14-mavzu. Kasbiy muloqot jarayoni. Reja



Yüklə 21,85 Kb.
səhifə2/4
tarix02.06.2023
ölçüsü21,85 Kb.
#122700
1   2   3   4
14. MAVZU. KASBIY MULOQOT JARAYONI.

Vizual muloqotbu ko‘zlar orqali aloqa. Sрuni ta’kidlab o‘tish joizki, servis sohasi bilan bog‘liq ish faoliyatida verbal, hamda noverbal aloqalar bo‘yicha o‘z malakalarini muntazam oshirib boradiganlarga omad kulib boqadi.
Muloqot texnikasini shakllantirishda zamonaviy pedtexnologiyalar- ning o‘rni. Hozirgi muloqot va ma’lumot asrida nutqiy jarayonga keng miqyosda kirishish boylik hisoblanadi. Bu manbalarga yechimlardan biri ma’lumotning qoʻllanishida qaytarish uslublarini qoʻllashga asoslangan, yangi kommunikatsion texnologiyalarning paydo boʻlishiga katta hissa qoʻshdi Hozirgi muloqot va ma’lumot asrida nutqiy jarayonga keng miqyosda kirishish boylik hisoblanadi. Bu manbalarga yechimlardan biri ma’lumotning qoʻllanishida qaytarish uslublarini qoʻllashga asoslangan, yangi kommunikatsion texnologiyalarning paydo boʻlishiga katta hissa qoʻshdi. Yangi kommunikatsion texnologiyaning qoʻllanilishi keng ko‘lamdagi korporativ biznes faoliyatlarning asosiy muammolaridan ba’zilarini, xususan, aniqlik, narx, tezlik, sifat, miqdor nuqtai nazaridan hal etishni boshlaydi.
Shunday qilib, kommunikatsiya keng geografik hudud, mamlakatning ichki hamda tashqi hududlarida, muqobil metodlarning qidirilishi zamonaviy murakkab biznes tashkilotlarida zaruriy boʻlib qoldi. Radio, televideniye, kompyuter, audio va video kassetalari, video disk, telefonlar va koʻpgina mexanik uskunalar kabi an’anaviy media vostalari koʻplab tashkilotlarda muvaffaqiyatli foydalanib kelinmoqda. Ular rejalashtirish, nazorat, yo‘naltirish, motivatsiya va hokazo boshqaruv funksiyalarida ham foydalidir. Biznes dunyosi yangi texnologiyalarni kommunikatsiya tufayli jamiyatda ijtimoiy mas’uliyat sifatida xizmat qilishi uchun qabul qilishi shart yoki raqobatbardosh rivojlanish yoʻlida omon qolish qiyin boʻladi.
1-mashq Quyidagi mavzular asosida reja tuzing va o'z fikr mulohazalaringizni bildirib matn yozing. "Hozirgi kunda yosh talabalarning muloqot madaniyatini rivojlantirish muammolari"haqida
2."Sharq mutafakkirlari va faylasuf olimlari ijodiy merosida muloqot madaniyatining ifodalanishi".

Dunyoda SMS xabarlarini yuborish ma’lumotlaridan eng koʻp foydalanuvchi 2.4 milliard faol qoʻllanuvchilar telefonlarida xabarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi barcha mobil telefon abonentlarining 74%ini tashkil qiladi. Matn soʽz yoki raqamlar yo boʻlmasa harfli-raqamli birikmasi shaklida boʻlishi mumkin. Faol mobil telefon qurilmasi orqali, ayni paytda rivojlantirilayotgan ovozli va ma’lumot qo‘ngʻirogʻidan qat’i nazar, har qaysi payt qisqa xabarlarni qabul qilishi va yuborishi mumkin. Qisqa xabarlar xizmati (SMS) ning afzalliklari: 1.Xabar har qaysi payt jo‘natilishi mumkin. 2.Bu shoshilinch paytda foydalidir. 3.Bu xarajat bilan birgalikda vaqtni ham tejaydi. Qisqa xabarlar xizmati (SMS) ning kamchiliklari: 1.Tarmoq aloqasi tufayli xabarning yetkazilishidagi kechikish 2.Qabul qiluvchi tomonidan ba’zan juda qisqa soʽzlar yoki gaplar noto‘gʻri sharhlanishi mumkin.1
Har bir ofisda mikrofonlar bilan qatnashchilar soni oshirilishi mumkin. Ikki tomonlama qo‘ngʻiroqlardan foydalanganda, barcha qatnashuvchilar boshqa barcha qatnashuvchilar bilan gaplashishlari mumkin. Bir tomonlama muloqot qo‘ngʻiroqlarida, ogʻzaki xabarlar (masalan, kompaniya prezidenti nutqi) turli joylarga bir vaqtning oʽzida yetkazilishi mumkin. Telekonferensiyaning afzalliklari: 1. Foydalanish uchun qulay. 2. Oson erishib boʻladigan. 3. Dunyodagi har qanday telefon liniyasidan qatnashsa boʻladi. 4. Konferens qo‘ngʻiroqlarini tuzish uchun faqatgina bir necha daqiqa ketadi. 5. Xarajatlar, energiya va vaqt tejaladi. Telekonferensiyaning kamchiliklari: 1.Telekonferensiyaning asosiy cheklovi odamlar oʻrtasidagi yuzma-yuz faoliyatning o‘rnini bosa olmaydi. 2.Odamlar yuzma-yuz faoliyatni afzal koʻrgan holda telekonferensiya haqiqiy maqsadga xizmat qilmaydi. Videokonferensiya. U toʻliq interaktiv va deyarli yuzma-yuz yigʻilishlarga oʻxshash boʻladi. Ishlatilgan texnologiyaning darajasiga qarab interaktiv tarzda ikki joyni bogʻlashi mumkin yoki videoni uzatish saytlari koʻpchilik saytlarga koʻrinishi (imiji) uzatilishi mumkin. Bu standart telefon liniyasi orqali muloqot qilinishi mumkin.Murakkabroq tizim va jihozlar bilan ikki joydagi insonlarning barchalari bir-birlarini xuddi haqiqiy yigʻilishdagidek koʻrishlari ehtimolini yaratadi. Videokonferensiya bir vaqtning oʽzida turli joylardagi insonlarni koʻrish va eshitish imkoniniyaratadi.
Videokonferensiyaning afzalliklari: 1.Bu yuzma-yuz muloqot uchun o‘rnini bosuvchi boʻlib xizmat kiladi. 2.Muloqot real vaqtda sodir boʻladi. 3.U masofa toʻsiqlarini bosib o‘tadi. Telekonferensiya ikki yoki undan koʻproq odamlar oʻrtasida ikki yoki undan ortiq joylardagi elektron muloqotdir. Uning eng sodda shakli koʻp yillar mobaynida mavjud boʻlgan telefon konferensiyasidir. 4.Ijrochilarning sayohat xarajatlarini tejashni keltirib chiqaradi. 5.Yigʻilishlarni oʽz vaqtida oʻtkazishda tejashni keltirib chiqaradi. 6.Turli joylarda o‘tirgan odamlarning bilimini jadal o‘sishini yengillashtiradi. Videokonferensiya kamchiliklari: 1.Siz soʽzlashmoqchi boʻlgan insonda kompyuter bilan birgalikda konferensiya uchun talab etilgan uskunalar va dastur boʻlishi kerak. 2.Uyali telefonga o‘xshab, kompyuterni olib yursa boʻladi. Shundan kelib chiqib, konferensiyangizning olib yurilishiga ta’sir qiladi. 3.Videokonferensiyaning maxfiyligi har doim ham kafolatlanmaydi.
Muloqot texnikasi tugʻma iste’dod yoki nasldan naslga o‘tuvchi xususiyat emas. Balki izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Ushbu faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham muloqot mahorati hamma uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir kishining oʽz ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi. Muloqot texnikasini san’at va mahorat deb tushunish to‘gʻriroq boʻladi. Chunki nutqiy san’at – bu qandaydir qoʻl bilan tutib boʻlmaydigan, balki fahm-farosat bilan amalga oshiriladigan xatti-harakatdir.

Yüklə 21,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin