14-mavzu narx va uning shakllanishi
1. Naflilik, yalpi naflilik va so‘nggi qo‘shilgan naflilik tushunchalari Talabning o‘zgarish qonuniyatlari va iste’molchi tanlovi masalalariga marjinalistlar keyingi naflilik konsepsiyasi va iste’molchi xulqi nazariyasi bilan o‘zlarining hissalarini qo‘shdi. Iste’molchi xulqi bu ularning turli xil tovar va xizmatlarga talabning shakllanish jarayonidir. Iste’molchi xulqi quyidagi mantiq asosiga quriladi: Iste’molchi imkoniyati cheklangan sharoitda harakat qiladi, shu sababli uningqarori tovarlarning mavjud muqobil variantlaridan birini tanlashga qaratiladi. Iste’molchi maqsadi – tovarlarni iste’mol qilish natijasida maksimal qoniqish olishdir. Iste’molchi xulqi oqilona, ya’ni u barcha cheklanishlarni baholaydi va o‘z maqsadiga yetishishningeng yaxshi variantini tanlaydi. Iste’molchi xulqini miqdoriy aniqlashda keyingi naflilik nazariyasi va farqsizlik egri chizig‘i usuli yordamida amalga oshiriladi. Naflilik – subyektivqoniqish, ya’ni tovar (xizmat) ni iste’mol qilishdan ko‘riladigan naf. “Umumiy tarzda naflilikni insonningehtiyojini qondira olish qobiliyati deb ta’riflashimiz mumkin”159. Iste’molchi uchun naflilikning ikki turi: umumiy va keyingi naflilik muhim. Кeyingi naflilik (marginal utility) – muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilikdir. Кeyingi naflilik umumiy naflilikningo‘sgan qismidan iborat bo‘lib, u naflilik funksiyasining natijasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo‘ladi. Ne’matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so‘nggi nusxasi» mavjud bo‘ladi”61. “So‘nggi qo‘shilgan naflilik pasayib borish tamoyiliga ega bo‘lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan iste’molchiningholatidan kelib chiqilsa, ne’matlarni iste’mol qilish hajmining ko‘payib borishi bilan, ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi”62. Yüklə 360,73 Kb. Dostları ilə paylaş: |