14-ma’ruza mavzu. Loyihaviy o‘qitish texnologiyalari


Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini loyihalashtirish



Yüklə 349,75 Kb.
səhifə3/7
tarix05.12.2023
ölçüsü349,75 Kb.
#172840
1   2   3   4   5   6   7
14-Ma\'ruza

14.2. Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini loyihalashtirish. Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini informatika o`qituvchisining o`quv faoliyatini tashkil etuvchi jarayon hisoblanadi. Bunda;

  1. O`qituvchi tomonidan taklif etilgan kichik loyihalarning maktab o`quvchilari tomonidan bajara olinadigan bo’lishii; 

  2. Loyiha asosida faoliyat tashkil etilganda o`quv-mavzularda rejalashtirilayotgan loyihani topshirish muddati aniq ko’rsatilishi; 

  3. Loyiha asosida o`quv faoliyatini tashkil etishga o`qituvchi rahbarlik qilishi va u loyihaning boshqaruvchi, yo’naltiruvchisi hisoblanishi; 

  4. Loyihalar yakka shaxslarga va guruhlarga qaratilgan bo`lishi. 

  5. Loyiha topshiriqlari aniq, ravon shakllantirilgan, uning maqsad va vazifalari tushunarli, o`quvchilar bilan uning bajarish yo`llari kelishilgan bo`lishi; 

  6. Ayrim hollarda yuqori sinf o`quvchilarining hohish va istaklariga binoan loyihalarni shakllantirish loyiha rahbari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi;

  7. O`quv loyihalari oldindan ishlab chiqilgan mezon ko`rsatkichlari asosida baholanishi, loyihada predmetlararo maqsadlar ko`zda tutilsa, yakuniy baholar ham chiqarilgan bo’lishi;

  8. O`quv yili davomida o`rnatilgan tartibda tuzilgan loyihalar taqdimotini ilmiy konferensiyalarda, pedagogik kengashlarda, metod birlashmalarda himoya qilish yoki tanlovlar tariqasida o`tkazilishi kerak bo’ladi. 

Informatika fanidan loyiha asosida tashkil etiladigan darslar o`qituvchidan darsni tashkiliy jihatidan puxta o`ylangan, sifatli, ishchanlik muhitida, o‘quvchilarni jarayonga qiziqtira oladigan tarzda loyihalay olishni talab etadi. O`quv jarayonini loyiha asosida tashkil etishda o‘qituvchidan faollikda ish yurituvchi emas, balki keng qamrovli ijodkor pedagog rolini bajarilishi talab etiladi.
Loyihalar asosida o`quv jarayonini tashkil etishda o`qituvchi fidoyilik ko`rsatishi, o`quvchini ruhlantirishi, ularni qiziqtirishi orqali pirovard maqsadga erishishi talab etiladi. Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar va unga sarf etiladigan vaqt, tashkiliy ishlar, beriladigan va to`g`ri yo`lga soluvchi savollar oldindan rejalashtirilgan bo’lishi kerak. Bundan tashqari dars jarayonida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan kamchilik, xatolar, ularning oldini olish, jarayonning tahliliy tomonlari ham oldindan hisobga olinishi kerak.

Yüklə 349,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin