchi daraja nolinchi daraja bilimlarni namoyish etish uchun qanday vositalar ishlatilishi haqidagi bilimlarni saqlaydi. Birinchi daraja bilimlaryechim jarayonini boshqarishda, tizim harakatlarini hosil qilish va tushuntirishda katta rol o`ynaydi. Namoyish etish darajalarining soni ikkitadan ortiq bo`lishi mumkin. Namoyish etishning ikkinchi darajasi birinchi daraja bilimlari haqidagi ma’lumotlarni, ya’ni birinchi darajaning bazaviy tushunchalarini namoyish etish haqidagi bilimlarni saqlaydi. Namoyish etish darajalari bo`yicha bilimlarni ajratish tizimning qo`llanilish sohasini kengaytirishni ta’minlaydi [1-3].
Detallilik darajalari bo`yicha bilimlarni ajratish bilimlarni turli darajadagi tahlillarda qarashga imkon yaratadi. Detallilik darajalarining miqdori ko`pincha yechilayotgan masalalarning maxsusligi, bilimlar hajmi va ularni namoyish etish uslublari bilan aniqlanadi. Qoidaga ko`ra uchtadan kam bo`lmagan detallilik darajalariga ajratiladi [1-3]. Ular umumiy, mantiqiy va fizik bilimlarni tashkillashtirishni ifodalaydi. Bir qancha detallilik darajalarini kiritish qo`shimcha ravishda tizimning mustahkamligini ta’minlashga imkon beradi. Detallilikning bir darajasidagi o`zgarishlar shu darajada qo`shimcha o`zgarishlarga olib kelishi mumkin, bu esa ETda ma’lumotlar va dasturlar strukturalarining mosligini ta’minlash uchun juda muhim hisoblanadi.