1. Bozor muvozanatini ta’minlash. Bunda narx bozordagi talab va taklifga ta’sir ko‘rsatish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi – bu muvozanatli narx bo‘lib, u bozorda talab va takliflarning mos tushganligini bildiradi.
2. Iqtisodiyotni tartibga solish. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy tartibga solish mexanizmidir. Ayni vaqtda davlat ham uningquyi va yuqori chegarasini belgilab iqtisodiy faollikka ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqaruvchilar narx o‘zgarishiga qarab ish yuritadilar. U bozor holatini ko‘rsatib turadi. Masalan: «A» tovarga bo‘lgan talab oshsa narx ham oshadi, bu esa tadbirkorlarni shu tovarni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va aksincha.
3. Raqobat vositasi. Ma’lumki, raqobat ham bozor iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Raqobat usullaridan biri bu narx vositasidagi kurashdir. Narxni pasaytirish orqali bu kurashda yutib chiqish mumkin.
4. Hisob - kitob vazifasi. Narx – bu almashuvqiymat, boshqacha qilib aytganda, tovar uchun to‘lanadigan pul miqdoridir. Shu asosida u hisob-kitob vazifasini bajaradi.
5. Ijtimoiy himoya vazifasi. Bozor iqtisodiyotiningo‘tish bosqichida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi narxlar, aholining kengqatlamlarini hayotiy zarur iste’mol tovarlari bilan eng kam darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Masalan, bizning mamlakatimizda 1991-yildan 1995-yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar, go‘sht, o‘simlik moyi, choy, sovun kabi mahsulotlar dotatsiyalashgan narxlarda cheklangan miqdorda sotildi. Ularningdotatsion va haqiqiy narxlari o‘rtasidagi farqbudjet mablag‘lari hisobiga qoplab borildi.
6. Qiymat va naflilikni o‘lchash vazifasi Narx qiymat va naflilikning puldagi ifodasi deb aytamiz, Chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m2, m3, kvt-soat va hokazo).
7. Taqsimlash vazifasi.Narx vositasida daromadlar, mahsulotlar va iqtisodiy resurslar mulkdorlar, tarmoqlar, sohalar hamda hududlar o‘rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.