14-mavzu. Faol fuqarolik pozitsiyasiga EGA bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashning asosiy yo‘nalishlari reja


Barkamol avlodni tarbiyalash g‘oyasi va uni amalga oshirish mexanizmlari



Yüklə 113,5 Kb.
səhifə4/4
tarix01.06.2022
ölçüsü113,5 Kb.
#60293
1   2   3   4
14-mavzu. Faol fuqarolik pozitsiyasiga EGA bo‘lgan yosh avlodni

Barkamol avlodni tarbiyalash g‘oyasi va uni amalga oshirish mexanizmlari

Mamlakatimizda voyaga etib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va mustahkam ruhda tarbiyalash, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini muhofaza etish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi barchamizga ma’lum. Davlatimiz rahbarining tashabbusi va rahnamoligida yoshlar tarbiyasining ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi va bu borada tub islohotlar amalga oshirildi. CHunki YUrtboshimiz «YUksak ma’naviyat - engilmas kuch» asarida ta’kidlanganidek: «Ayni paytda yurtimizda milliy tiklanish jarayoni qariyb bir yarim asr davom etgan ijtimoiy-siyosiy qaramlikdan keyin dastlabki paytlarda mutlaq tabiiy ravishda o‘ziga xos «inkorni inkor» konuniyati asosida kechganini aytish lozim. Lekin biz sobiq tuzumning mafkuraviy karashlarini umuman inkor etishning o‘zi hech kanday bunyodkorlik dasturiga ega bo‘lmagan siyosiy va madaniy ekstremizm xavfini tug‘dirishi ehtimolini yaxshi anglar edik. SHu bilan birga, tarixiy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, turmush tarziga orqa-oldini uylamasdan, yoppasiga betartib qaytish boshqa bir keskinlik, deylik bugungi davr hayotini qabul qilmaslik, jamiyatni yangilash zaruratini inkor etish kabi nomaqbul holatlarga olib kelishi mumkinligini unutmaslik zarur edi. Barchamizga ma’lumki, millat va xalqning ruhi, dunyoqarashi va turmush tarzini ifoda etadigan milliy ma’naviyatga munosabat, uni zamon talablari asosida rivojlantirish, odamlarning dunyoqarashi va tafakkurini o‘zgartirish masalasi har tomonlama chuqur va puxta uylab ish yuritishni talab kiladi».9
YOshlarga oid davlat siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yoshlar bilan ishlovchi tashkilotlar faoliyatida ko‘rish mumkin. YOshlar har bir davlatning kelajagini belgilovchi kuch ekanini e’tiborga olsak, dunyoning deyarli barcha davlatlarida bejiz yoshlar siyosatini amalga oshirish bo‘yicha milliy konsepsiyalar ishlab chiqilib, samarali faoliyat olib bormayotganining guvohi bo‘lamiz. Masalan, Evropa davlatlaridan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va SHvetsiyada bu borada erishilgan natajalar diqqatga sazovor. Bugungi kunda dunyoning taraqqiy etgan davlatlarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning ikki xil strategiyasi amal qilmoqda. Bular: yoshlar siyosati sohasida davlatning etakchi roliga asoslangan strategiya hamda yoshlar siyosati sohasida davlat va fuqarolik jamiyati tuzilmalari tengligiga asoslangan strategiya. Hozirgi davrda Germaniya va Fransiyani birinchi yo‘nalishdagi siyosatni olib boradigan davlatlar sirasiga kiritish mumkin. Ushbu davlatlar o‘z faoliyatini yoshlar siyosatini umummilliy, mintaqaviy va hududiy darajalarga qarab ixtisoslashtirish asosida olib boradi. Bunda yoshlar siyosati oila, qariyalar, ayollar va yoshlar ishlari bo‘yicha vazirlik tomonidan Konstitutsiya va federal qonunlar asosida amalga oshiriladi. Xususan, Fransiyada yoshlar siyosati YOshlar ishlari, sport va jamoat birlashmalari bo‘yicha vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi.
YOshlar siyosati sohasida davlat hamda fuqarolik jamiyati tuzilmalari tengligiga asoslangan strategiya Buyuk Britaniya va SHvetsiyaga xos bo‘lib, bunda yoshlar siyosatining umumiy ko‘rinishi, maqsad va etakchi vazifalari davlat tomonidan belgilab berilsa, bu vazifalarning ijrosi mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu davlatlarga xos bo‘lgan xususiyat esa yoshlar siyosati va yoshlar ishlari bo‘yicha maxsus davlat organlarining mavjud emasligida namoyon bo‘ladi. SHu bilan birga, dunyoning ko‘plab davlatlarida yoshlar huquq va manfaatlarini xalqaro va milliy darajada qo‘llab-quvvatlashni o‘z oldiga maqsad qilgan yoshlar parlamentlari hamda milliy yoshlar kengashlari faoliyat yuritmoqda. Jumladan, xalqaro darajada yoshlar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlovchi Evropa yoshlar parlamenti, Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi yoshlar parlamenti, SHimoliy Irlandiya yoshlar forumi, SHotlandiya yoshlar parlamenti kabi yoshlar parlamentlari hamda Avstriyadagi Avstriya xalqaro yoshlar hamkorligi qo‘mitasi, Belgiyadagi Flaman yoshlar kengashi, Buyuk Britaniyada Britan yoshlar kengashi, Germaniyada xalqaro yoshlar ishlari bo‘yicha Germaniya milliy qo‘mitasi (bunday kengashlar Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Latviya, Litva kabi yana 25 ga yaqin davlatda mavjud) faoliyat yuritmoqda. Bularni keltirishdan maqsad, yoshlar huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlovchi mexanizm mamlakatimizda qay darajada amal qilayotganiga e’tibor qaratishdir.
Xo‘sh, O‘zbekistonda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tish uchun muhim qadamlar tashlanayotgan bugungi kunda yoshlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi davlat tashkilotini tuzish qanchalik zarur? Bizningcha, yoshlar mamlakatimiz aholisining 64 foizi (17 million 80 ming nafar)ni tashkil etuvchi asosiy qatlam ekan, aytish mumkinki, yoshlar bilan bog‘liq muammolar davlatning olib borayotgan siyosatida alohida ahamiyat kasb etadi. Muxtasar qilib aytganda, jamiyatdagi barcha sohalar qatori yoshlar tashkilotlarini ham tashkiliy jihatdan isloh qilish, bu borada zamonaviy faoliyat mezoniga ega mustahkam institutni shakllantirish — ertangi kun egalari bo‘lmish yoshlar kelajagini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda kelajak avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash o‘ta muhim ahamiyat kasb etmoqda. CHunki mamlakatimizda boshlangan va chuqur ildiz otib borayotgan iqtisodiy islohotlarning ijobiy samarasi va qolaversa, kelajagi buyuk davlat qurishdek o‘ta mas’uliyatli va muhim vazifaning qay darajada hal etilishi aynan mazkur masalaning echimiga bevosita bog‘liqdir desak, hech bir mubolag‘a bo‘lmaydi. Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash masalasining paysalga solinishi yoki bunga panja ortidan qarash, buni qandaydir mavhum yoki o‘z-o‘zidan amalga oshib boraveradigan holat sifatida tushunish va shunday baholash o‘ta kaltabinlik bo‘lur edi. Zero, Prezident Islom Karimov iborasi bilan aytganda, “qaerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha erda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha - qaerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha erda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi”10.
YUrtimizda yosh oilalar himoyasi, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun ham juda katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. O‘tgan yillar davomida oila haqida 50ga yaqin qonun, 70 ga yaqin qaror va farmoyishlar e’lon qilindi. Ularning aksariyat katta qismi ijtimoiy, moddiy va ma’naviy himoya qilish va farovonligini ta’minlashdan iborat. SHunisi e’tiborga molikki, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘o‘llab-quvvatlash mas’ulligini birinchi navbatda davlatimiz o‘z zimmasiga olgan. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishda davlat idoralari, fuqarolik institutlari va mahalliy hokimiyatlar tashabbuskor bo‘lmoqdalar. SHuningdek, bola huquqlarini himoya qilish borasida milliy qonunchiligimizda ham bir qator qonun hujjatlari va davlat dasturlari qabul qilingan. Jumladan, 2008 yil 7 yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi milliy qonunchilikni bola huquqlari bo‘yicha xalqaro andozalar bilan muvofiqlashtirish, bola huquqlarini himoya qilish sohasida tegishli dasturlar tuzish, davlat organlari va nodavlat tashkilotlarining bu boradagi vazifalari, vakolatlarini va o‘zaro faoliyatini aniqlashtirish, bola huquqlari himoyasi mexanizmining ishlashi va amaliy natijalari berishini ta’minlash, shu sohaga oid qonunchilikning kelgusidagi rivoji uchun keng imkoniyatlarga yo‘l ochadi.
SHuningdek, ushbu qonunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning huquqlarini himoyalashda ishtirok etish shakllari belgilangan. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, yoshlar bilan ishlash, ularning o‘quvi, jamoat hayotidagi ishtiroki, qolaversa, ularning kelajagini yaratishda nafaqat adliya organlari, balki ota-onalardan tortib davlat idoralarigacha mas’ul bo‘lishi kerak. Ana shunda biz yoshlar siyosati bo‘yicha oldimizga qo‘ygan vazifani bajarishda to‘la-to‘kis faol ishtirok eta olgan bo‘lamiz. CHunki yoshlar— mamlakat kelajagi. SHuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov “Albatta, har bir bandaga rizq-nasibani Olloh taolo beradi. Lekin bu hayotda nasibasi butun va to‘la bo‘lishi uchun insonning o‘zi ham chin dildan intilishi, zurriyodini sog‘lom muhitda tarbiyalashi katta ahamiyatga ega ekanini unutmasligimiz zarur”11, - degan edi. YUrtboshimizning mazkur fikrlarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy tizimdagi islohotlar nafaqat farovon turmush tarzini yo‘lga qo‘yish, balki ma’naviyati yuksak yangi avlodni shakllantirishga xizmat qiladigan ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaratishni nazarda tutilgan. YUrtimizning kelgusidagi mavqei, rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi ularning qo‘lida. Ana shuni unutmagan holda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik biz kattalarning dolzarb vazifamizdir.
Barkamol avlodni tarbiyalash g‘oyasi va uni amalga oshirish insoniyatning eng yorqin orzusi bo‘lib kelgan. Bunday insonlar orasida O‘zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning o‘z o‘rni va nomi bor. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga o‘z tariximizdan juda ko‘p dalillar keltirishimiz mumkin. Farobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi g‘oyalarni yodga olaylik. Unga ko‘ra jamiyatning har bir fuqarosi mansabi, tutgan o‘rni, ya’ni kim bo‘lishidan qat’iy nazar FOZIL kishi. Fozil inson o‘z davlatining barcha qonun- qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, o‘z kasbining ustasi, lozim bo‘lganda Vatani uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda bo‘ladi. Ota-ona va farzand, ustozu shogird o‘rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom bo‘ladi. Avvalo, bunday fikrlashning o‘zi bobolarning ma’naviy darajasi naqadar yuksak bo‘lganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada ko‘p asrlik meroslarni o‘rganish natijasida vujudga kelishini ta’kidlash joiz. Demak, bizning barkamol avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun ma’naviy asos bor. Prezident

  1. A.Karimov ta’kidlaganidek, «Mustaqillik yangicha yashashni, yangicha fikrlashni, hayotda har bir fuqarodan o‘ziga yarasha munosib o‘rin egallashni, yangi mafkura asosida yangicha ma’naviyatni talab etadi. Talab etibgina qolmasdan, jadal o‘zgarib borayotgan iqtisodiy va ijtimoiy sharoitda yangicha o‘ylashga va harakat qilishga majbur etmoqda. YAngicha o‘qish, yangicha ishlashning o‘zi bo‘lmaydi. SHuning uchun ham bizga raqobatbardosh yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi fozil insonlar kerak. Dasturning asosiy maqsadi ham aynan barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir».12

YUrtboshimiz ta’kidlaganidek, har tomonlama etuk avlodni tarbiyalasakgina, bugun hayot oldimizga qo‘yayotgan o‘ta murakkab, og‘ir, sinov va qiyinchiliklarni engib o‘tamiz, shundagina ko‘zlangan yuksak marralarni egallay olamiz. Hech qachon hech kimdan kam bo‘lmagan va hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalab kelayotgan xalqimiz, ezgu maqsad-muddaomiz - erkin, ozod va obod hayot bunyod etishda ham hech kimdan kam bo‘lmaydi. SHuning uchun bu muhim masalaga doimo davlatimiz, jamiyatimizning asosiy vazifasi sifatida qaralmoqda. Insoniyat hamisha mukammal jamiyat bunyod etish ishtiyoqida yashagan. Mukammal jamiyatni ma’naviy yuksak, axloqiy barkamol, jismoniy etuk avlod yaratadi. Bugun mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar insonlar hayotiga, taqdiriga daxldor ekanligini har birimiz his qilishimiz va shundan tegishli xulosalar chiqarishimiz lozim. YUrtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, barcha o‘zgarishlar va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlari qo‘yilganligi hammamizni quvontiradi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «...bugungi kunda ana shu jarayonlarning mohiyatida islohot-islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak, degan maqsad mujassam ekanini va uning amaliy ifodasini barcha sohalarda ko‘rish, kuzatish qiyin emas”.13 Mustaqil Respublikamiz fuqarolari, xususan yoshlari ruhiyatida insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni rivojlantirish demokratik, adolatli jamiyatni barpo etishning muhim kafolati sanaladi.
SHunday ekan, o‘z maqsadlarimizga erishishda bir necha vazifalari borligini ta’kidlab o‘tish mumkin. Birinchidan: fuqarolarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayoning faol ishtirokchisiga aylantirish; amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyatini, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining ahamiyatini fuqarolarimizga sharhlab berish va tushuntirish; ijodkor ziyolilar ishtirokida joylarda samarali targ‘ibot tizimini amalga oshirish; ma’naviyatning kuch qudratini faqat ezgu maqsadlar yo‘lida samarali foydalanish va rivojlantirish. Ikkinchidan: turli qarash va fikirlarga ega bo‘lgan ijtimoiy qatlamlar, siyosiy kuch va xarakatlarning o‘ziga xos orzu intilishlarini uyg‘unlashtiruvchi g‘oya- Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi-barchamiz uchun muqaddas maqsadga aylanishiga erishish. Uchinchidan: qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni izchil davom ettirish; ta’lim-tarbiya tizimini muttasil takomillashtirish. Bu orqali kelajagimiz bilimli, dono va ma’naviy sog‘lom, barkamol avlodga bog‘liq ekanligini chuqur anglashga erishish. To‘rtinchidan; ota-bobolarimiz va bizning muqaddas e’tiqodimiz bo‘lmish islom dinning bugungi hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini, yoshlarimizni ruhan pok, iymoni butun, irodasini baqquvvat etishdagi, odamiylik fazilatlarini uyg‘unlashtirishdagi hissasini va mohiyatini keng jamoatchilikka tushintirish borasidagi tashviqot ishlarini davom ettirish. Beshinchidan; ko‘p millatli mamlakatimiz fuqarolari orasida ularning milliy va diniy mansubligidan qat’iy nazar, ularda hamjihatlik va birdamlik tuyg‘ularini kuchaytirish; chunki ma’naviyat turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon-qarindosh qiladi. Ularning taqdirini o‘zaro hurmat asosida yaqinlashtiradi14 deb ta’kidlaydi. Mana shunday maqsadli va ma’suliyatli vazifalarni ma’naviyat hozirgi kunda barkamol avlodni voyaga etkazishda bosqichma-boqich amalga oshirib kelmoqda. O‘z navbatida xalq ma’naviyatini yuksaltirishda yoshlarning qalbi va ongini milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida tarbiyalash, ularni zamonaviy bilim va hunarlarni egallagan, har tomonlama aqlli, ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash hal qiluvchi vazifalardan biriga aylandi. Xususan, Prezidentimiz I.A.Karimov ma’naviy tarbiya haqida shunday yozadilar: “Bizning eng muhim, dolzarb vazifalarimizdan biri bu - o‘sib kelayotgan avlodga, uning ma’naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi. Nega deganda, yoshlar xalq ma’naviyatining munosib egalaridir. SHuning uchun har bir o‘g‘il-qizimiz dastlabki qadamlaridan boshlab ma’naviy boyliklarimizdan bahramand bo‘lishi kerak.15
Mamlakatimizda yosh avlodning yuksak ma’naviy mezonlar asosida o‘sib-ulg‘ayishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bugungi kunda yurtimiz hayotining qaysi sohasini olmang - sog‘liqni saqlash yoki ta’lim deysizmi, iqtisodiyot yoki kichik biznes sohasi deysizmi, rahbarlik, madaniyat va sport jabhalari deysizmi - ularning barchasida yoshlarning huquq va manfaatlari alohida e’tiborga olinayotganini ko‘ramiz. Hech qachon ma’naviyatsiz etuk insonni tarbiyalab bo‘lmaydi. CHunki, odamzot uchun hayot yo‘llarida har qadamda zarur bo‘ladigan ajdodlar yodi, milliy g‘urur va iftixor, jonajon Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, istiqlolga sadoqat, farzandlik hissi, insoniy fazilatlar aynan ma’naviyat orqali uning ongu tafakkuriga singib boradi, hayotining ma’no-mazmuniga aylanadi. Ma’lumki, yoshlikda inson qiziquvchan va intiluvchan bo‘ladi. Uning ana shu intilishlarini ma’naviy komillik sari yo‘naltirish nafaqat ana shu yigit-qizlarning, balki butun jamiyatning yorug‘ kelajagini ta’minlashda hal qiluvchi va dolzarb masaladir. Zero, ma’naviyat azal-azaldan insonni komillikka etaklaydigan beqiyos ne’mat bo‘lib kelgan. SHu ma’noda, hozirgi kunda ham ma’naviyat - najotkor kuch, ma’naviyat - ilohiy yog‘du desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, hayotga katta orzu-umidlar bilan qadam qo‘yayotgan, unga faqat pok va beg‘ubor nigoh bilan qarab, oldinga intilayotgan yoshlarga nisbatan olganda, bu haqiqat yanada teranroq ma’no-mazmun kasb etadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yosh avlodda vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, ularni xar tomonlama etuk barkamol qilib voyaga etkazish uchun oila, mahalla, ta’lim muassasalari va turli ijtimoiy institutlarning birgalikdagi faoliyatini ta’minlash oliy maqsadimiz hisoblangan ozod va obod erkin va farovon xayot barpo etish uchun asos bo‘ladi.

1Каримов И.А. Узбекистонда демократик узгаришларни янада чукурлаштириш ва фукаролик жамияти асосларини шакллантиришнинг асосий йуналишлари // Биз танлаган йул - демократик тараккиёт ва маърифий дунё билан хамкорлик йули. Т. 11. - Т.: Узбекистан, 2003. - 27-б.

2Гарант: Мусаев Ф. Эркинликнинг худущий асоси // Тафаккур журнали. -Тошкент: 2002. - № 2. - 84 б.

3Каримов И.А. Уз келажагимизни уз кулимиз билан курмокдамиз. Биз уз келажагимизни уз кулимиз билан курамиз. 7- том.-Т.: «Узбекистан», 1999. 303-б.

4Узбекистон Республикаси Конституциясининг 15 йиллигига батишланган тантанали маросимдаги маъруза.

5 Губман Б.Л. Смысл истории. Очерки современных западных концепции. - М.: Наука, 1991. - 15 с.

6Каранг: Иброхимов А. Бизким Узбеклар. -Тошкент: Шарк нашриёт -матбаа концерни бош тахририяти, 1999. - 177 б.

7Каранг: Саидкосимов А. Сиёсий фаоллик ва фукаролик маънавияти // Жамият ва бошкарув. - Тошкент: 2007. - №2, -Б. 50 -51.

8Каримов И.А. Озод ва обод Ваган, эркин ва фаровон хдёг - пировард мащсадимиз. 8 -жилд. -Тошкент: Узбекистан, 2000. - 333
б.

9Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Т.: Маънавият, 2008. 81 бет.
250

10Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Т.: Маънавият, 2008. 116-бет.

11Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Т.: Маънавият, 2008. - 58 б.

12Гарант: Каримов И.А. Баркамол авлод орзуси. Тошкент - 2000.

13Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Т.: Маънавият, 2008. 106-бет.

14Каримов И.А. Миллий истиклол гояси; асосий тушунча ва тамойиллари. Т.: Узбекистан. 2000., 3-4-бетлар

15Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Т.: Маънавият, 2008. - 38 б.



Yüklə 113,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin