Ikkinchi bosqich - 3 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan davr. Bu yoshda so’zning fonetik va morfologik tarkibini shakllantirish jarayoni boradi. Eng qiyin artikulyatsiya harakatlarini takomillashtirish davom ettiriladi. Bu bola uchun oraliq, affrikat va sonor tovushlarini chiqarish imkoniyatini yaratadi. Ushbu bosqichdagi ishlar bolalarning so’zning tovush jihatiga nisbatan sezilarli ravishda ajralib turadigan ongli munosabatiga tayanadi va u ona tilining barcha tovushlarini izchil ravishda mashq qilish asosida quriladi

Uchinchi bosqich - 5 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan davr. Bu bosqich go’yoki maktabgacha ta’lim muassasasida maktabgacha yoshdagi kichkintoylar nutqining tovush tomonini shakllantirishdagi yakunlovchi davr hisoblanadi. Davr boshida eng qiyin artkulyatsiya harakatlari shakllanib bo’ladi, biroq bunda shu narsa muhimki, artikulyatsiya yoki akustik belgilari bo’yicha yaqin bo’lgan (s-sh, z-x, s-z va boshqa.) tovushlar bir-biridan aniq farqlanishi (talaffuzda ham, nutqni tinglash orqali qabul qilishda ham) lozim. Bunday tovushlarni tabaqalashtirish, farqlashni takomillashtirishga oid maxsus ishlar bolalarda fonematik tinglash qobiliyatini yanada rivojlantirishga, fonemalarni mazmun farqlovchi tovushlar sifatida o’zlashtirishga yordam beradi (surat - sur’at, dur-tur va boshqa.).